3
Fokusirovkaning turli variantlari. Ko'pgina transdyuserlar fiksatsiyalangan
fokuslarga ega. Ko'p elementli
chiziqli yoki konveksli, annulyar sektorli
transdyuserlar elektron uslubda beriladigan zaruriy chuqurlikda o'rnatiladigan fokus
masofasiga ega. Shunga qaramay ko'pgina transdyuserlar
belgilangan fokus
masofasiga ega. Faqat annulyar sektorli datchiklar
barcha yuzalarda elektron
fokusirovkaga ega. Fokusirovkani boshqarish tor
akustik oqimi va kesimning
yanada yupqa tekisligini ta’minlaydi, bu yanada aniq va ko'p ma’lumotli tasvir olish
imkoniyatini beradi. Tana to'qimalari ultratovushni turlicha yutadi va tarqatadi.
Yuqori chastotali to'lqinlar past chastotaliga nisbatan ko'proq darajada yutiladi va
so'nadi. Shuning uchun chuqurroq to'qimalarga
yetib borish uchun pastroq
chastotalardan foydalanish kerak. Zero bu to'lqinlaming to'qimalar orqali o'tishida
tarqalib ketish ehtimolini kamaytiradi. Amaliyotda kattalar uchun optimal chastota
3,5 mGs, 5 va undan ortiq mGs ozg'in bemorlar yoki bolalar uchun ishlatiladi. 5 va
undan yuqori mGs chastota kattalaming yuzaki organlarini
tekshirishda ham
ishlatiladi.