Kattik jisimlarning mexanik xossalari. Deformatsiya?




Download 19.74 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi19.74 Kb.
#56122
Bog'liq
Attestat
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

Savol

Javob

Kattik jisimlarning mexanik xossalari. Deformatsiya?

Qattiq jismning tuzilishida atomlarning tartibli joylashishiga shu atomlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari sabab bo‘ladi. Soviganda kristallarning hosil bo‘lishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgani uchun kristallda atomlar shunday joylashadiki, ularning o‘zaro ta’sir kuchlari maydonida potensial energiyalari minimal, kuchning o‘zi esa nolga teng bo‘ladi.
Atomlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlarining tabiati yaxshi ma’lum. Bu har bir atomda bo‘ladigan musbat va manfiy zaryadli zarralar (elektronlar va yadrolar) ning tortishish va itarishish elektr kuchlaridir. Bu kuchlar ni’oyatda murakkab, buning birinchi sababi shuki, bunda jismning barcha atomlaridagi barcha elektronlar va yadrolarning o‘zaro ta’siri haqida gap boradi.biroq hamma gap faqat kuchlarning ko‘p sonli bo‘lishida emas, balki klassik fizika bu kuchlarini mutlaqo tavsiflab beraolmasligidadir. Hatto vodorod molekulasigdagi bor-yo‘g‘i ikki atomning o‘zaro ta’siridan iborat eng sodda holni ham klassik fizika asosida tavsiflab va tushuntirib bo‘lmaydi.
Ikki jism nuqtalari vaziyatlarining o‘zaro bir-biriga nisbatan o‘zgarishi tufayli uning o‘lchamlari va shaklning o‘zgarishiga deformatsiya deyiladi. Deformatsiya tashqi ta’sirlar (mexanik, elektrik, magnit yoki jism haroratining o‘zgarishi) tufayli yuz beradi. Agar kuch ta’siri to‘xtagandan so‘ng qattiq jism va qoldiq deformatsiya qolmasa bu elastik deformatsiya deyiladi. Agar tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan so‘ng ham deformatsiya saqlansa, u holda bu deformatsiya plastik deformatsiya deyiladi. Jismda qisman deformatsiya saqlangan holdagi oraliq holati elastik – plastik deformatsiya deyiladi.
Deformatsiyaning eng oddiy turi cho‘zilish (siqilish) deformatsiyasidir. Bundan deformatsiya sterjenda uning o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan kuch ta’sirida yuz beradi. Agar bir uzunlikdagi sterjen ga o‘zaysa, unda cho‘zilish deformatsiyasini o‘lchovi bo‘lib, nisbiy uzayish deb aytiladi.
Qattiq jismning deformatsiyasi tashqi kuch ta’sirida jismni tashkil qilgan zarralarning o‘zaro joylashishi va ular orasidagi masofaning o‘zgarishi natijasidadir.
Barcha qattiq jismlar elastik deformatsiyalanishi ham mumkin. Bu qo‘yilgan kuchlarning kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Yetarlicha kichik kuchlarda qattiq jismlar elastik deformatsiyalanadi. Qattiq jismga tashqi kuchlar qo‘yilgan va bu kuchlarning xarakteri shunday bo‘lsa jismning turli qismlari turli xarakatlarni bajarsa, u holda kristallardagi zarralar biri boshqasiga nisbatan siljiydi. Jismlarning deformatsiyalanish hodisasi shundan iborat. Bunda zarralarning o‘zaro joylashishi va ularning o‘zaro masofalari o‘zgargani uchun buning natijasida jismning shakli yoki hajmi yoki har ikkalasi ham o‘zgaradi. Shu bilan birga, hajm o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan deformatsiya faqat katta jismlarda emas, shuningdek suyuq va gazsimon jismlarda ham bo‘ladi: kengayish va siqilish hajmning o‘zgarishi bilan bo‘ladigan deformatsiyadir.



Tayanch xarakatlanish sistemasi biomexanikasi. Erkinlik darajalari


































Download 19.74 Kb.




Download 19.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kattik jisimlarning mexanik xossalari. Deformatsiya?

Download 19.74 Kb.