22
Ikkinchi yondashuv berilganlar bazasiga so„rovlar
jarayonining
barqarorligiga asoslangan va bajarilishning samaradorligiga qat‟iy
talablar qo„yilgan hollarda samarali hisoblanadi (asosan tezkorlikka
taalluqlidir).
Berilganlar
bazasini
loyihalashtirishda
muhim
masala
ma‟lumotlarni jamlash va taqsimlash hisoblanadi. Ishlatilish joyi
bo„yicha ma‟lumotlarni taqsimlash turli usullarda amalga oshiriladi:
Nusxalanuvchi ma’lumotlar. Ma‟lumotlarning bir xil
nusxalari
turli foydalanish joylarida saqlanadi, bu ma‟lumotlar uzatishni
arzonlashtiradi. Ma‟lumotlarni modifikatsiyalash
markazlashtirilgan holda nazorat qilinadi.
Ma’lumotlar to‘plamostilari. Boshlang„ich berilganlar bazasi
bilan mos keluvchi berilganlar guruhi bo„lib, mahalliy ishlov
berish uchun alohida saqlanadi.
Qayta tashkillashtirilgan ma’lumotlar. Tizimda ma‟lumotlarni
yuqori darajaga uzatish jarayonida shakllanadi.
Seksiyalashtirilgan ma’lumotlar. Turli obyektlarda bir xil tarkib
ishlatiladi, ammo turli ma‟lumotlar saqlanadi.
Alohida sxemaostili ma’lumotlar. Turli obyektlarda
integrallashtirilgan tizimga birlashtirilgan turli ma‟lumotlar
tarkibi qo„llaniladi.
Mos kelmaydigan ma’lumotlar. Birlashtirishni
talab qiluvchi,
koordinatsiyasiz loyihalashtirilgan, mos kelmaydigan berilganlar
bazari.
Berilganlar bazasi bilan ishlash uchun
BBBT (berilganlar bazasini
boshqarish tizimi),
BBM (bedrilganlar bazasi modeli) ko„rinishidagi,
berilganlar
bazasini
boshqarish
va
foydalanuvchi
interfeysini
ta‟minlashga mo„ljallangan, maxsus anjom qo„llaniladi.
Hozirgi kunda berilganlar bazasini loyihalashtirishda chegaralarni
tanlash noaniq bo„lib qolmoqda. Bu ko„p sonli qarorlarni aniqlash va
tavsiflashning murakkabligi bilan bog„liq. Bunda optimallikning o„lchab
bo„lmaydigan ko„p belgilari ma‟lum bo„lib,
ularga son bahosini berish
yoki maqsad funksiya sifatida ifodalashning murakkabligini nazarda
tutish zarur. Shu sababli, baholash chegaralarini son va sifat bo„yicha
ajratish qabul qilingan.