20
tashkillashtirish uchun mo„ljallangan va turli kompyuter tarmoqlarida
amalga oshirilgan mijoz-jarayonlar va server-jarayonlar o„rtasida
aloqani ta‟minlaydi.
DNS (
Domain Name System – domen nomlar tizimi)
protokoli
belgili ma‟noviy nom va kompyuter IP-manzili o„rtasidagi
moslikni
aniqlash uchun mo„ljallangan.
DHCP (
Dynamic Host Configuration Protocol – kompyuterlar
dinamik konfiguratsiyasi protokoli) protokoli tarmoqqa ulangan
kompyuterlarga avtomatik IP-manzillashni va bir tizimostidan boshqa
tizimostiga o„tilganda ularni almashtirishni ta‟minlaydi.
SLIP (
Serial Line Internet Protocol – Internetning ketma-ket ulanish
protokoli) protokoli kommutatorli telefon bog„lanishida
TCP/IP
protokollari ishini ta‟minlaydi.
PPP (
Point-to-Point Protocol – «nuqta-nuqta» protokoli) protokoli
bog„lanish o„rnatish va to„g„ridan-to„g„ri axborot almashishni
ta‟minlaydi.
PPTP (
Point-to-Point Tunneling Protocol – tunnelli «nuqta-nuqta»
protokoli) protokoli multiprotokolli shaxsiy virtual tarmoqlar (
VPN-
Virtual Private Networks)ni qo„llashga yo„naltirilgan va Internetda
masofaviy foydalanuvchiga korporativ tarmoqlarga xavfsiz kirish
imkoniyatini beradi.
Telnet protokoli
Internetda, masofaviy aloqa o„rnatilgan
kompyuterda buyruq satri rejimida dasturlarni bajarish va ishga
tushurish imkonini beruvchi masofaviy boshqaruvning umumiy standarti
hisoblanadi.