17
o„rnatish va tugatish jarayonlari standartlashtiriladi. Seans darajasida
kompyuterlar o„rtasida virtual aloqa telefon aloqasi kabi o„rnatiladi va
tugallanadi.
Ifodalashni boshqarish. Bu daraja dasturiy vositalari, agar formatlar
bir biridan farq qilsa, ma‟lumotlarni
uzatayotgan kompyuter ichki
formatidan qabul qiluvchi kompyuter ichki formatiga almashtirish
amalini bajaradi (masalan,
IBM va
DEC). Bu daraja o„z
ichiga
ma‟lumotlarni kodlash, foydalanilayotgan belgilar to„plami funksiyalari
va displey ekranida yoki chop qilishda ma‟lumotlarni
ifodalash
usullarini oladi. Bulardan tashqari, uzatilayotgan ma‟lumotlarni siqish va
ochish ham amalga oshiriladi.
Amaliy
daraja
yuqori
amaliy
va
tizim
darajalarida
foydalanuvchilarni qo„llashni ta‟minlovchi funksiyalarga kiradi.
Masalan:
umumiy tarmoq manbalariga kirishni tashkillashtirish:
axborotlarga, diskli xotiraga, tashqi qurilmalarga (printer, skaner
va h.k.);
tarmoqni umumiy boshqarish (tarmoq umumiy manbalariga
kirishni chegaralash, konfiguratsiya, nosozliklardan so„ng ish
qobiliyatini tiklash, samaradorlikni boshqarish);
elektron xabarlarni uzatish (elektron pochtani ham o„z ichiga
oladi);
elektron konferensiyalarni tashkillashtirsh;
yuqori daraja muloqot funksiyalari.
Elektrotexnika va radioelektronika Xalqaro muxandislik instituti
(IEEE)da lokal tarmoqlarda ma‟lumotlarni
uzatish protokollari uchun
standartlar ishlab chiqilgan. Tarmoq kanallari ma‟lumotlariga kirish
18
usullarini ifodalovchi bu standartlar
IEEE 802 nomini olgan. Fizik sohaga
ma‟lumotlarni uzatish yaqinligiga qarab, tarmoqlararo bog„lanuvchi
protokollarni quyidagicha ajratish mumkin: quyi, o„rta va yuqori daraja
protokollari.