Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
Bog'liq
ATT

3. Axborot tizimlari 
Tizim tushunchasi 
Tizim – bu qo„yilgan maqsadlarga erishish uchun o„zaro 
birlashtirilgan va ayni bir vaqtda yagona deb qaraluvchi turli elementlar 
to„plamidir. Tizimlar nafaqat tarkibi, balki qo„yilgan asosiy maqsadlari 
bo„yicha ham bir-birlaridan farqlanadi. 
1-misol. Korxona tizim deb qaraladigan bo„lsa, uning elementlari 
sifatida binolar, texnik vositalar, xom-ashyo, xodimlar va boshqalarni 
ko„rsatish mumkin. Korxonaning oldiga qo„ygan asosiy maqsadi – bu 
mahsulot ishlab chiqarishdir. 
2-misol. Telekommunikatsion tizim. Elementlari – aloqa tarmoqlari, 
modemlar, kompyuterlar, tarmoq dasturiy ta‟minoti va boshqalar. 
Asosiy maqsadi – axborot uzatish. 
3-misol. Axborot tizimi. Uning elementlari – kompyuterlar, 
kompyuter tarmoqlari, insonlar, axborot va dasturiy ta‟minot va 
boshqalar. Axborot tizimining asosiy maqsadi professional axborot 
ishlab chiqarishdir. 
Tizimni tashkil etuvchi elementlar soni ixtiyoriy bo„lishi mumkin, 
muhimi ularning o„zaro bog„langanligidir. Masalan, turli detallardan 
tashkil topgan texnik vosita; kletkalardan tashkil topgan tirik organizm; 
insonlar jamoasi; korxona; davlat va hokazolar. Lektor va talabalar bilan 
birga ma‟ruzalar zali – tizim; har bir talaba – bu ham tizim; auditoriya 
jihozlari – tizim; alohida stol – tizim. Stolning oyog„i – bu tizim emas. 
Ammo, bu makro ifodalash nuqtai nazaridan. Agarda stol oyog„ini 
mikro ifodalash nuqtai nazaridan oladigan bo„lsak, bu ham molekula va 
atomlarning bog„lanishidan tashkil topgan tizimdir. 
Bu misollardan ko„rinib turibdiki, tizimlar turlicha bo„lishi mumkin, 
ammo ular bir qator umumiy xossa va tushunchalarga ega. Turli belgilari 
bo„yicha tizim turlariga ko„plab misollar keltirish mumkin. Umumiy 
holda ularni material va abstrakt turlarga bo„lish mumkin. 
Material tizimlar material obyektlar mosligini ifodalaydi. Bunday 
tizimlar ichida noorganik (texnik, kimyoviy va h.k.), organik (biologik) 
hamda aralash (organik va noorganik tabiat elementlarini birlashtirgan) 
tizimlarni (masalan, inson-kompyuter (ergotexnik)) ajratish mumkin. 
Material tizimlar ichida insonlar o„rtasida umumiy munosabatlarni 
ifodalovchi ijtimoiy tizimlar muhim o„rin egallaydi. Bunday tizimlar 
tizimostlari 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
insonlarning 
umumiy 
munosabatlarini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar hisoblanadi. 


27 
Abstrakt tizimlar – bu insonlarning mahsuloti: nazariya, bilim, 
qarashlar va boshqalar. 
Tizimlarni vaqtga nisbatan statik va dinamik turlarga ajratish 
mumkin: 
statik tizimlarda vaqt o„tishi bilan tizimning holati o„zgarmaydi; 
dinamik tizimlarda esa, uning bajarilishi jarayonida tizim 
holatining o„zgarilishi kuzatiladi. 
Har qanday tizim katta tizim tarkibiga kiradi. Bu katta tizim uni 
o„rab turadi va berilgan tizimning tashqi muhiti bo„lib hisoblanadi. Shu 
sababli, tizim tashqi muhit bilan o„zaro bog„lanishda bo„ladi. Tizim 
tashqi muhit bilan aloqada bo„lganligi sababli ochiq va yopiq tizimlarni 
farqlash mumkin. Ochiq tizimlar o„zini o„rab turgan tashqi muhit bilan 
faol aloqada bo„ladi va bunday aloqa tizimga rivojlanish va 
murakkablashish imkonini beradi. Yopiq tizimlar tashqi muhit bilan 
aloqada bo„lmaydi, undagi barcha jarayonlar (energetikdan tashqari) 
tizim ichida amalga oshiriladi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish