Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Bog'liq
ATT

Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti 
Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash tizimining asosiy 
elementlaridan biri bu – antivirus dasturiy ta‟minotidir. 
Kundan-kunga ko„plab tashkilotlar ichki standart sifatida elektron 
pochtadan foydalanish va Internetda ishlashni o„zlashtirmoqdalar. 
Bundan kelib chiqadiki, korporativ (mahalliy) tarmoqqa virus 
tushishidan himoyalanish uchun javobgarlikning asosiy qismi axborot 
texnologiyalari bo„limi mutaxassislariga tushadi. 
Keyingi yillarda kompyuter viruslarining faolligi ham ortib 
bormoqda. Turli bahslarga sabab bo„lgan Microsoft Office paketidagi 
Visual Basic tilidan (Microsoft Outlook pochta mijozi bilan ishlash 
uchun) foydalanuvchi Melissa virusini esga olaylik. U tashkilotlarga ular 
bu munosabatda naqadar ojiz ekanligini ko„rsatdi. Korxonaning axborot 
texnologiyalari sohasida mutaxassis bo„lmagan xodimlari o„z antivirus 
omborlarini (baza) doimiy sozlsh uchun zarur bo„lgan malakaga ega 
emaslar. 
Elektron pochtada kriptografik vositalarni qo„llovchi yoki tarmoq 
bo„yicha shifrlangan fayllarni uzatuvchi foydalanuvchilar antivirus 
himoyasini aylanib o„tadilar. U holda sizning tarmog„ingizda nafaqat 
elektron pochta orqali xavf mavjud bo„ladi. Agar foydalanuvchilar 
ActiveX kodli Web-saytga kirsalar, tarmoq jiddiy xavfga uchraydi. 


156 
Ko„plab brauzerlar ActiveX qo„llashni o„chirishni ta‟minlaydilar, ammo 
ko„plab foydalanuvchilar buni bilmaydilar. Antivirus shlyuzlari siz va 
sizning tarmog„ingizni ActiveX viruslaridan himoya qiladi. 
Foydalanuvchilar mashinalarida o„rnatilgan, lokal ishlovchi 
antivirus dasturiy ta‟minoti hozirda ham disketlarda va boshqa olinuvchi 
jamlagichlarda keltirilgan viruslardan himoyalaydi. Tarmoqda ishlovchi 
antivirus dasturiy ta‟minoti tarmoqning normal ishlashi uchun zarur. 
Tarmoq antivirus dasturiy ta‟minoti ikki shaklda taqdim etiladi: 
elektron pochta serveri antivirusi va antivirus-shlyuz sifatida. 
Server antivirusi elektron pochta serverlariga yuklanadi va pochta 
jo„natmasini virus mavjudligiga tekshiradi (skanerlaydi). Ko„plab 
bunday mahsulotlar xat oluvchiga yoki jo„natuvchiga virus bilan 
zararlanganlik haqida ma‟lum bir xabar jo„natish imkoniyatiga ega
hamda mavzu bo„yicha axborot to„planmasini yoki xat tanasini filtrlashi 
mumkin. Ko„plab server antiviruslari jamoaviy ishlash tizimlari: Lotus 
Notes, Microsoft Exchange, Novell GroupWise kabilar uchun 
mo„ljallangan. Masalan, Network Associates firmasining McAfee Group 
Shield dasturi Microsoft Exchange serveri bilan ishga tushuriladi va 
nafaqat elektron pochtani, balki mos sozlashlarda foydalanuvchi 
papkalarini ham skanerlash (tekshirish) imkoniyatiga ega. 
Antivirus-shlyuzlar turli modifikatsiyalarda taqdim etiladi va turli 
platformalar uchun baajariladi. Ularning ba‟zilari tarmoqda ishlaydi yoki 
dasturiy ta‟minotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshqalari 
tarmoqlararo ekran tarkibida ishlaydi. Bunday mahsulotlarning umumiy 
tomoni ma‟lumotlarni HTTP, FTP va SMTP protokollari bo„yicha uzatish 
davrida skanerlash. 
F-Secure firmasi tomonidan taqdim etilgan Anti Virus for Firewalls 
Check Point antivirus-shlyuzi Software Technologies firmasi tomonidan 
taqdim etilgan Internetning OPSEC (Open Platform for Security) 
platformasi uchun CVP (Content Vectoring Protocol) protokolini 
ta‟minlaydigan har qanday tarmoqlararo ekranga oson o„rnatiladi. 
Platformaning tarmoqlararo ekrani antivirus shlyuzi orqali sozlangandan 
so„ng, foydalanuvchilar o„z hoxishlariga ko„ra virusdan himoyalanishni 
o„chira olmaydilar. 
Ayrim hollarda server antivirusi siz foydalanayotgan elektron 
pochta serveriga mos kelmaydi. Ko„plab tashkilotlar uchun bu muammo 
emas, chunki ular elektron pochta orqali uzatiluvchi, keng tarqalgan 
viruslarni aniqlash uchun Sendmail filtridan foydalanadilar. Unix, Linux 
administratorlari o„z navbatida SMTP-trafikni skanerlovchi antivirus- 
shlyuzlardan foydalanishlari mumkin. 


157 
Ko„plab dasturiy ta‟minot ishlab chiqaruvchilar o„z mahsulotlarini 
Internet orqali yuklash imkoniyati mavjud bo„lishi uchun odatda u yoki 
bu ma‟lumotlarni siqish turidan foydalanadilar. Agar sizning antivirus 
dasturingiz virusga ega bo„lgan arxivlarning asosiy turlarini aniqlay 
olmasa, sizning himoya qobig„ingizdan osonlik bilan o„tib ketadi. 
Melissa kabi makroviruslarga ham yengiltaklik bilan qarash kerak emas. 
Agar foydalanuvchilar Microsoft Office ilovalari bilan ishlasalar, ular 
makroslarning bajarilishidan ogohlantiriladilar. Axborot texnologiyalari 
bo„yicha ko„plab mutaxassislar shuni ta‟kidlaydilarki, foydalanuvchi-
larning ko„pchiligi bu ogohlantirishlarni e‟tiborsiz qoldiradilar. 
Microsoft Office dan foydalanuvchi korporatsiyalar makroviruslarni 
aniqlovchi va yo„q qiluvchi mahsulotlarni tanlashlari kerak. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish