158
Texnologiya boshlang„ich bosqichda juda sodda edi. Gap shundaki,
texnologiyaning turli tashkil etuvchilarini ishlab chiqishda (HTML
(HyperText Markup Language) – gipermatnli belgilash tili, HTTP –
gipermatnli axborotlarni almashish protokoli,
CGI amaliy dasturiy
ta‟minotni ishlab chiqish va boshqalar) axborot manbalari mualliflari
malakasi
va
ularning
hisoblash
texnikasi
vositalari
bilan
ta‟minlanganliik darajasi minimal bo„ladi, deb qaralgan edi.
World Wide Web taqsimlangan gipermatnli tizimini yaratish
texnologiyasining asosiy tashkil etuvchilaridan biri chop qilish
hujjatlarini belgilash tili standarti – SGML
(Standard Generalised
Markup Language, umumlashgan standart belgilash tili) asosida Tim
Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan HTML gipermatnli belgilash tili
bo„ldi.
Tilning birinchi talqini (HTML 1.0) uning imkoniyatlarini bayon
etuvchi tavsifiy xarakterga ega bo„lgan tilni taqdim etishga
yo„naltirilgan edi. Ikkinchi talqini (HTML 2.0) tilning konstruksiyalaridan
foydalanish amaliyotini o„z ichiga olgan. ++ (HTML++)
talqini tilning
teglari to„plamini kengaytirgan holda ilmiy axborot va jadvallarni
tasvirlashning yangi imkoniyatlarini taqdim etdi. HTML 3.2 talqini barcha
kiritilgan yangiliklarni mavjud bo„lgan amaliyot bilan moslashtirdi va
tartibladi. HTML 3.2 jadvallardan foydalanish Java tili kodlarini bajarish,
grafikaning matn bilan bog„lanishini ta‟minlash, hamda yuqori va quyi
indekslar (ko„rsatkichlar) ni tasvirlash imkonini berdi.
World Wide Web Consortium (W3C) – xalqaro tashkilot, HTML yangi
talqinlarining bayonlari hujjatlarini tayyorlash va tarqatish bilan
shug„ullanmoqda. Hozirda HTML 4.01 talqini materiallari chop qilindi.
HTML ning avvalgi talqinlarida mavjud bo„lgan imkoniyatlari (matnni
belgilash, mul‟timedia, gipermatnli bog„lanishlar yaratish)
bilan birga
mul‟timedia bilan ishlash bo„yicha qo„shimcha vositalar, dasturlash
tillari,
stillar
jadvali,
tasvir
va
hujjatlarni
chop
qilishning
soddalashtirilgan vositalari kiritilgan. Website sahifalarini ko„rish
ssenariysini boshqarish uchun (
WWW texnologiyasida bajarilgan
gipermatnli berilganlar bazasi) dasturlash tillaridan foydalanish mumkin,
masalan,
JavaScript, Java va
VBScript.
HTMLning murakkablashishi va dasturlash tillarining yaratilishi
natijasida Web-bo„g„inlarni yaratish yuqori
malakali mutaxassislarning
ishiga aylandi. Internetning imkoniyatlari HTML tili asosiga ega bo„lgan
foydalanuvchilarga katta harajatlarsiz o„z Web-bo„g„inlarini yaratish va
joylashtirish imkoniyatini beradi.
Yakuniy hujjat o„z ichiga turli-tuman belgilarni, illyustratsiyalarni,
159
audio- va videoparchalari olishi mumkin. Bundan tashqari, til tarkibiga
turli darajadagi
sarlavhalarni yaratish, shriftli belgilashlar, turli
ro„yxatlar, jadvalar, fayllar va boshqa axborot manbalari (gipermatnli
murojaatlar) o„rtasidagi bog„lanishlar uchun rivojlangan vositalar
kiritildi.