|
13-Mavzu: Fayl tizimi. Fayl formatlari Reja: Faylli tizim fat fayl tizimi
|
bet | 1/4 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 207,5 Kb. | | #102869 |
Bog'liq 13-mavzu
13-Mavzu: Fayl tizimi. Fayl formatlari
Reja:
1. Faylli tizim
2. FAT fayl tizimi
3. NTFS fayl tizimi
Fayllarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish tizimi tuziladi. Faylli tizim, bu uning dasturiy ta’minotiga mos keluvchi maxsus instruksiyalar majmui bo’lib, u fayllarni tuzish, yo’qotish, tashkil etish, o’kish, yozish, faylli axborotlarni modifikasiya qilish va siljitish, shuningdek fayllarga kirishni boshqarish va resurslarni boshqarishga javob beradi.
Fayl (inglizcha fayl - lansy) - har qanday jismoniy burunda saqlanadigan oxirgi ma'lumotlar to'plami. Koristuvach kerak bo'lganlarni bilishi uchun faylga nom berish mumkin. Sob kompyuter bir zumda fayllarni ajratadi, hidi kengaytirishi mumkin, formatga bog'langan zhorstko. Va fayllarni nomlaganimdek, hamma narsa aniq edi: biz o'zimiz nom beramiz (masalan, 2011 yildagi fotosurat), keyin fayllar formati boy.
Faylli tizim- bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan berilganlar bilan ishlash uchun qulay interfeysni yaratish, va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat.
FAT (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali) fayl tizimi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli vеrsiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar. FAT fayl tizimni (ko’pincha FAT 16 faraz qilinadi), katta qo’shimcha sarf xarajatlar bo’lgani uchun, 511 Mbaytdan o’lchamlari katta bo’lgan tomlar (disklar) uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. FAT o’zida Oddiy fayl tizimni ifodalab katta bo’lmagan disklar va oddiy kataloglar tuzilishi uchun ishlab chiqilgan.
FAT32 fayllar tizimi.
Kirish chiqish operasiyalarni barchasini tezligi va unumdorligini oshirib, u qattiq disklarga optimal kirishini ta’minlaydi. Hajmi 2 Gbayt dan oshiq bo’lgan tomlarni ishlatish uchun mo’ljallangan fayl tizimning takomillashgan versiyasini FAT32 namoyon qiladi.
F ayl tizimi. Fayl tizimi turlari FAT32 fayl tizimning mikoniyatlari FAT 16 fayl tizimning imkoniyatlaridan ancha oshiq.
FAT fayl tizimni avvalgi ish bajarishlariga qaraganda FAT32 fayl tizimi quyidagi ustunliklarni ta’minlaydi:
O’lchami 2 terabaytgacha bo’lgan disklarni quvvatlashini ta’minlaydi;
Disk maydoni unumliroq ishlatiladi. FAT32 maydaroq klasterlarni (o’lchamlari 8 Gbayt bo’lgan disklar uchun 4 Kbayt o’lchamli klasterlar ishlatiladi) ishlatish hisobiga FAT ga nisbatan diskli maydonni 10-15% ga ishlatish unumdorligini oshirishga imkon yaratadi, shuningdek, kompyuterni ishlatish uchun kerak bo’lgan resurslarga talabni pasaytiradi. Yuqori ishonchlik darajasini ta’minlaydi. FAT32 ildizli katalogni bir joydan ikkinchi joyga siljitish va o’z- o’zidan standart nusxasi o’rniga FAT ni zahiradagi nusxasini ishlatishga imkon yaratadi.
Dasturlarni ancha tez yuklanishi. FAT32 klasterlarining o’lchamlari kichik bo’lgani uchun, ilovalar va ularni yuklash uchun fayllar diskda optimal ravishda joylanishi mumkin.
|
| |