Virusga qarshi kurashish dasturlari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

Virusga qarshi kurashish dasturlari
Kompyuter viruslarini qidirib topish, o„chirish va ulardan 
himoyalanish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. 
Bunday dasturlar 
antiviruslar 
deyiladi. Antiviruslarning asosiy 
vazifasi quyidagilardan iborat: 
viruslarning kompyuter tizimiga kirishiga to„sqinlik qilish; 
kompyuter tizimida virusning mvjudligini aniqlash; 
kompyuter tizimidan, sistemaning boshqa obyektlariga zarar 
yetkazmagan holda, viruslarni yo„qotish; 
virusning ta‟siridan zararlanishni minimallashtirish. 
Antivirus dasturlarining quyidagi turlarini ajratish mumkin: 
detektor-dasturlar;
doktor-dasturlar yoki faglar; revizor-dasturlar;
filtr-dasturlar;
vaksina-dasturlar yoki immunizatorlar

Detektor-dasturlar
 
tezkor xotirada va fayllarda aniq virus uchun 
xarakterli belgilarni qidirishni amalga oshiradi. Topilganda mos signal 
beradi. Bunday antivirus dasturlarining kamchiligi – faqat dasturni 
ishlab chiquvchi uchun ma‟lum bo„lgan viruslarni topadi. 
Doktor-dasturlar
 
yoki 
faglar
, hamda vaktsina-dasturlar virus bilan 
zararlangan faylllarni nafaqat topadi, balki ularni «davolaydi» ham, 
ya‟ni fayldan virus-dastur tanasini o„chiradi va faylni asl holatiga 
qaytaradi. 
Faglar ishning boshlanishida tezkor xotirada viruslarni qidiradi va 
mavjud bo„lsa, yo„qotadi, so„ngra fayllarni «davolashga» o„tadi. Faglar 
ichida polifaglarni, ya‟ni katta hajmdagi viruslarni qidirish va 
yo„qotishga mo„ljallangan Doktor-dasturlarni ajratish mumkin. Masalan, 
Aidstest, Scan, Norton AntiVirus, Doctor Web, Kasperskiy 
antivirus 
dasturi va boshqalar. Yangi viruslarning yaratilishini hisobga olgan 
holda detektor- dasturlar va doktor-dasturlar tez eskiradi va doimiy 
yangi talqinlarining yaratilishini talab qiladi. 
Revizor-dasturlar
 
viruslardan himoyalanishning eng ishonchli himoya 
vositalari 
hisoblanadi. 
Revizorlar 
kompyuter 
virus 
bilan 
zararlanmaganda dasturning boshlang„ich holatini, kataloglar va 
diskning tizim sohasini «eslab» qoladi, so„ngra davriy yoki 
www.ziyouz.com kutubxonasi


154 
foydalanuvchi ixtiyoriga ko„ra joriy holatini boshlang„ich holati bilan 
taqqoslaydi. Topilgan o„zgarishlar monitor ekraniga chiqariladi. 
Taqqoslashda faylning uzunligi, siklik nazorat kodi (faylning nazorat 
yig„indisi), modifikatsiya vaqti va kuni va boshqa parametrlari 
tekshiriladi. Revizor-dasturlar ancha rivojlangan algoritmga ega bo„lib, 
stels-viruslarni ham topishi va tekshirilayotgan dasturni virus tomonidan 
kiritilgan o„zgartirishlardan tozalashi mumkin. Revizor-dasturlarga keng 
tarqalgan 
Adinf 
dasturini kiritish mumkin. 
Filtr-dasturlar
 
yoki «qo„riqchilar» kompyuterning ishlashi jarayonida 
viruslar uchun xarakterli bo„lgan shubhali harakatlarni aniqlash uchun 
mo„ljallangan, katta bo„lmagan rezident dasturlarni ifodalaydi. Bunday 
harakatlar quyidagilar bo„lishi mumkin: 
.com, .exe 
kengaytli fayllarni tahrirlashga harakat qilish; 
fayl atributlarining o„zgarishi; 
absolyut manzil bo„yicha diskka to„g„ridan to„g„ri yozish; 
diskning yuklovchi sektorlariga yozish; rezident dasturni yuklash. 
Qandaydir dastur orqali yuqorida ko„rsatilgan amallarni bajarishga 
harakat qilinganida «qo„riqchi» foydalanuvchiga habar beradi va 
taqiqlash yoki bu amalni bajarishga ruxsat berishni taklif qiladi. Filtr- 
dasturlar juda foydali, ular viruslarni ko„payishidan avval, boshlang„ich 
bosqichida aniqlash imkoniga ega. Ammo, ular fayl va disklarni 
viruslardan «davolamaydi». Viruslarni yo„qotish uchun boshqa 
dasturlarni qo„llashga to„g„ri keladi, masalan, faglar. 
MS-DOS
utilitlari 
paketiga kiruvchi 
Vsafe 
dasturi filtr-dasturga misol bo„la oladi. 
Vaksina-dasturlar
 
yoki immunizatorlar – bu rezident dasturlar bo„lib, 
fayllarning zararlanishi oldini oladi. Virusni «davolovchi» doktor- 
dasturlar mavjud bo„lmasa, vaksinalar qo„llaniladi. Vaksina dastur faqat 
aniqlangan 
viruslardan 
himoyalaydi. 

diskni 
shunday 
modifikatsiyalaydiki, bu ularning ishlashiga ta‟sir qilmaydi, virus ularni 
zararlangan deb qaraydi va shu sababli unga tadbiq qilinmaydi. 
Virus bilan zararlangan fayllar va disklarni o„z vaqtida aniqlash va 
har bir kompyuterda topilgan viruslarni to„liq yo„qotish virus 
epidemiyasining boshqa kompyuterlarga tarqalishining oldini oladi. 
Kompyuterning virus bilan zararlanishining oldini olish va diskda 
axborotning ishonchli saqlanishini ta‟minlash uchun quyidagi qoidalarga 
amal qilish lozim: 
kompyuteringizni zamonaviy antivirus dasturlari bilan 
ta‟minlang, ularning talqinini yangilang; 
boshqa kompyuterlarda yozilgan axborotni disketdan o„qishdan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


155 
avval, o„z kompyuteringizdan antivirus dasturlarini ishga 
tushurib, bu disketlarni virus mavjudligiga tekshiring; 
arxiv ko„rinishidagi fayllar kompyuterga ko„chirilganda qattiq 
diskda arxiv ochilganidan so„ng, tekshirish sohasini yangi 
yozilgan fayllar bilan chegaralagan holda, ularni virusga qarshi 
tekshiring; 
vaqti-vaqti bilan antivirus dasturlarini ishga tushurib, kompyuter 
qattiq diskini virus mavjudligiga tekshirib turing; 
har doim boshqa kompyuterlarda ishlaganda disketga axborot 
yozilmasa, ularni yozuvdan himoyalab qo„ying; 
siz uchun muhim bo„lgan axborotlarning nusxalarini disketlarda 
olib qo„ying; 
yuklanuvchi 
viruslardan 
kompyuterni 
himoyalash 
uchun 
operatsion tizimni yuklashda yoki qayta yuklashda 
A
: disk 
yurituvchida disket qoldirmang; 
kompyuter tarmog„idan olinayotgan barcha fayllarni nazorat 
qilish uchun antivirus dasturlaridan foydalaning. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish