156
Ko„plab brauzerlar
ActiveX
qo„llashni o„chirishni ta‟minlaydilar, ammo
ko„plab foydalanuvchilar buni bilmaydilar.
Antivirus shlyuzlari siz va
sizning tarmog„ingizni
ActiveX
viruslaridan himoya qiladi.
Foydalanuvchilar mashinalarida o„rnatilgan, lokal ishlovchi
antivirus dasturiy ta‟minoti hozirda ham disketlarda va boshqa olinuvchi
jamlagichlarda keltirilgan viruslardan himoyalaydi. Tarmoqda ishlovchi
antivirus dasturiy ta‟minoti tarmoqning normal ishlashi uchun zarur.
Tarmoq antivirus dasturiy ta‟minoti ikki shaklda taqdim etiladi:
elektron pochta serveri antivirusi va antivirus-shlyuz sifatida.
Server antivirusi
elektron pochta serverlariga yuklanadi va pochta
jo„natmasini virus mavjudligiga tekshiradi (skanerlaydi). Ko„plab
bunday mahsulotlar xat oluvchiga yoki jo„natuvchiga virus bilan
zararlanganlik haqida ma‟lum bir xabar jo„natish
imkoniyatiga ega,
hamda mavzu bo„yicha axborot to„planmasini yoki xat tanasini filtrlashi
mumkin. Ko„plab server antiviruslari jamoaviy ishlash tizimlari:
Lotus
Notes, Microsoft Exchange, Novell GroupWise
kabilar uchun
mo„ljallangan. Masalan,
Network Associates
firmasining
McAfee Group
Shield
dasturi
Microsoft Exchange
serveri
bilan ishga tushuriladi va
nafaqat elektron pochtani, balki mos sozlashlarda foydalanuvchi
papkalarini ham skanerlash (tekshirish) imkoniyatiga ega.
Antivirus-shlyuzlar
turli modifikatsiyalarda taqdim etiladi va turli
platformalar uchun baajariladi. Ularning ba‟zilari tarmoqda ishlaydi yoki
dasturiy ta‟minotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshqalari
tarmoqlararo ekran tarkibida ishlaydi. Bunday mahsulotlarning umumiy
tomoni ma‟lumotlarni
HTTP
,
FTP
va
SMTP
protokollari bo„yicha uzatish
davrida skanerlash.
F-Secure
firmasi tomonidan taqdim etilgan
Anti Virus for Firewalls
Check Point
antivirus-shlyuzi
Software Technologies
firmasi tomonidan
taqdim
etilgan Internetning
OPSEC
(Open Platform for Security)
platformasi uchun
CVP
(Content Vectoring Protocol)
protokolini
ta‟minlaydigan har qanday tarmoqlararo ekranga oson o„rnatiladi.
Platformaning tarmoqlararo ekrani antivirus shlyuzi orqali sozlangandan
so„ng, foydalanuvchilar o„z hoxishlariga ko„ra virusdan himoyalanishni
o„chira olmaydilar.
Ayrim hollarda server antivirusi siz foydalanayotgan elektron
pochta serveriga mos kelmaydi. Ko„plab tashkilotlar uchun bu muammo
emas, chunki ular elektron pochta orqali uzatiluvchi, keng tarqalgan
viruslarni aniqlash uchun
Sendmail
filtridan foydalanadilar.
Unix, Linux
administratorlari o„z
navbatida
SMTP
-trafikni skanerlovchi antivirus-
shlyuzlardan foydalanishlari mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
157
Ko„plab dasturiy ta‟minot ishlab chiqaruvchilar o„z mahsulotlarini
Internet orqali yuklash imkoniyati mavjud bo„lishi uchun odatda u yoki
bu ma‟lumotlarni siqish turidan foydalanadilar. Agar sizning antivirus
dasturingiz virusga ega bo„lgan arxivlarning asosiy turlarini aniqlay
olmasa, sizning himoya qobig„ingizdan osonlik bilan o„tib ketadi.
Melissa
kabi makroviruslarga ham yengiltaklik bilan qarash kerak emas.
Agar foydalanuvchilar
Microsoft Office
ilovalari bilan ishlasalar, ular
makroslarning bajarilishidan ogohlantiriladilar. Axborot texnologiyalari
bo„yicha ko„plab mutaxassislar shuni ta‟kidlaydilarki, foydalanuvchi-
larning ko„pchiligi bu ogohlantirishlarni e‟tiborsiz qoldiradilar.
Microsoft Office
dan foydalanuvchi korporatsiyalar makroviruslarni
aniqlovchi va yo„q qiluvchi mahsulotlarni tanlashlari kerak.