37
tranzaksiyalar monitori yordamida mijozlar va boshqa serverlar o„rtasida
interfeysni ta‟minlaydi, tranzaksiyalarni boshqarishi va taqsimlangan
berilganlar bazasining yaxlitligini kafolatlashi mumkin. Jarayonlarni
masofaviy chaqirish vositalari taqsimlangan hisoblash g„oyasiga ko„proq
mos keladi: tarmoqning ihtiyoriy bo„g„inidan boshqa bo„g„inda
joylashgan amaliy proseduralarni chaqirishni, parametrlarni uzatishni,
masofaviy ishlov berishni va natijalarni qaytarishni ta‟minlaydi,
Mijoz-server tizimlarining ortishi bilan uch darajaning zarurati ortib
boradi. Uch bo„g„inli arxitektura uchun tranzaksiya monitorlari deb
nomlanuvchi mahsulotlari nisbatan yangi hisoblanadi. Bu anjomlar
asosan
UNIX muhitiga yo„naltirilgan, ammo amaliy serverlar ilovalar
serveri bilan mijozlar aloqasini tashkillashtirish uchun masofaviy
proseduralarni chaqirgan holda
Microsoft Windows NT negizida ham
qurilishi mumkin. Amaliyotda lokal tarmoqlarda berilganlar bazasi ayni
bir serverida aralash arxitekturani (ikki darajali va uch darajali) qo„llash
mumkin.
Shunday qilib, taqsimlangan ilovalarning ko„p darajali arxitekturasi
korporativ axborot tizimining ishlash samaradorligini oshish va uning
dasturiy-apparat manbalarini taqsimlashni optimallashtirish imkonini
beradi. Ammo, hozircha O„zbekiston bozorida mijoz-server arxitekturasi
ustunlik qilmoqda.