33
Axborot-ma’lumot tizimlari keng sinfi gipermatnli hujjatlar va
mul‟timediaga asoslangan. Bunday axborot tizimlari Internet tarmog„ida
keng rivojlangan.
Ofis axborot tizimlari sinfi qog„ozli hujjatlarni elektron ko„rinishga
o„tkazishga, ish yuritishni avtomatlashtirish va hujjat almashinuvini
boshqarishga asoslangan.
Katta axborot tizimlari, ko„pincha, barcha guruhni o„z ichiga oladi.
Bundan tashqari, korxona doirasidagi korporativ axborot tizimlari
odatda turli sohalarda tadbiq qilinadigan bir qator sistema ostlaridan
tashkil topadi.