Buyruq tili asosidagi interfeys foydalanuvchiga kompyuter bilan
muloqot qilish tili sintaktikasini talab qiladi. Axborotni taqdim qilish
texnologiyasi foydalanuvchilar tomonidan ma‟lumotlarni tushunish
uchun qo„shimcha imkoniyatlar berishi lozim. Shu sababli grafika,
diagramma, kartalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Obyektlar va ularning namunalariga turli oynalar tizimi orqali kirish
mumkin. Bir qator oynalar aniq obyekt bilan bog„langan. Shu sababli
foydalanuvchining predmet sohasini axboriy to„ldirish jarayonida ikkita
bosqichni ajratish mumkin: oynalarni tanlash va oynalar bilan ishlash.
Oyna – foydalanuvchi va tizim o„rtasidagi o„zaro aloqa vositasidir.
Oyna maxsus obyekt sifatida qaraladi. Ishchi stol va haqiqatga yaqin
bo„lgan bir qator tushunchalar (oyna, tugma, menyu va h.k.)ni qo„llovchi
MS Windows oynali interfeysga misol bo„la oladi.
Axborot
tizimi
foydalanuvchisi
ma‟lumotlarni
turli
ta‟minotchilardan olishga majbur: fayllar, berilganlar bazasi, elektron
jadvallar, elektron pochta va h.k. Ma‟lumotlar turli ko„rinishlarga ega
bo„ladi: matn, jadval, grafika, audio va videoma‟lumotlar va boshqalar.
Shu sababli, ayrim noqulayliklar yuzaga keladi. Birinchidan,
foydalanuvchilar axborotni qubul qilishlari uchun maksimal qulay
formada berilishi lozim. Ikkinchidan, u tayyorlangan axborot bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
ishlash imkonini beruvchi yagona universal interfeysdan foydalanishi
lozim. Bu talablarni Web- texnologiya qanoatlantiradi. Hisoblash
texnikasi vositalarining rivojlanishi ananaviy parametrlar o„rniga
murakkab
vaziyatlarga
olib
keldi
(qobiliyatining o„zgarishi,
samaradorlik, o„tkazuvchanlik, xotira hajmi). Bu vaziyatdan chiqishning
birinchi qadami Teodor Xolm Nilson tomonidan taklif qilingan gipermatn
bo„ldi. Gipermatn bu oddiy matn bo„lib, o„z qismlariga va boshqa
matnlarga murojaatlarni o„z ichiga oladi.
Gipermatn sifatida kitobni olish mumkin: mundarija boblar,
bo„limlar va mavzularga murojaatni ifodalaydi. Kitobning ichida boshqa
manbalarga
murojaatlar
mavjud.
Turli
hududiy
masofaviy
kompyuterlarda matnlar joylashtirish imkonini beruvchi Internet
tarmog„ining yuzaga kelishi bilan gipermatnning rivojlanishi davom
etdi. Bunda mavjud interfeysning turli ko„rinishdagi axborotlarni taqdim
etish imkoniyati mavjud bo„lmaganligi, yagona tartiblangan axborot
to„plamiga ko„pgina iste‟molchilarning kirish imkoniyati yo„qligi
sababli interfeysni rivojlantirish talab qilinadi. Bu masalani yechish
uchun Web- navigator taklif qilindi va joriy etildi. Web-server turli
ta‟minotchilardan olingan axborotlarni foydalanuvchiga yagona
ko„rinishda taqdim etuvchi axborot kontsentratori sifatida yuzaga keldi.
Web vositalar axborotlarni Web-navigator yordamida zarur darajada
detallashtirish imkoniyatini yaratib berdi.
Foydalanuvchilarga axborot xizmatlari ko„rsatishning eng qulay
shakli bo„lgan Web-texnologiya quyidagi xususiyatlarga ega:
axborotni qabul qiluvchiga nashr ko„rinishida taqdim etiladi;
nashr turli xil axborot manbalarini va geografik joylashuvlarni
birlashtirishi mumkin;
axborot manbalaridagi o„zgarishlar tezda nashrlarda aks ettiriladi;
nashrlar boshqa nashrlarga joylashuvi va so„nggi manbadan
chegaralanmagan holda murojaat qilishi mumkin;
chop etuvchi axborotning foydalanuvchiga yetkazilish jarayoni
bilan qiziqmaydi;
axborotdan foydalanuvchilar soni chegaralanmagan;
nashrda taqdim etilgan axborotlar, gipermatnli murojaatlar va
kontekstli qidiruv vositalari hisobiga kirish uchun qulay;
texnologiya axborot manbalari va turlariga alohida talablar
qo„ymaydi;
nashrlar sifati zamonaviy multimedia standartlariga mos keladi
(matn, grafika, ovoz, video, animatsiya).
www.ziyouz.com kutubxonasi
|