|
Comsol multiphysics -muhandislik dizaynlarining tahlili
|
Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 492,59 Kb. | | #119784 |
Bog'liq comsol
COMSOL Multiphysics -muhandislik dizaynlarining tahlili
Reja
COMSOL Multiphysics dasturining ishchi oynasi 1-rasm va 2-rasm keltirilgan. COMSOL Desktop® - bu fizik hodisalarni modellashtirish va dasturlar yaratish uchun yaxlit integratsiyalashgan muhit bo‘lib, unda turli jarayonlarga mos modellarni yaratishga mo‘ljallangan barcha zarur vositalar bilan jihozlangan qulay foydalanuvchi interfeysiga ega. Bu interfeysdan foydalanib oynalarning o‘lchamini o‘zgartirish, harakatlantirish, birlashtirish va ajratish mumkin. Model maketdagi barcha o‘zgarishlar saqlab qolinadi va uni har safar ochganda konfiguratsiya qayta tiklanadi.
Ma’lumot oynalari
Bu oynalar grafik bo‘lmagan ma’lumotlarni ham namoyish qilish xususiyatiga ega. Ularga quyidagilar misol bo‘ladi:
•Messages (Xabarlar) - COMSOLning joriy seansi haqidagi turli ma’lumotlar tasvirlanadi.
•Progress (Bajarilish jarayoni) - yechim jarayoni haqidagi ma’lumot va to‘xtatish tugmasi mavjud.
•Log (Jurnal) - yechim oynasiga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rinib boradi.
•Table (Jadval) - Results (Natijalar) bo‘limida berilgan sonli ma’lumotlarning jadval ko‘rinishi.
•External Process (Tashqi jarayon) - klasterli, bulutli va paketli masalalarni boshqarish paneli.
•Add Material (Material qo‘shish) va Material Browser (Materiallar brauzeri) - materiallar xususiyatlari kutubxonasiga murojaatni ta’minlaydi. Materiallar brauzeri materiallar xususiyatini o‘zgatrishi imkonini beradi.
•Selection List (Tanlov ro‘yxati) – Joriy vaqtda tanlash mumkin bo‘lgan geometriya, soha, chegara, qirra va nuqtalar to‘plami.
COMSOL Desktop dasturi Home (Asosiy) lentasining Windows (Oynalar) bo‘limi oynalar orasida o‘tish imkonini beradi. (OSX va Linux® tizimlarida bu ro‘yxat Windows (Oynalar) menyusida joylashgan.)
Parametrlar – foydalanuvchi tomonidan modellashtirish muhitini sozlash. Ulardan ko‘pchiligi modellashtirishning barcha seanslariga taalluqli bo‘lsada, ba’zilarini faqat shu model uchun saqlash mumkin. Preferences (Parametrlar) oynasini File (Fayl) menyusidan chaqirish mumkin.
Siz yangi modelni quyida tasvirda ko‘rsatilganidek Modellar yaratish ustasi yordamida yoki Bo‘sh model shabloni asosida yaratishingiz mumkin
Dastlab model komponenti uchun fazo o‘lchamini tanlash kerak: 3D (Uch o‘lchamli), 2D Axisymmetric (Ikki o‘lchamli aksial-simmetrik), 2D (Ikki o‘lchamli), 1D Axisymmetric (Bir o‘lchamli aksial-simmetrik), 1D (Bir o‘lchamli) yoki 0D (Nol o‘lchamli).
Tezkor murojaat uskunalar paneli va lenta
COMSOL Desktop lentasi bandlari barcha bosqichlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan modellashtirish jarayonini namoyish qiladi.
Select Space Dimension (Fazo o‘lchamini tanlash) oynasida 3D (Uch o‘lchamli) ni tanlang.
|
| |