• 2. Loyixalash bosqichlarida ishlatiladigan model va parametrlar klassfikatsiyasi. Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari strukturasi. turlari.
  • Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari strukturasi va turlari




    Download 189.72 Kb.
    Sana06.05.2023
    Hajmi189.72 Kb.
    #57287
    Bog'liq
    5.1.1
    kundalik Neft Gaz, 13 MAVZU[2] (2), 5.3, база-данных-6-практика

    Mavzu:Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari strukturasi va turlari. Sintez va analiz masalalari. Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish. Geometrik modellar tizimlarini qo‘llash.
    Reja:
    1. Loyihalash jarayonlari va bosqichlari.
    2. Avtomatlashtirilgan loyihalashda ishlatiladigan model va parametrlarini sinflash.
    3. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari strukturasi va turlari. Sintez va analiz masalalari. Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish. Geometrik modellar tizimlarini qo‘llash.
    Loyihalash — odam faoliyati yoki loyhani bunynyod qilish bo’yicha tashkilot, shunga o’xshashni bo’lishi, mumkin bo’lgan obekt holatlar jamlanmasi, ma’lum ob’ektni bunyod qilishni tavsiya qilish uni ekspluatsiyasi, hisobdan chiqishdir.
    Loyihalash bir qancha bosqichlarni texnik topshiriqdan tortib to namunaviyni sinashgacha jarayonni o’z ichiga oladi. Loyihalash ob’ekti material predmet hisoblanadi. «Loyihalash» tushinchasi loyihani amalga oshirish jarayoni uni ichiga kirmaydi .
    “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanining maqsadi shundan iboratki: loiyhalashdagi ilmiy faoliyatda muhandislik mehnati unimdorligini ko’tarish va iulov muddatini qisqartirish; ishlanmalarni sifatini oshirish; yangi zamonaviy takomillashgan buyumlarni yaratish bilan o’sib borayotgan bozor raqobatida yashovchanlikni ta’minlashdan iboratdir.
    2. Loyixalash bosqichlarida ishlatiladigan model va parametrlar klassfikatsiyasi. Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari strukturasi. turlari.
    Ishlanadigan ob’ekt turiga qarab loyihalash faoliyat quydagi turlarga bo’linadi: Texnik tizimlarni loyihalash, shundan
    - texnik loyihalash (texnik qurilma va jixoz);
    -eliqtrotexnik loyihalash(eliqtrotexnika va eliqtrta’minot);
    - muxandislik tizimlarini loyihalash(shamollatish,gazuzatkich, elektr tarmoqlari, eliqtr tarmoqlar, infratuzilmalar);
    Qurilishda, bundan
    - Arxitektura-qurilish loyihalari(bino va boshqa er ustidagi ob’ektlar);
    - Sanoat ob’ektlarini loyihalash;
    - Transport va transport infratuzilmalari (yo’llar,ko’piriklar va boshqalar);
    - Dizayin,shundan
    - dizayin inter’er;
    - sanoat dizayin;
    - landshaft dizayin;
    - dasturiy ta’minot loyihasi;

    Ijtimoiy loyiha, sotsiologiya shundan
    Ijtimoiy bashorat loiyhasi Uning maqsadi —reja oldidan ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari.[4]
    Boshqa turdagi loyihalar. 
    asturiy informatsion, metodik, matematik, lingvistik va texnikaviy ta’minot turlarining komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
    ALTVK funktsiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o‘zaro moslashuvini ta’minlagan holda ishlab chiqish hisobiga erishilishi kerak.


     
    8.2-rasm. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari 
    Loyihalanayotgan ob’ektlar parametrlariga misollar.
    Porshenli kompressorlar uchun:
    chiquvchi parametrlar – kompressor unumdorligi, dvigatel quvvati, yonishning maksimal bosimi, sikllar soni, yonilg‘i sarfi;
    Ichki parametrlar – klapanlardan oqib o‘tish koeffitsienti, ishqalanish koeffitsientlari, ichki bo‘shliqlarning geometrik o‘lchamlari;
    Tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati, so‘rishning birinchi bosqichida gaz bosimi, chiqarish tizimidagi qarshilik.
    Elektron kuchaytirgichlar uchun:
    chiquvchi parametrlar – o‘rta chastotalarda kirish qarshiligi, yoyilib ketish quvvati;
    ichki parametrlar – rezistorlar qarshiligi, kondensatorlar sig‘imi, tranzistorlar parametrlari;
    Tashqi parametrlar – yuk sig‘imi va qarshiligi, ta’minlash manbalari kuchlanishlari.
    Optik pribor uchun:
    chiquvchi parametrlar – sferik abberatsiya, koma, asttimatizm, tizimning fokus masofasi;
    ichki parametrlar – linzalar sirtlarining radiuslari va ular orasidagi masofa;
    tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati va sh.k.
    Chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar sonini m, n, l orqali, bu parametrlarning vektorlarini esa mos ravishda Y=(y1, y2, ..., ym), H=(h1, h2, ..., hn), Q=(q1, q2, ..., ql) deb belgilaymiz. Tizimning xossalari ichki va tashqi parametrlarga bog‘liq, ya’ni
    Y = F (H, Q). (1.1)
    (1.1) bog‘lanishlar tizimi ob’ektning matematik modeliga misol bo‘ladi. Bunday MM mavjudligi X va Q vektorlarning ma’lum qiymatlari bo‘yicha chiquvchi parametrlarni osonlik bilan baholash imkonini beradi. Lekin (1.1) bog‘lanishning mavjudligi uning ishlab chiquvchiga ma’lumligini va V vektorga nisbatan xuddi shunday ochiq ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkinligini bildirmaydi. Odatda, (1.1) ko‘rinishdagi matematik modelni faqat juda sodda ob’ektlar uchungina olish mumkin bo‘ladi. Loyihalanayotgan ob’ektdagi jarayonlarning matematik bayonining fazaviy o‘zgarishlar vektori V ishtirok etadigan tenglamalar tizimining modeli beriladigan holat tipik bo‘ladi:
    LV(Z)=j(Z). (1.2) 
    bu erda: L – qandaydir operator,Z – mustaqil o‘zgaruvchilar vektori; umumiy vektori; umumiy holda vaqt va fazaviy koordinatalarni o‘z ichiga oladi;
    j(Z) – mustaqil o‘zgaruvchilarning berilgan funktsiyasi. 
    Fazoviy o‘zgaruvchilar ob’ektning fizikaviy yoki informatsion holatini tavsiflaydi, ularning vaqtda o‘zgarishi esa ob’ektdagi o‘zgaruvchi jarayonlarni ifodalaydi.
    Download 189.72 Kb.




    Download 189.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari strukturasi va turlari

    Download 189.72 Kb.