|
Multimediali aloqa tarmoqlari yoʿnalishida sifatli ta’lim berishda klasterli tizimni joriy etish Rixsi Isayev1
|
bet | 1/2 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 22,93 Kb. | | #108671 |
Bog'liq Isaev Sherjanova
Multimediali aloqa tarmoqlari yoʿnalishida sifatli ta’lim berishda klasterli tizimni joriy etish
Rixsi Isayev1, Kamila Sherjanova1, Gulnora Mirazimova1
1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
E-mail: ceoatetm@gmail.com, sherjanovak@gmail.com
Bugungi kunga kelib dunyoda innovatsiyalar, yangi bilimlar va texnologik yechimlarga talab tobora ortib bormoqda. Hozirgi kunda bilim asosiy va eng muhim bo’lgan iqtisodiy resursga aylanib bo’ldi va raqobatdosh ustunlikning yagona bo’lmasa ham ustun manbai bo’lib kelmoqda. Iqtisodiy o’sish, yangi bilimlar uchun kurashda muvaffaqiyatlarni ta'minlash milliy iqtisodiyot va davlatimizning ichki zaxiralarni biri bo’lib ulgurgan. Innovatsion yuksalishga xos bo’lgan imkoniyatlarni amalga oshirish uchun bilimni qadrlaydigan jamiyat va bilimga asoslangan iqtisodiyotga o’tish talab etiladi. Bunday iqtisodiyot kontseptsiyasiga muvofiq iqtisodiy o’sish sifati "nomoddiy" iqtisodiy aktivlarga: ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlariga investitsiyalar kiritish; innovatsion faoliyatni rag'batlantirish; iqtisodiy faol aholini ta’lim va malakasini oshirish yo’li bilan ta'minlanadi. Bunday investitsiyalarni amalga oshirishning zarur sharti milliy innovatsion tizimlarni yaratish bo’lib, ular iqtisodiyotni rivojlantirishda bilimlarning alohida rolini e’tirof etish, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni raqobat va iqtisodiy dinamikaning asosiy omillari sifatida ma’qullash bilan tavsiflanadi. Bunda o’qitish va bilim olish tizimini takomillashtirish uchun klaster tizimiga o’tish yechim qilib ko’rsatilishi mumkin.
Mazkur masalalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g‘risida”gi PF-60-son farmoni, 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi PQ-357-son qarori, hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 569-son qarorda alohida e’tiborga olinib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini ustuvor maslalardan biri sifatida ko’rsatib o’tilgan. Xususan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya Injiniringi kafedrasida Bakalaviaturada “Multimediali aloqa tarmoqlari” va Magistraturada “Multimediali aloqa tarmoqlarida texnik ekspluatatsiya” yo’nalishi ochilishi rejalashtirilgan, shu bilan birga ustuvor ishlar amalga oshiri. Ular quyidagilardir:
mutaxassislarni tayyorlashda mutaxassislik fanlariga a’lohida e’tibor berish;
o’qitish tizimi va soha yo’nalishlarini bir biriga bo’g’liqligini tashkil etish;
professor-o’qituvchilar va talabalarni rivojlanishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish;
soha korxonalari bilan bilim va ko’nikmalar almashinuvi tizimini takomillashtirib, memorandumlar imzolash;
ixtisoslashtirilgan (ta'lim) tashkilotlarning tarmoq tuzilmasi, bu tashkilotlarning bir joyda jamlanishi, faoliyat va hududda ular o’rtasidagi raqobat va hamkorlikni ta'minlash;
klaster elementlari o’rtasida bilim va texnologiyalar almashinuvini ta'minlovchi rivojlangan infratuzilma shakllantirish;
tizimning moslashuvchan tarkibi, tuzilishi va klasterning tizim sifatida shaffofligini ta'minlash.
Ushbu qo’yilgan ustuvor ishlardan kelib chiqgan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, xususan Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida ham talabalarga sifatli bilim olish uchun imkoniyat yaratish maqsadida asosiy binoning 401-xonasida multimediali aloqa tarmoqlarini tadqiq etish laboratoriyasi mavjud. Ushbu laboratoriyada keyingi avlod konvergent tarmoqlari va multimediali aloqa tarmoqlari xizmatlarini va tuzulishini o’rganish uchun shart sharoit qilingan. Shu bilan birgalikda multimediali aloqa tarmoqlari mutaxassisligida ham fanlar klasterli tizim asosida olib borilishi rejalashtirilgan bo’lib bunda fan uchun yangi o’quv qo’llanmalar, adabiyotlar, amaliy va laboratoriya ishlari [1] yaratilishi mo’ljallangan bo’lib ushbu mutaxassislik bir necha yo’nalishlarga bo’lib chiqilgan. Bakalaviatura va Magistratura uchun alohida fan dasturlari joriy etiladi. Bakalaviatura yo’nalishida quyidagi fanlar o’qitiladi:
“Multimediali aloqa tarmoqlari”;
“Multimediali aloqa tarmoqlari protokollari”;
“Multimediali aloqa tarmoqlarida kiberxavfsizlik”;
“Multimediali aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish va texnik ekspluatasiya”.
Magistraturada “Multimediali aloqa tarmoqlarida texnik ekspluatasiya” mutaxassisligi ochilib, quyidagi fanlar o’qitiladi:
“IMS tizim osti platformasi asosidagi multimediali aloqa tarmoqlari”;
“Multimediali konvergent aloqa tarmoqlari”;
“Multimediali aloqa tarmoqlarida texnik ekspluatasiya”;
“Multimediali aloqa tarmoqlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash”.
Bu yo’nalishlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim:
o’quv laboratoriya xonalarini tashkillashtirish;
talabalarni kerakli oquv va laboratoriya jihozlari va adabiyotlari bilan ta’minlash;
jahonda yetakchi online kutibxonalarga universitet tomonidan a’zo bo’lishga ko’maklashish;
professor o’qituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlarini qilishda amaliy yordam
berish va boshqalar.
"Klaster" tushunchasining o’zi (cluster - "birgalikda o’sish") ma'lum xususiyatlarga ega mustaqil birlik sifatida ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan bir nechta bir hil elementlarning birligini anglatadi.
Ta'lim tizimiga juda mos keladigan klaster tushunchasining zamonaviy ta'rifi 1980-yillarning oxirida amerikalik iqtisodchi Maykl Porter tomonidan ishlab chiqilgan. Uning fikricha, "klaster - bu ma'lum bir hududda faoliyat yurituvchi va umumiy faoliyat bilan ajralib turadigan va bir-birini to’ldiruvchi o’zaro bog'langan tashkilotlar guruhi" [3. 207 b.]. U texnologik zanjiri ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar, asosiy ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilardan shakllanadi.
Ta'lim tizim sifatida ta'lim beruvchi dargoh tuzilmalari yig'indisi bo’lib, ularning asosiy maqsadi talaba o’quvchilarni tarbiyalashdir. Shu ma'noda, u ma'lum bir geografik hududdagi barcha darajadagi ta'lim muassasalari, resurslarni yetkazib beruvchilar va ish beruvchilar korxonalari, shuningdek, faoliyati bilan o’zaro bog'liq bo’lgan muvofiqlashtiruvchi organlar va hokimiyat organlari yig'indisi bo’lgan, sanoat tarmoqlari va innovatsion mahsulotni ishlab chiqishga qaratilgan klasterining markaziy miyyasidir. Biroq, ta'limda klaster yondashuvini bunday tushunish faqat davlat yoki uning sub'yekti darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Ta’limga klaster tizimini olib kirish o’z navbatida mutaxassisni aynan o’z sohasiga yo’naltirilgan fanlarni o’qitish va uni o’z yo’nalishida yetuk mutaxassis bo’lishi uchun imkoniyat yaratish sodda ish emas. Bunda klasterli ta’lim tizimini shakllantirish asosiy qo’yiladigan qadam va muammo yechimi bo’lishi mumkin.
OTM ta'limida klasterli tizimni rivojlantirish quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi:
sohada kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan, shu bilan birgalikda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash;
ta’lim jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarining o’zaro hamkorligini amalga oshirish
bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasini hal qilishda kompleks yondashuvni amalga oshirish va boshqalar.
Yuqorida keltirilganlarni hisobga olib shuni xulosa qilish mumkinki klasterli tizimini mohiyatini tushunish va amaliyotga tatbiq etish ta’lim tizimini rivojlantirish, uning sifati va raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi resurslar va imkoniyatlarni izlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Shunday qilib, ta'limda klaster tizimi ilmiy-ta’lim dargohi hamda o’rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarini birlashtirish mexanizmiga aylanadi. Bu esa o’z navbatida mutaxassislarni bilim saviyasini oshiradi.
|
| |