23
boshqa tizimlar bilan mosligi; boshqa hisoblash sohasiga jo„natish
imkoniyati; tiklash imkoniyati; taqsimlash va kengaytirish imkoniyati.
Berilganlar omborining vazifasi ma‟lumotlarga tezkor ishlov berish
emas, balki, qaror qabul qilishni axborot manbalari bilan qo„llab-
quvvatlashdir. Shu sababli, berilganlar bazasi (
BB) va berilganlar ombori
(
BO) bir xil tushuncha emas.
Ma‟lumotlarni saqlashni tashkillashtirishning
asosiy prinsiplari
quyidagilardan iborat: predmet oriyentatsiyasi,
integratsiya vositalari,
ma‟lumotlarning doimiyligi va ma‟lumotlar xronologiyasi.
Predmet oriyentatsiyasi. Tezkor berilganlar
bazasida odatda bir
necha predmet muhitlari qo„llanadi va ularning har biri berilganlarni
saqlash uchun manba bo„lishi mumkin. Masalan,
video va musiqa
vositalari bilan shug„ullanuvchi magazinni quyidagilar qiziqtiradi:
mijozlar, videokassetalar,
CD-disklar va audiokassetalar, xizmatchilar,
tovar yetkazib beruvchilar.
Integratsiya vositalari. Bir mohiyatli biror bir umumiy turi bo„yicha
turli tasvirlanishlarni keltirish.
Ma’lumotlarning doimiyligi. Berilganlar bazasi nuqtai nazaridan
ma‟lumotlarni saqlagichda modifikatsiyalash amali bajarilmaydi.
Ma‟lumotlarni saqlagichda o„rnatilgan qoidalar bo„yicha
belgilangan
vaqtda ma‟lumotlarni «ommaviy yuklash» qo„llaniladi.
Ma’lumotlar xronologiyasi. Ma‟lumotlar
saqlagich mazmuniga
taalluqli bo„lgan, integratsiya vositalari yordamida xronoligik vaqtli
aspekt amalga oshiriladi.