• OSI o‘rta daraja protokollari
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/97
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #145719
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

    OSI quyi daraja protokollari tarmoq apparat vositalari va tarmoq 
    dasturiy ta‟minoti quyi darajasiga mos keladi. Darajaning keng tarqalgan 
    standartlariga quyidagilar kiradi: 
    NDIS (Network Driver Interface Specificatoin – tarmoq 
    drayverlari interfeysi spesifikatsiyasi), Microsoft va 3 Com 
    firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan. 
    ODI (Open Datalink Interface – aloqaning ochiq interfeysi) Novell 
    va Apple Computer firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan. 
    Bu standartlar, tarmoq apparat vositalaridan qat‟iy nazar, o„rta 
    daraja protokollarini bajarish imkonini beradi va daraja turli tip 
    protokollarining hamkorlikda bajarilishini ta‟minlaydi. Odatda tarmoq 
    apparat 
    vositalarini 
    ishlab 
    chiqaruvchilar 
    ikkala 
    standartni 
    qanoatlantiruvchi drayverlarni ishlab chiqaradilar. 
    OSI o‘rta daraja protokollari etalon modelning tarmoq, transport va 
    seansli darajalariga ajratiladi. Kompyuterlar o„rtasidagi almashinuv 
    turiga qarab, bu protokollarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
    seans protokollari (virtual bog„lanish protokollari); 
    deytagram protokollar. 
    Seans protokollarda uzatishda paketlar tartibi xabarnomaning 
    boshlang„ich tartibiga mos keladi. Uzatish yetkazilganlik haqida xabarni 
    tasdiqlash bilan amalga oshiriladi. Agar jo„natilgan paketlar yo„qolsa, 
    ular takroriy uzatiladi. 
    Deytagram protokollardan foydalanilganda xabarnomalar paketlari 
    bir biriga bog„liq bo„lmagan holda, ya‟ni deytagram ko„rinishda 
    uzatiladi. Shu sababli, har bir xabarnomalar paketini yetkazish tartibi 
    xabarnomaning boshlang„ich tartibiga mos kelmasligi mumkin. Bundan 
    tashqari, xabarnomalar paketlari tasdiqsiz jo„natiladi. 
    Ishonchlilik nuqtai nazaridan, seans protokollari qulay, ammo 
    deytagram protokollardan foydalanilganda uzatish tezligi ancha yuqori. 
    O„rta darajada asosan quyidagi protokollardan foydalaniladi: 
    SPX/IPX protokollar to„plami – Net Ware tarmoq operatsion tizimi 
    boshqaruvida ishlovchi lokal tarmoqlarda qo„llaniladi; 
    Net BIOS va Net BEUI protokollari –IBM firmasi tomonidan ishlab 
    chiqilgan va faqat lokal kompyuter tarmoqlari uchun 
    mo„ljallangan; 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    19 
    TCP/IP – Internet tarmog„i uchun standart bo„lib, lokal 
    tarmoqlarda foydalaniladi va ko„pgina tarmoq operatsion 
    tizimlarida qo„llash mumkin. OSI modeli o„rta va boshqa 
    darajalariga tegishli bo„lgan protokollarni o„z ichiga oladi. 
    Protokollarning qulayliklari: manzillashning qulayligi, yuqori 
    darajada samaradorligi, o„zi sozlanuvchanligi va hatoliklardan 
    himoyalanganligi, tezkor xotiradan tejamli foydalanish imkoniyatining 
    mavjudligi. Global tarmoqqa nisbatan kamchiliklari: manzillashtirish 
    funksiyalarini qo„llashning mavjud emasligi, samaradorlikning pastligi. 
    TCP (Transmission Control Protocol) protokoli tarmoq darajasi 
    protokoli hisoblanadi va almashinuv virtual kanalini tashkillashtirgan 
    holda ikki kompyuter o„rtasida ma‟lumotlar uzatishning ishonchliligini 
    ta‟minlaydi. Katta hajmli ma‟lumotlarni uzatish uchun bu kanaldan 
    foydalaniladi. 
    IP (Internet Protocol) deytagram protokoli tarmoq darajasi uchun 
    asosiy protokol hisoblanadi va uzatilayotgan xabarnomalar paketini 
    manzillashtirishni ta‟minlaydi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish