Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/97
Sana25.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#145719
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

OSI yuqori daraja protokollari foydalanuvchi va amaliy dasturlar 
darajasiga mos keladi. Tarmoq aloqasi etalon modelining ifodalanish va 
amaliy darajasida qo„llaniladi. 
Quyidagi yuqori darajali protokollar keng tarqalgan: 
xabarnomalarni almashish va so„rovlarni qayta yo„naltirish (SMB, 
NCP)
tarmoqlarni boshqarish (SNMP); tarmoq fayllar tizimlari (NFS)
masofaviy jarayonlarni chaqirish (RPC)
samaradorlikni oshiruvchi o„rta daraja TCP/IP (DNS, DNSP) 
protokollaridan foydalanish; 
kompyuter manbalariga masofaviy kirish (SLIP, PPP, Telnet)
fayllarni uzatish (FTP)
gipermatnlarni uzatish (HTTP)
elektron pochta (SMTP, POP3, IMAP4)
elektron konferensiyalarni tashkil etish va yangiliklar tizimi 
(NNTP). 
NFS (NetWork File System – tarmoq fayl tizimi) protokoli turli 
operatsion tizimlar, o„rta daraja protokollari va tarmoq arxitekturasi 
uchun fayllar bilan ishlashning universal interfeysini taqdim etish uchun 
mo„ljallangan. 
RPC (Remote Procedure Call – masofaviy jarayonlarni chaqirish 
xizmati) protokoli «mijoz-server» tarmoq uchun dasturlararo aloqani 
www.ziyouz.com kutubxonasi


20 
tashkillashtirish uchun mo„ljallangan va turli kompyuter tarmoqlarida 
amalga oshirilgan mijoz-jarayonlar va server-jarayonlar o„rtasida 
aloqani ta‟minlaydi. 
DNS (Domain Name System – domen nomlar tizimi) protokoli 
belgili ma‟noviy nom va kompyuter IP-manzili o„rtasidagi moslikni 
aniqlash uchun mo„ljallangan. 
DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol – kompyuterlar 
dinamik konfiguratsiyasi protokoli) protokoli tarmoqqa ulangan 
kompyuterlarga avtomatik IP-manzillashni va bir tizimostidan boshqa 
tizimostiga o„tilganda ularni almashtirishni ta‟minlaydi. 
SLIP (Serial Line Internet Protocol – Internetning ketma-ket ulanish 
protokoli) protokoli kommutatorli telefon bog„lanishida TCP/IP 
protokollari ishini ta‟minlaydi. 
PPP (Point-to-Point Protocol – «nuqta-nuqta» protokoli) protokoli 
bog„lanish o„rnatish va to„g„ridan-to„g„ri axborot almashishni 
ta‟minlaydi. 
PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol – tunnelli «nuqta-nuqta» 
protokoli) protokoli multiprotokolli shaxsiy virtual tarmoqlar (VPN-
Virtual Private Networks)ni qo„llashga yo„naltirilgan va Internetda 
masofaviy foydalanuvchiga korporativ tarmoqlarga xavfsiz kirish 
imkoniyatini beradi. 
Telnet protokoli Internetda, masofaviy aloqa o„rnatilgan 
kompyuterda buyruq satri rejimida dasturlarni bajarish va ishga 
tushurish imkonini beruvchi masofaviy boshqaruvning umumiy standarti 
hisoblanadi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish