• Seans darajasi
  • Ifodalashni boshqarish
  • Amaliy daraja
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/97
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #145719
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

    Transport (jo‘natish) darajasi. Birinchi uch daraja ko„plab 
    foydalanuvchilar jamoa bo„lib ishlashi mumkin bo„lgan umumiy 
    tarmoqni tashkil etadi. Transport darajasida ma‟lumotlar paketlari tartibi 
    va ularning aloqadorligi nazorat qilinadi. Kompyuterlar o„rtasida 
    almashinuv jarayonida telefon kommutatsiyasiga o„xshash virtual aloqa 
    ta‟minlanadi. 
    Seans darajasi. Ayrim hollarda foydalanuvchilar o„rtasida 
    aloqalarning ko„pligi sababli, bunday jarayonni tashkillashtirish 
    murakkab bo„ladi. Bunday murakkabliklarni bartaraf etish uchun bu 
    darajada ma‟lumotlar paketlarini uzatish va qabul qilish, seansni 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    17 
    o„rnatish va tugatish jarayonlari standartlashtiriladi. Seans darajasida 
    kompyuterlar o„rtasida virtual aloqa telefon aloqasi kabi o„rnatiladi va 
    tugallanadi. 
    Ifodalashni boshqarish. Bu daraja dasturiy vositalari, agar formatlar 
    bir biridan farq qilsa, ma‟lumotlarni uzatayotgan kompyuter ichki 
    formatidan qabul qiluvchi kompyuter ichki formatiga almashtirish 
    amalini bajaradi (masalan, IBM va DEC). Bu daraja o„z ichiga 
    ma‟lumotlarni kodlash, foydalanilayotgan belgilar to„plami funksiyalari 
    va displey ekranida yoki chop qilishda ma‟lumotlarni ifodalash 
    usullarini oladi. Bulardan tashqari, uzatilayotgan ma‟lumotlarni siqish va 
    ochish ham amalga oshiriladi. 
    Amaliy 
    daraja 
    yuqori 
    amaliy 
    va 
    tizim 
    darajalarida 
    foydalanuvchilarni qo„llashni ta‟minlovchi funksiyalarga kiradi. 
    Masalan: 
    umumiy tarmoq manbalariga kirishni tashkillashtirish: 
    axborotlarga, diskli xotiraga, tashqi qurilmalarga (printer, skaner 
    va h.k.); 
    tarmoqni umumiy boshqarish (tarmoq umumiy manbalariga 
    kirishni chegaralash, konfiguratsiya, nosozliklardan so„ng ish 
    qobiliyatini tiklash, samaradorlikni boshqarish); 
    elektron xabarlarni uzatish (elektron pochtani ham o„z ichiga 
    oladi); 
    elektron konferensiyalarni tashkillashtirsh; 
    yuqori daraja muloqot funksiyalari. 
    Elektrotexnika va radioelektronika Xalqaro muxandislik instituti 
    (IEEE)da lokal tarmoqlarda ma‟lumotlarni uzatish protokollari uchun 
    standartlar ishlab chiqilgan. Tarmoq kanallari ma‟lumotlariga kirish 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    18 
    usullarini ifodalovchi bu standartlar IEEE 802 nomini olgan. Fizik sohaga 
    ma‟lumotlarni uzatish yaqinligiga qarab, tarmoqlararo bog„lanuvchi 
    protokollarni quyidagicha ajratish mumkin: quyi, o„rta va yuqori daraja 
    protokollari. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish