Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana25.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#145719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni 
Insoniyat jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlari texnik 
rivojlanish 
asosida 
amalga 
oshgan. 
Avtomatlashtirish 
mehnat 
unumdorligining ortishiga olib keldi. Mehnat jamoalarining shakllanishi 
bilimlar bilan almashish zaruratini yuzaga keltirdi. Birinchi navbatda 
avloddan avlodga og„zaki berildi. Yozuvning yaratilishi ularni axborot 
ko„rinishida berish imkoniyatini yaratdi. Axborotning yuzaga kelishi 
insoniyat jamiyatining izlanishlari natijasi bo„ldi. 
Hozirgi kunda axborot eng qimmat manbalardan biri hisoblanadi. 
Bu material ishlab chiqarish muhitidan mehnat manbalarini axborot 
muhitiga ko„chirishda ko„rinadi. 
XIX asrning oxirlarida AQShda ishga yaroqli aholining 95% dan 
ortig„i jismoniy mehnat bilan va 5% ga yaqini esa axborotga ishlov 
berish bilan shug„ullangan. Hozirgi kunga esa, mehnat manbalari 
nisbatining deyarli aksini ko„rishimiz mumkin. 
Shunday fikrlar mavjudki, jahon ta‟lim tizimidagi inqirozni 
axborotlashtirish negizida bartaraf etish mumkin. Hozirgi kunda AQSh 
oliy ta‟limini yuz milliardinchi tijorat deb nomlamoqdalar. Ta‟lim 
texnologiyalari eksportchilaridan biri hisoblangan amerikaliklar yiliga 
g„aznaga o„rtacha 7 mlrd. dollar tushuradilar. Bu yalpi milliy 
mahsulotning 2,7% ini tashkil etadi. Har yili AQShda 454 mingga yaqin 
xorijiy talabalar tahsil oldalar. Ulardan 57% i osiyoliklar, 15% i esa 
yevropaliklardir. 
Bunday 
natijalarga 
erishish 
asosan 
axborot 
texnologiyalarini keng tadbiq qilish natijasida bo„ldi. 
Jahon hamjamiyatining iqtisodga intilishi natijasida axborot, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


10 
telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari tez o„zgarib bormoqda. 
Telekommunikatsiyalarning rivojlanishida yuridik shaxslar va 
raqobatga ko„proq tayanilmoqda. Axborotga ishlov berish ham 
rivojlangan, ham rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotning barcha 
sohalarida katta ahamiyatga ega bo„lmoqda. Ma‟lumotlarni siqishning 
yangi vositalari ishlab chiqildi. Shisha tolali va simsiz aloqa 
texnologiyalari yangilanib bormoqda. Bog„lanish xizmatlari narxi tez 
tushib bormoqda. Yaqin 20 yil ichida axborot almashinuvi deyarli tekin 
bo„lishi mumkin. Raqamli aloqa texnologiyalariga o„tish ma‟lumotlarni 
uzatish, 
axborotni 
tarqatish 
va 
boshqa 
axborot 
xizmatlarini 
yaqinlashtirishga 
olib 
keladi 
va 
global 
tarmoqlarning 
yangi 
imkoniyatlarini ochadi. Yangi texnologiyalar rivojlanish yo„lidagi turli 
to„siqlarni bosib o„tish imkoniyatini yaratadi. Masalan, masofaviy ta‟lim 
tizimi uning an‟anaviy usullariga hayotiy qo„shimcha bo„lishi mumkin. 
Axborot jamiyatida katta axborot oqimining yuzaga kelishi 
quyidagilar bilan asoslanadi: 
ilmiy izlanishlar va tajriba-loyiha ishlari natijalarini bayon 
etuvchi hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa hujjatlar soninig 
jadal sur‟atlar bilan ortishi; 
insoniyat faoliyatining turli soxalari bo„yicha davriy nashrlarning 
doimiy ortib borishi; 
odatda magnit lentalarga yoziluvchi va kommunikatsiya tizimlari 
doirasiga tushmaydigan turli-tuman ma‟lumotlarning yuzaga 
kelishi. 
Buning natijasida axborot krizisi yuzaga keladi. U quyidagilarda 
namoyon bo„ladi: 
inson tomonidan axborotni qabul qilish va qayta ishlov berishning 
chegaralanganligi va saqlanayotgan axborot massivlarining 
mavjud bo„lgan kuchli oqimi o„rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi; 
katta hajmdagi ortiqcha axborot yuzaga keladi, bu foydalanuvchi 
uchun zarur axborotlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi; 
ma‟lum bir darajada, axborotning tarqalishiga to„sqinlik qiluvchi, 
iqtisodiy, siyosiy va boshqa sotsial to„siqlar yuzaga keladi. 
Masalan, ko„pincha sirni saqlash sababli turli tashkilotlar 
xodimlari zarur axborotdan foydalana olmaydilar. 
Bu kabi sabablar noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Dunyoda katta 
hajmdagi axborot potensiali yig„iladi, ammo insonlar ulardan o„z 
imkoniyatlari doirasida foydalana olmaydilar. 
Axborot krizisining yuzaga kelishi jamiyat oldiga yuzaga kelgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


11 
vaziyatdan chiqib ketish yo„llarini qidirish zaruratini qo„ydi. EHMlarni 
faoliyatning turli sohalariga tadbiq qilinishi yangi evolyutsion 
jarayonning birinchi qadami bo„ldi.
Axborot jamiyatida jamiyatning ko„plab ishchilari axborotni, 
ayniqsa uning yuqori shakli bo‘lgan bilimlarni, ishlab chiqish, saqlash, 
qayta ishlash va uzatish bilan band bo„ladilar. 
Axborot jamiyatining xarakterli tomonlari quyidagilardan iborat: 
informatsion krizis muammosi hal etiladi, ya‟ni axborot oqimi va 
axborot tanqisligi o„rtasidagi qarama-qarshilik yechiladi
axborotning boshqa manbalarga nisbatan ustunligi ta‟minlanadi; 
rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodi bo„lib boradi; 
yangi informatsion texnika va texnologiyalar yordamida 
bilimlarni avtomatik generatsiyalash, saqlash, ishlov berish va 
foydalanish jamiyat asosini tashkil etib boradi; 
informatsion texnologiya insoniyat sotsial faoliyatining barcha 
sohalarini qamrab olgan holda global tavsifga ega bo„ladi; butun 
insoniyat olamining axborot birligi shakllanib boradi; 
jamiyatni boshqarish, o„rab turgan muhitga ta‟sirning optimal 
prinsiplari amalga oshiriladi. 
Jamiyatni axborotlashtirishning salbiy tomonlari sifatida quyidagi 
holatlarni keltirib o„tish mumkin: 
1.
Jamiyatga ommaviy axborot vositalari ta‟sirining yanada ortib 
borishi. 
2.
Axborot texnologiyalarining tashkilotlar va insonlar shaxsiy 
hayotiga yanada chuqurroq kirib borishi. 
3.
Sifatli va ishonchli axborotlarni saralash muammosining yuzaga 
kelishi va boshqalar. 
Axborot industriyasi rivojlangan davlatlar axborot jamiyatiga 
o„tishga 
eng yaqin turganlar hisoblanadi. Bularga AQSh, Yaponiya, Angliya, 
Germaniya va G‘arbiy Yevropa davlatlarini kiritish mumkin. Bu davlatlarda 
davlat siyosatining yo„nalishlaridan biri, axborot industriyasida 
innovatsiyalarni qo„llab-quvvatlash va investitsiyalash bilan bog„lq 
bo„ghan kompyuter tizimlari va telekommunikatsiyani rivojlantirish 
hisoblanadi. 
So„nggi informatsion inqilob yangi yo„nalishni olg„a suradi – yangi 
bilimlarni ishlab chiqish uchun texnik vositalar, usullar, texnologiyalar 
ishlab chiqish bilan bog„liq bo„lgan axborot industriyasi. Axborot 
industriyasining asosiy tarkibiy qismi barcha turdagi axborot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


12 
texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiya bo„lib, bunda kompyuter 
texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi so„nggi yutuqlarga tayanadi. 
Axborot texnologiyalarining jamiyat tomonidan o„zlashtirilishi har 
bir inson hayot tarzining o„sishiga olib kelishi lozim. Axborot jamiyati – 
insoniyat rivojining navbatdagi bosqichi bo„lib, insonlarning yangi, 
axborot texnologiyalariga tayanuvchi yashash muhiti yuzaga keladi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish