9
Faktlar – predmet sohasini kuzatishlar natijasidir.
Ma’lumotlar – bu matn, vizual va so„zlashuv uchun xarakterli bo„lgan
erkin tarkibdan farqli ravishda yuqori darajada formatlanganligi bilan
farqlanuvchi axborot turidir.
Bilim – bu insonning nazariy va amaliy faoliyati natijasi bo„lib,
yuqori darajada tarkiblangan va malakani jamlashni ifodalovchi
axborotdir.
Bilimning uchta asosiy turini ajratish mumkin:
deklorativ – obyektning umumiy bayonini taqdim etadi, aniq
predmet sohasida ularni qo„shimcha tartiblashlarsiz qo„llash
imkoniyatini bermaydi;
tushunchali (tizimli) – birinchisidan tashqari, tushuncha xossalari va
tushunchalar o„rtasidagi bog„liqliklarni o„z ichiga oladi;
jarayonli (algoritmik) – yechim algoritmini olish imkonini beradi.