• KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.35.75.888 Ўринов Уйғун Абдуллаевич
  • УСЛОВИЯ РАЗВИТИЯ ПРАКТИЧЕСКИХ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ ОБУЧАЮЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ СОВМЕСТНОЙ ПРАКТИКИ НА ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ Уринов Уйгун Абдуллаевич
  • Ключевые слова
  • Hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyoti jarayonida amaliy




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana06.01.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #131235
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    413-Текст статьи-1392-1-10-20220118



    Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
    ISSN 2181-1709 (P)
    88
    Education and innovative research 2021 y. №6
    HAMKORLIKDA TALABALARNING ISHLAB CHIQARISH 
    KORXONALARIDAGI AMALIYOTI JARAYONIDA AMALIY 
    KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI
    DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.35.75.888
    Ўринов Уйғун Абдуллаевич
    Buxoro muhandislik – texnologiya instituti doktoranti
    Annotasiya. Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalari hamda 
    texnika oliy ta’lim muassasalari hamkorligida talabalarning ishlab chiqarish 
    korxonalaridagi amaliyoti jarayonida amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish 
    shart-sharoitlari tahlili keltirilgan.
    Tayanch so’zlar: oliy ta’lim, talaba, amaliyot, ishlab chiqarish, amaliy 
    ko’nikma. 
    УСЛОВИЯ РАЗВИТИЯ ПРАКТИЧЕСКИХ УМЕНИЙ И 
    НАВЫКОВ ОБУЧАЮЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ СОВМЕСТНОЙ 
    ПРАКТИКИ НА ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ
    Уринов Уйгун Абдуллаевич
    Докторант Бухарского инженерно – технологического института.
    Аннотация. В статье представлен анализ условий развития 
    практических навыков студентов в процессе прохождения практики 
    на промышленных предприятиях в сотрудничестве с промышленными 
    предприятиями и техческими вузами.
    Ключевые слова: высшее образование, студент, практика, 
    производство, практическое мастерство.
    CONDITIONS FOR THE DEVELOPMENT OF PRACTICAL 
    SKILLS AND ABILITIES OF STUDENTS IN THE PROCESS OF 
    JOINT PRACTICE AT MANUFACTURING ENTERPRISES
    Urinov Uygun Abdullayevich
    Doctoral student of the Bukhara Institute of Engineering and Technology.
    Abstract. The article presents an analysis of the conditions for the 
    development of practical skills of students in the process of practical training at 
    industrial enterprises in cooperation with industrial enterprises and technical 
    universities.
    Key words: higher education, student, practice, production, practical skills.
    Talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqarish 
    korxonasidagi amaliyot jarayonlari muhim hisoblanadi. Uning maqsadi - 
    talabalarning nazariy mashg’ulotlar jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash 
    va chuqurlashtirish, mutaxassislik bo’yicha amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish 
    va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
    Amaliyot - bu maxsus insoniy, ongli, maqsadga yo’naltirilgan, hissiy 
    -predmetli, moddiy faoliyat hisoblanadi. Har qanday amaliyot ob’ektiv (old 
    shartlar, vositalar va yakuniy natija) va sub’ektiv (intellektual qobiliyatlar, 
    fikrlash, bilim va amaliy tajribasidan foydalanadigan insonning muayyan 
    faoliyati) omillarning yaxlitligi sifatida tavsiflanadi.
    Ishlab chiqarish korxonalarida talabalar, amaliyotni muvaffaqiyatli o’tashi 
    uchun ta’lim muassasasi o’quv reja va fan dasturlariga muvofiq talabalarning 
    dastlabki nazariy va amaliy tayyorgarligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida 
    talabalar, avvalo, mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni 


    Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
    ISSN 2181-1717 (E)
    89
    http://interscience.uz
    jihozlash va avtomatlashtirish bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun nazarda 
    tutilgan texnikalardan xavfsiz foydalanishga oid qoida va talablar, ish joyidagi 
    hatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, yong’in xavfsizligi 
    va mehnat muhofazasi qoidalarini puxta o’zlashtirishlari kerak.
    Texnika oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari 
    bilan birga oldindan ishlab chiqarish amaliyoti ob’ektlarini tanlashi, o’tkazish 
    muddatlarini kelishib olishi, talabalarning ish joylari bo’yicha taqsimot grafigini 
    kelishib olishi zarur. 
    Mutaxassislar tayyorlashda turli darajadagi ta’lim tizimlari va ishlab chiqarish 
    integrastiya va o’zaro hamkorlik muammolari olimlarning tadqiqot markazida 
    bo’lgan. Ba’zi olimlar tadiqotlarida mutaxassisning amaliy ko’nikmalarni 
    rivojlantirish uchun ta’lim muassasalari va korxonalar o’rtasidagi o’zaro 
    hamkorligi pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan. Bu 
    hamkorlik o’z navbatida ishlab chiqarish sharoitida innovastion texnik va ishlab 
    chiqarish loyihalarini amalga oshirishda texnik xodim va talabaning muhandislik 
    faoliyati, o’qituvchi faoliyatining esa integrastiyalashuviga asoslanadi. Ta’lim 
    muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o’rtasidagi munosabatlarning 
    muayyan yo’llari (axborot-kommunikastiya, tashkiliy-shartnomaviy, sheriklik) 
    va shakllari (hamrohlik, ko’maklashish, hamkorlik) bo’lg’usi mutaxassisning 
    amaliy ko’nikmasini rivojlantirishga yordam beradigan yoki to’sqinlik 
    qiladigan o’ziga xos ta’lim muhitining paydo bo’lishiga ta’sir etishi olimlar 
    tomonidan isbotlangan. Bo’lajak mutaxassislarni yuqori sifatda tayyorlash 
    uchun ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish borasidagi hamkorlik 
    sub’ektlarining sherikchilik munosabatlari tizimi va ijtimoiy mas’uliyatiga 
    asoslangan o’zaro ta’sir hisobidan ta’minlanadi.
    Talabalarning malakaviy amaliyoti quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: 
     nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni egallash;
     texnologik jarayonlar, jihozlar qismlari, laboratoriya sinov usullarini 
    o’zlashtirish; 
     ishlab chiqarish stexlari faoliyatining materiallari va hujjatlari bilan 
    tanishish. 
    Ta’lim muassasasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
    - o’quv rejasi, dasturlari, shartnomaga asosan tashkilot (korxona) bilan 
    kelishilgan muddatlarda talabalarni korxonalarga yuborish;
    - talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga ajratilgan o’quv soatlari 
    hajmidan to’liq, maqsadga muvofiq foydalanish; 
    -korxonada amal qilayotgan ichki mehnat qoidalari, ish qoidalari, yong’in 
    xavfsizligi, sanitariya-gigiena talablari, texnika xavfsizlik ko’rsatmalari va 
    tashkilot (korxona) ishchilarining tegishli amaliy ko’nikmalar darajalari 
    uchun belgilangan boshqa me’yorlar va qoidalarni amaliyotchilar tomonidan 
    o’rganilishi hamda ularga rioya qilinishi;
    - talabalar tomonidan asbob-uskunalar, mashinalar, jihozlar bilan ishlash 
    bo’yicha o’rnatilgan qoidalarga rioya qilish, ularga beriladigan shaxsiy himoya 
    vositalaridan to’g’ri foydalanish, shuningdek, talabalarning materiallar va elektr 
    energiyasidan tejamli foydalanishni ta’minlash. 
    Texnika oliy ta’lim muassasasi Davlat ta’lim standartidagi malaka 
    talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish ta’limi sifati ko’rsatkichlari 
    ishlab chiqilib, bu borada talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish 
    tizimini ishlab chiqish va tizimni samarali ishlash uchun pedagogik shart-
    sharoitlarni belgilash inobatga olinishi lozim. (1-jadval).
    Texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarning ishlab chiqarish amaliyotida 
    o’quv-uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi. O’quv dasturlari, mehnat qoidalari va 
    me’yorlari talablariga muvofiq jihozlangan ish joylari, materiallar, asboblar 
    va ishlab chiqarish topshiriqlari bilan talabalarni o’z vaqtida ta’minlanishini 


    Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
    ISSN 2181-1709 (P)
    90
    Education and innovative research 2021 y. №6
    nazorat qiladi. Belgilangan ishlab chiqarish me’yorlarining talabalar tomonidan 
    bajarilishini tekshiradi, bajarilgan ish hajmini qayd etadi, korxona bilan 
    birgalikda talabalarga ko’rsatma beradi. Ularni ishlab chiqarishning zamonaviy 
    texnologiyasini o’rgatish ishlashning ilg’or uslub va usullarini o’zlashtirish, 
    amaliy mashg’ulotlarining o’z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
    Agar korxonalarda xavfsiz mehnat sharoiti, ishlab chiqarish amaliyotini 
    o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmagan bo’lsa, ta’lim muassasasi 
    rahbariyati talabalarning amaliyot o’tashga yo’l qo’ymasligi va bu haqida 
    korxona ma’muriyatini ogohlantirishi lozim. 
    Ishlab chiqarish korxonasi o’quv dasturlari talablari va mehnatni muhofaza 
    qilish qoidalariga muvofiq kadrlarni ish o’rinlari bilan ta’minlay olmasa, 
    shuningdek, korxona aybi bilan talabalar ishlab chiqarish amaliyoti davrida 
    bo’sh qolishsa, ta’lim muassasasi amaliyotni korxonaning boshqa ob’ektlari 
    (tashkilotlari)ga o’tkazishi mumkin. Bunday hollarda ta’lim muassasasi 
    talabalarni boshqa ob’ektlarga o’tkazish to’g’risida korxonani oldindan xabardor 
    qiladi.
    1 – jadval. 
    Texnika oliy ta’lim muassasasi “Mashinasozlik texnologiyasi, 
    mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” ta’lim 
    yo’nalishi malakaviy talablariga muvofiq talabalarning amaliyotda 
    egallanadigan amaliy ko’nikmalar tizimi
    Ishlab chiqarish amaliyoti nafaqat normativ-huquqiy hujjatlar bilan, 
    balki mutaxassislikning o’ziga xos xususiyatlari, hududning ishlab chiqarish 
    sharoitlarini va talabalarning amaliy ko’nikmalari rivojlanish darajasini hisobga 

    Download 0,75 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyoti jarayonida amaliy

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish