Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
92
Education and innovative research 2021 y. №6
chiqarish amaliyotining birinchi bosqichida, balki ixtisoslashuv va ilmiy-
tadqiqot ishlari bosqichlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqsad va vazifalarga qarab, taxminiy kasbiy harakatlarining o’quv
bashoratlashni amalga oshirishning turli vositalari, shakl va usullaridan
foydalanish. O’z-o’zini baholash va o’zaro baholash, o’zini-o’zi tahlil qilish
va guruhdoshlari tomonidan bajariladigan kasbiy harakatlarni tahlil qilish.
Mustaqil yoki guruhli tadqiqot ishlarini bajarish. Ko’rik-tanlov vazifalarini
bajarish. Nazoratning noan’anaviy shakllaridan foydalanish.
Mashg’ulotda va ishlab chiqarish amaliyoti davrida ishlab chiqarishdagi
innovastiyalarga e’tibor berish. Ishlab chiqarish amaliyotini tanishuv qismidan
ixtisoslashgan kasbiy va ijodiy shaxsga qaratib rivojlantirish. Nazariy
tayyorgarlikning ma’lum bosqichlarida o’quv fanlari mazmunini deduktiv
o’zlashtirish, bu borada mashg’ulotlar mazmunini tezkor ijodiy o’zgarishlar
zarurligi bilan bog’liq moslashuv vazifalardan foydalanish.
O’qitishning ishbilarmonlik o’yinlari, echim talab qiladigan bahslar kabi
faol usullaridan foydalanish, yuzaga kelgan muammolarni kasbiy faoliyat
simulyastiyasi ko’rinishida hal etish.
Bo’lajak mutaxassisning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish jarayonining
muvaffaqiyatiga tashqi va ichki shart-sharoitlar ta’sirini uyg’unlashtirish yordam
beradi. Bu esa maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish amaliyotida ta’minlanishi
mumkin. Ushbu qoida asosida, bo’lg’usi mutaxassisning amaliy ko’nikmalarini
rivojlantirishning tizimli omili sifatida ishlab chiqarish amaliyoti belgilanib,
unda innovastion uskunalar yordamida murakkab texnik vazifalarni hal qilish
jarayonidagi kasbiy tajriba, kasbiy bilim, amaliy ko’nikma va qobiliyatlarini
o’zlashtirishning individuallashtirilgan jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab
chiqarish amaliyotining o’zgarmagan xususiyatlaridan tashqari, o’zgaruvchan
talablar ham mavjud. Ularga shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy-axloqiy tanlovning
muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash, shaxsning bilim, faoliyat va
motivastion-qadriyatli sohalarini dolzarblashtirish va kasbiy qadriyatli
munosabatlarining individual tizimini yaratish kiradi.
Hozirgi kun sharoitida ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari
o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayonlariga ijtimoiy muhit noaniqligining oqibati
bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, texnologik va shaxsiy omillar yig’indisi
ta’sir ko’rsatadi. Biroq, ularning kutilmaganda yuzaga kelishi ta’sir qilishiga
qaramasdan, ular bir vaqtning o’zida “Ta’lim muassasasi – korxona” tizimida
o’zaro hamkorlikni rivojlantirishning salohiyatli zaxiralari va tendenstiyalarini
aniqlashga yordam beradi. Bu esa o’z navbatida yangi sharoitlarda ishlash
uchun bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonidagi o’zgarishlar tabiati va
dinamikasini aniqlaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan ushbu omillar yig’indisining ta’siri natijasida:
birinchidan, ishlab chiqarish texnologik sharoitlari o’zgaradi;
ikkinchidan, ish beruvchining bo’lajak mutaxassis amaliy ko’nikmalariga
bo’lgan talablari aniqlashtiriladi;
uchinchidan, “Ta’lim muassasasi-korxona” tizimidagi o’zaro aloqalar
yangilanadi va mustahkamlanadi;
to’rtinchidan, ishlab chiqarish amaliyotida amaliy ko’nikmalarni
Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
93
http://interscience.uz
rivojlantirish jarayonining o’quv-uslubiy ta’minoti yaxshilanadi.
Hozirgi zamondagi ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish sharoitini
hisobga olgan holda, tashqi va ichki ta’sirlar, ya’ni bo’lajak mutaxassisning
shaxsiy tavsiflari tomonidan belgilanadigan amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish
jarayonining mohiyatidan kelib chiqib, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini
tashkillashtirish mumkin.
Tashkillashtiriladigan amaliyotning asosiy tarkibi o’zgarmas va o’zgaruvchan
bloklardan iborat. Biz tomonidan aniqlangan amaliy ko’nikmalarning uchta
tarkibiy qismidan asosiysi motivastion-qadriyatlisi bo’lib, u tegishli tarkibiy
qismlarni shakllantirishning yaxlitligi va muvaffaqiyatini belgilaydi.
Muayyan barqarorlik bilan tavsiflanadigan o’zgarmas blok ish beruvchi
talablari, amaliy ko’nikmalar yaxlitligi va tarkibiy qismlarining xususiyatlari,
uning bazaviy yondoshuvini belgilovchi darajalarga erishishning ketma-ketligi,
kutilayotgan natija yondoshuvi, maqsadi, tamoyillari, mezon va ko’rsatkichlari,
shuningdek tashxis usullarini o’z ichiga oladi.
Individual shaxsiy xususiyatlar bilan bog’liq o’zgaruvchan blok alohida
ta’lim yo’nalishlarining mazmuni, amaliyotning mazmuni va vositalari, tashkiliy
shakllari (individual, sherikli, jamoaviy) va alohida ta’lim yo’nalishlarining
tabaqalashtirilgan qurilishini o’z ichiga oladi.
Tashkillashtiriladigan amaliyotning o’zgarmas va o’zgaruvchan
komponentlarini amaliy jihatdan tatbiq qilish ish beruvchi talablari, ishlab
chiqilgan va talabalarda ma’lum sifatlarni shakllantirish, qolaversa tasavvuriy
yo’nalishlarning individual obrazlarini amalga oshirishni nazarda tutgan tizimli
dasturiy-metodik ta’minotdan iborat.
Talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish
uchun ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish
amaliyotining tashkiliy shakllari o’zgartiriladi. Tashkiliy shakllarni tanlashni
maqbullashtirish uchun har birining afzalliklari va kamchiliklari hisobga olinadi
(2-jadval).
Talabalarni kelgusida ish bilan ta’minlash imkoniyati bo’lgan joylarga
amaliyotiga yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Talabalarning ishlab
chiqarish amaliyoti sohaning etakchi korxonalari negizida tashkil etiladi.
Amaliyot joyini tanlashda zamonaviy jihozlarga ega bo’lgan korxona, muassasa
va tashkilotlarga ustunlik beriladi.
Amaliyot davomida oliy ta’lim muassasa o’qituvchilari ish joyida o’qitishni
tashkil etish va to’g’rilash, materiallarni ishlab chiqish va o’qitish metodlari
bo’yicha korxonalar xodimlari bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Shu bilan
birga, o’qituvchi amaliyot rahbari korxonalardagi stajirovkalar doirasida
zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari haqida o’z bilimlarini oshirish imkoniga
ega bo’lishadi.
So’nggi yillarda, mutaxassislarni tayyorlash muayyan soha ehtiyojlari bilan
emas, balki har-bir mintaqa rivojining istiqbollari bilan belgilanayotganligi
bois, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi tobora dolzarb bo’lmoqda.
Ularning ish bilan ta’minlanishi ta’lim muassasasi raqobatbardoshligining
muhim ko’rsatkichidir. Ta’lim muassasasining ishlab chiqarish korxonalari ish
beruvchilari bilan yaqin aloqasi zamonaviy mehnat sharoitiga moslashtirilgan
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
94
Education and innovative research 2021 y. №6
yosh mutaxassislarni tayyorlash imkonini bermoqda.
2 – jadval.
Ishlab chiqarish amaliyotining shakllari, afzalliklari va kamchiliklari.
Amaliyot davomida talabalar va korxona xodimlari o’rtasidagi hamkorlik
talabalarga ish tanlash uchun yanada oqilona yondashuv imkonini bersa,
xodimlarga esa kelajakda bo’lg’usi kadrlarni saralashga ko’maklashadi. Bunday
hamkorlik natijasida o’zaro zaruratni tushunish ortib boradi. Ta’lim muassasasi
o’z buyurtmachisi sifatida hamda bitiruvchilarga yangi sifat talablarini etkaza
oladigan korxonalarga muhtoj, korxonalar esa ta’lim muassasasini zamonaviy
malakali kadrlar manbai sifatida ko’rishadi.
Korxonada ishlab chiqarish amaliyoti davrida o’qitishni takomillashtirish
bo’lajak texnikalarni tayyorlash va tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
Bo’lajak texniklar o’z kasblari bo’yicha amaliy ko’nikma olish va o’zlarini
|