Hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyoti jarayonida amaliy




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.01.2024
Hajmi0,75 Mb.
#131235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
413-Текст статьи-1392-1-10-20220118

№ Amaliyot 
turi 
Amaliyot davomida egallanadigan amaliy ko’nikmalar 
1 Tanishuv 
amaliyoti 
Talabalar mashinasozlik korxonalar strukturasi, bo’limlari va 
korxonalarda foydalaniladigan jihozlarning har xil turlari bilan tanishadilar. 
Buyumning asosiy detallariga ishlov berishning texnologik jarayonlari, ishlov 
berishning asosiy bosqichlari, ishlab chiqarishning ilg’or texnologiyalari, 
mashinasozlik korxona bo’limlarining xususiyatlari bilan tanishadilar; 
detallarni ishlab chiqarish amaliy ko’nikmalarini egallaydilar. Konstruktorlik 
masalasini echish uchun zarur bo’lgan konstruktorlik-texnologik bilimlarni va 
amaliy ko’nikmalarni egallaydilar; texnologik hujjatlardan foydalanishni, 
konstruktorlik 
hujjatlarini 
texnologik 
nazorat 
qilishni, 
detallar 
konstrukstiyalariga ishlov berish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishning 
amaliy ko’nikmalarini egallaydilar. 
2 Malakavi
y amaliyot 
Talabalar atrof muhitni himoya qilish, mehnat muhofazasi va texnik 
xavfsizligi, fan, texnika va texnologiyani yangi yutuqlari, texnologik 
jarayonlarni tashkil etish masalalari, korxonaning boshqarish tizimini, 
shtatlarni, texnologik bo’linmalari tuzilishini va texnologik xo’jaligini, 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini, xomashyo va 
buyumlarni sifatini, tannarxini aniqlash usullarini o’rganadi, mahsulot sifatini 
boshqarish kompleks tizimi, bo’yicha ko’nikmalarini egallaydilar. 

Bitiruv 
oldi 
amaliyoti 
Bitiruvchini bevosita standart talablariga muvofiq mustaqil ishlashga 
tayyorlash; o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va 
mustahkamlash; jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish 
bo’yicha tajriba hosil qilish; ishlab-chiqarish stexlari tasnifini ulardagi 
texnologik jarayonni tashkil etilishi, chiqarilayotgan mahsulotlar, yangi jihozlar 
to’g’risida to’liq ma’lumotlar keltiriladi; stexlarning biznes-rejasini o’rganadi; 
modellash bo’limida qo’llaniladigan usullar, modelerlarni ish joyini tashkil 
etish va jihozlanishi, modellarning ish hujjatlari to’g’risida ma’lumotlar 
keltiriladi. 


Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
91
http://interscience.uz
olgan holda ishlab chiqilgan mahalliy hujjatlar bilan ham tartibga solinadi. 
Bunday mahalliy hujjatlarga talabalar va o’qituvchilar uchun uslubiy ishlanmalar 
va tavsiyalar, Nizom va ko’rsatmalar kiradi.
Bizning fikrimizcha, amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish murakkab 
mashqlarni talab qiladigan mehnat vazifalarini bajarishdan iboratdir. Ularning 
aksariyati fanlararo ko’nikmalar hisoblanadi. Masalan, talaba tomonidan ishlab 
chiqarish amaliyoti davrida «Detallarni tayyorlash» bo’yicha tipik ishlab 
chiqarish vazifasini bajarish uchun barcha hisob-kitoblarni amalga oshirish, bir 
qismga tegishli bo’lgan texnologik jarayon tavsifini ishlab chiqishi zarur. Texnik 
ishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, har-bir talaba ish kitobida 
barcha zarur hisob-kitoblarni alohida va qat’iy ketma-ketlikda bajarishi kerak.
Ishlab chiqarish amaliyotining sub’ektiv komponenti ahamiyatini ta’kidlab, 
zamonaviy tadqiqotchilar «Kasbiy faoliyatning individual uslubi»ga ega 
bo’lgan «Ijodiy shaxs hisoblangan elitar mutaxassislar» tayyorlash uchun texnik 
mutaxassisliklarning takomillashgan ta’lim standartlari variantlarini taklif 
qilmoqdalar. Ushbu standartlar doirasida olimlar ta’lim muassasalari va ishlab 
chiqarish korxonalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning stiklli tizimini tuzib, 
unda ishlab chiqarish amaliyotiga ham o’rin ajratishgan. 
Tizim - ta’lim mazmuni; ishlab chiqarishda pedagogik texnologiyalar va 
ishlab chiqarish amaliyoti; mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash; ishlab 
chiqarish ehtiyojlari o’zaro bog’liq va rivojlanayotgan modullar sifatida taqdim 
etilgan. Aminmizki, bu modullar yig’indisi talabalar tomonidan ishlab chiqarish 
amaliyotini o’tashlari uchun maqbul sharoitlarni tanlash va ularning amaliy 
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun asos bo’la oladi.
Mashinasozlik 
sohasining 
yetakchi 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
mexanizmlaridan biri sifatida, texnika oliy ta’lim muassasalari samaradorligini 
oshirish bo’yicha chora-tadbirlarda o’z aksini topgan. Ta’lim muassasalari 
tarmog’ini maqbullashtirishdan ko’zlangan asosiy vazifalardan biri – ta’lim 
muassasasi bitiruvchilarini mehnat bozori talablariga raqobatbardosh etib 
tayyorlash hisoblanadi. Talabalarning raqobatbardosh bo’lishi uchun o’quv 
jarayonini iloji boricha ishlab chiqarish faoliyatiga yaqinlashtirish lozim. 
Shu munosabat bilan olimlar tomonidan kasbiy jihatdan ahamiyatli sifatlarni 
shakllantirish uchun tavsiya etilgan pedagogik shart-sharoitlar majmuini 
ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Ushbu tavsiyalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Amaliyotni o’tash uchun shart-sharoitlarning zamonaviy moddiy-texnik 
ta’minoti. Buning uchun amaliyot bazalarini puxta tanlash, shartnomalar tuzish, 
tadqiqot ob’ektlarini aniqlash va saralash, amaliyot rejasini ishlab chiqish va 
kadrlar bilan tanishish lozim.
Pedagogik kadrlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan ilmiy-uslubiy 
ishlar olib borish. Ilmiy-uslubiy ishlardan tashqari, o’qituvchilar va ishlab 
chiqarish ustalarining hududiy oliy o’quv yurtlarida tashkil etiladigan ilmiy-
amaliy anjumanlar, muammoli seminarlar, hamkorlar bilan uchrashuvlar, yuqori 
darajadagi mutaxassislarning hududiy va Respublika tanlovlarida ishtirokini 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Psixologik-pedagogik kuzatuvni tashkil etish. Bu sharoit nafaqat ishlab 



Download 0,75 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyoti jarayonida amaliy

Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish