Amaliyotni tashkil
etish shakllari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Korxonalarda
talabalarning
ommaviy tarkibda
kengaytirilgan ishlab
chiqarish brigadalari.
1. Talabalar etarli miqdorda
kuzatiladigan va bajarilgan
professional harakatlarga bog’liq
holda o’z kasbiy qobiliyat va
amaliy ko’nikmalarini mustahkam
shakllantiradilar.
2. Talabalar turli xil
murakkablikdagi har xil ishlab
chiqarish ishlarini mustaqil
ravishda bajarish imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
3. Talabalarda ishning bajarilishiga
nisbatan mas’uliyat oshadi.
4. Jamoada ta’lim olish uchun qulay
imkoniyatlar yaratiladi.
1. Talabalar korxona mehnat jamoasi
bilan etarlicha bog’liq emaslar.
2. Ta’lim ustasining ishi
murakkablashadi. U butun guruh
bilan ishlash imkoniyatiga ega emas
chunki, u ayni paytda ham o’quv,
ham ishlab chiqarish jarayonlarining
etakchisi hisoblanadi
3. Ta’lim berish funkstiyalari asosan
talabalar brigadasiga biriktirilgan
malakali ishchiga ishonib
topshiriladi.
Guruh tarkibida
malakali ishchilar
(mutaxassislar).
1. Talabalarning ishlab chiqarish
ta’limi jarayoni nisbatan oson
tashkil etiladi.
2. Talabalar korxonaning “Korxona
muhiti” ga to’liq qo’shiladilar,
mehnat jamoalarining ijtimoiy
hayotida faol qatnashadilar.
3. Talabalar tomonidan zamonaviy
texnika va texnologiyalardan
foydalanadilar. Mehnat texnikasi,
ishlab chiqarishning ilg’or va
innovastion usullarini amaliy
rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlar bor.
1. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada
korxonaning ishlab chiqarish
vazifalarini hal qilishga bo’ysunadi.
2. Ta’lim ustasining o’qituvchi va
tarbiyachi sifatidagi rahbarlik roli
pasayadi.
3. Talabalarni kasbga tayyorlash sifati
ko’p jihatdan malakali ishchi-
murabbiylarning vijdonan ishlashiga
bog’liq.
4. Talabalarning ishlab chiqarish
mustaqilligi va ishga nisbatan
mas’uliyati pasayadi
5. Ta’lim ustasining ishi talabalarni
ustaxonalarga va bo’limlarga
tarqalishi tufayli sezilarli darajada
murakkablashadi.
Talabalar individual
ravishda malakali
ishchilarga
(mutaxassislarga)
biriktiriladi
1. Ishlab chiqarish ta’limini tashkil
etish qulay.
2. Talabalar har doim kattalar
tomonidan nazorat qilinadi.
3. Talabalar tomonidan zamonaviy
texnika va texnologiyalarni, ishning
ilg’or usullarini samarali
o’zlashtirish imkoniyati bor.
1. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining
etakchi roli pasayadi.
2. Talabalarni o’qitish samaradorligi
ko’p jihatdan malakali ishchi-
murabbiyning vijdonliligi va
pedagogik mahoratiga bog’liq.
Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
95
http://interscience.uz
kelgusi mehnat faoliyatiga tayyorlash imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Amaliyot
davomida ular oliy ta’lim muassasasini bitirgach boradigan yangi jamoa a’zolari
ta’siri ostida bo’lishadi. Amaliyotchilar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar
qanday rivojlanishi, kelajakda bitiruvchilar jamoaga qanday qo’shilishi va
jamoa ularni qanday qabul qilishi talabalarning kelajakdagi butun hayot yo’lini
belgilaydi. Ishlab chiqarish amaliyotining samaradorligi - ko’p jihatdan uning
tashkil etilishi, yosh mehnat jamoasining texnikni tayyorlash jarayoniga qanday
ijobiy ta’sir ko’rsatishiga bog’liq.
Tadqiqotning nazariy bazasini tahlil qilish asosida va ishlab chiqarish
ta’limi o’qituvchilari va ustalarining amaliy tajribasini umumlashtirish
natijalarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning amaliy
ko’nikmalarini rivojlantirish omilidir, degan xulosaga keldik. Bu esa “Ishlab
chiqarish amaliyoti” tushunchasini aniqlashtirishga sabab bo’ldi.
Bizning fikrimizcha, amaliyot jarayoni talabalarning amaliy ko’nikmalarini
rivojlantirish omili hisoblanib, muayyan mazmunli (talabalarning muvaffaqiyatli
va mustaqil ishlab chiqarish faoliyati tajribasini tashkil qilishni tasniflanishini
rivojlantirishga ko’maklovchi pedagogik va ishlab chiqarish sharoitlari
majmui) va tarkibiy (bilim, motivastion yaxlit, munosabatlar faoliyati) bilan
xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti shaxs, jamiyat va ishlab chiqarish tomonidan talab
qilinadigan texnik-mutaxassislarning etuk amaliy ko’nikmalari rivojlanganlik
darajasiga erishishning prostessual jihatini belgilaydi.
Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari amaliyot o’tadigan ishlab
chiqarish korxonalari bilan birgalikda malakali mutaxassislarni tayyorlash
borasidagi murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilmoqdalar.
Ishlab chiqarish amaliyotidan oldin juda ko’p tayyorgarlik ishlarini bajarish
talab etiladi. Jumladan, korxonalar bilan shartnomalar tuzish, ish o’rinlari
tanlash, murabbiylar bilan ishlarni rasmiylashtirish lozim. Ishlab chiqarish
amaliyoti rahbarlari talabalarning korxonada amaliyot o’tashlarini nazorat
qilishga katta mas’uliyat bilan yondoshishlari lozim. Amaliyotni tashkil etish
va o’tkazish borasidagi yutuq va kamchiliklarni o’z ko’zlari bilan ko’rishi shart.
Amaliyotchilar erkinligini ta’minlab korxonadagi mehnat sharoitiga moslashishi
bilan tanishish uchun har bir talaba bilan individual ishlashlari lozim.
Ishlab chiqarish amaliyotida talabalar o’zlarini korxonaga dahldor
sezishlari, shu bilan birga, berilgan vazifalarni mustaqil bajarishlari, bir necha
operastiyalarni o’zlashtirishi va ko’plab turdagi asbob-uskunalar bilan ishlashni
o’rganishlari lozim. Har bir amaliyotchi nimalarga qodirligini, nimalarni
o’rganganligini namoyon qilishi uchun sharoit yaratish kerak. Professional
jihatdan tayyorlangan bitiruvchilar amalda o’zlarini yaxshi ko’rsata olsalar,
tezda ishga taklif etiladi. Agarda, ular o’qish va ishni birga olib borsalar,
amaliy ko’nikmalarni shakllanishi ancha samarali bo’ladi. Bu esa, o’z o’rnida,
bitiruvchilarga bilimlarni o’zlashtirishga mas’uliyat bilan yondoshish, yangi
amaliy ko’nikmalarni egallash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish amaliyoti umumiy o’quv davrning asosiy qismini tashkil
etadi va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi bo’lib, uni tashkil etish sifati,
asosan, bitiruvchining ishlab chiqarishga kelgandan keyin to’laqonli xodim
|