Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................... 192
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
KIRISH
Insoniyat o„z rivojining yangi bosqichiga qadam qo„ydi. Yangi
ming yillikning boshlanishi bilan industrial jamiyatdan axborot
jamiyatiga o„tish boshlandi. Bu o„tishni ta‟minlovchi jarayon
axborotlashtirish nomini oldi. Axborotlashtirish – mehnat sifatini,
yashash sharoitlarini tubdan o„zgartirish uchun yetarli bo„lgan va
jamiyatning barcha a‟zolarini axborot bilan ta‟minlash darajasini
qo„llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish,
rivojlantirish va umumqo„llash jarayonidir. Axborotlashtirishning
zarurati axborotning roli va qiymatining keskin o„sishi bilan izohlanadi.
Axborot jamiyati axborotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va
jamlash bo„yicha inson faoliyatini o„z ichiga olgan yuqori darajada
rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi.
Informatika ilmiy yo„nalish sifatida turli darajadagi mutaxassislarni
tayyorlashda bir qator umumkasbiy va maxsus fanlar uchun asos bo„lib
hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material
manbaga nisbatan yetakchi bo„lib bormoqda. Axborot manbalari tijorat
tavsifiga ega bo„lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda.
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq
qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun
ham tayyorgarlikni talab qiladi.
Bunda barcha o„rganuvchilar uchun quyidagilar zarur:
Axborot jarayonlari, tarkibi, modellari, negiz va amaliy axborot
texnologiya vositalari va usullarini loyihalash va yaratish.
Axborot texnologiyalari negizida tizimni boshqarish usullarini
bilish.
Turli fan sohalarida funksional masalalarni yechishda, hamda
axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashda axborot
texnologiyalarini qo„llashni bilish.
Axborot tizimlarining qo„llanilish sohalari va axborot jamiyatiga
o„tish sharoitida uning kelajagi haqida tushunchaga ega bo„lish.
Axborot tizimlarini yaratish sohasidagi bilimlar axborot
madaniyatini shakllantirishda boshqa yo„nalishlardagi mutaxassislar
uchun ham zarurdir. Bunday bilim informatika sohasida malakali
mutaxassislar mavjud bo„lgandagina shakllanishi mumkin. Bunday
mutaxassislarga bo„lgan talab O„zbekistonda ham, chet ellarda ham ortib
bormoqda.
Jamiyat tomonidan axborot texnologiyalarini o„zlashtirish har bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
inson yashash sharoitining yaxshilanishini ta‟minlashi lozim. Axborot
jamiyati
insoniyat
rivojining
navbatdagi
bosqichidir.
Bunda
insoniyatning yashash muhiti axborot texnologiyalariga tayanadi.
Hozirgi yoshlarga yangi asrda o„qishga va ishlashga to„g„ri keladi.
XXI asr oxirida insoniyat jamiyatining rivojlanish manbai deb tan
olingan axborotsiz hech qanday ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Bugungi
kunda insoniyat axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga
erishdi. Bu kompyuterlar va kompyuter tizimlari, lokal va global
tarmoqlar, Internet xalqaro tarmog„i, multimedia texnologiyasi va
boshqalardir. Informatika inson faoliyatining barcha sohalariga kirib
bordi. Oxirgi yillarda axborot keng talab qilinadigan va qimmat
mahsulotga aylandi, «axborot xizmati» tushunchasi insoniyat
faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan butun bir ishlab chiqarishni
aniqladi.
Mutaxassis-muhandis, huquqshunos, jurnalist, psixolog axborot
oqimini qiyinchilik bilan boshqarmoqda. Mutaxassis yetarli darajada o„z
vazifalarini bajarishi uchun axborotga ishlov berishda qo„llaniladigan
anjom va usullar zarur. Xuddi shu masala axborotga ishlov berish bilan
bog„liq sohada ham ko„zga tashlanmoqda: nazariy jihatdan inson har
qanday axborotni kompyutersiz qayta ishlashi mumkin, ammo
informatikada mavjud bo„lgan bilim va ko„nikmalarga ega bo„lsa, buni
samaraliroq bajaradi.
Axborot tizimi oliy o„quv yurtlarining negiz predmetlaridan biri
sifatida axborot madaniyatini o„zlashtirish va axborot muhitida ma‟lum
bir darajada dunyoqarashning shakllanishi uchun xizmat qiladi. Ya‟ni,
axborotni olish, ishlov berish va uzatish uchun kompyuter axborot
tizimlari va unga mos texnik va dasturiy vositalardan foydalanib,
axborot bilan maqsadga yo„naltirilgan holda ishlay olish.
Ushbu o„quv qo„llanma Informatika fanining qismlaridan biri
bo„lgan «Axborot tizimlari» fanidan nazariy bilimlarni kengaytirishda
talabalarga yaqindan yordam beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|