Kirish
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli
axborotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlashda muhim o‘rin tutmoqda.
Jamiyatning barcha sohalarida ma’lumotlar bilan ishlashni avtomatlashtirish
bugungi kun talabi hisoblanadi. Shuning uchun ham MB bilan muloqot
qilish axborot almashinuv texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan
biriga aylanib borishi tabiiy jarayon hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarning taraqqiyoti va axborot oqimlarining tobora
ortib borishi insoniyatni ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash
choralarining yangi uslublarini qidirib topishga majbur qilmoqda.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish,
so‘ngra undan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biriga aylandi.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada ma’lumotlar bazasini loyihalash, SQL tili
asoslari, bitta va bir nechta jadvallarga so‘rovlar yaratish, SQLning agregat
funksiyalari bilan ishlash, SQLda ostki so‘rovlar yaratish, ko‘rinishlar bilan
ishlash, ORACLE ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan ishlash
asoslari, PL/SQL tili asoslari, PL/SQL da anonim bloklar yaratish, PL/SQL
tilida saqlanuvchi protsedura va funksiyalar bilan ishlash, paketlar hamda
triggerlar yaratish, ORACLE MBBT da ilovalar yaratish mavzulari
yoritilgan.
Har bir laboratoriya ishi topshiriqlar, nazariy ma’lumotlar hamda
nazorat savollaridan tashkil topgan.
Ushbu uslubiy qo‘llanma talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan
nazariy bilimlarini hamda laboratoriya mashg‘ulotlari topshiriqlarni bajarish
orqali o‘z bilimlarini oshirib borishlariga yordam beradi.
1-LABORATORIYA ISHI
Ma’lumotlar bazasini loyihalash
|