ER (entity relation) modeli –




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/62
Sana03.02.2024
Hajmi1,78 Mb.
#150970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Методичка Маълумотлар ва билимлар банки 2

ER (entity relation) modeli – Ma’lumotlar bazasini loyihalashda har 
xil sеmantik modеllar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan 
biriga ER modеli dеyiladi. Bu modеl ingilizcha “Entity–relatsion”dеyilib, 
ma’nosi “Mohiyat–bog‘lanish” dеmakdir. 
Relyatsion ma’lumotlar bazasi mohiyatlari o‘rtasida quyidagi 
bog‘lanishlar mavjud:
 Agar A mohiyatning bir nusxasi B mohiyatning faqat bir nusxasiga 
mos kelsa, bu bog‘lanish birga – bir bog‘lanish deyiladi (1:1); 
Masalan, kafedra va kafedra mudiri mohiyatini olaylik. Bunda har 
kafedrada faqat bittadan kafedra mudiri faoliyat yuritadi; 
 Agar A mohiyatning bir nusxasi B mohiyatning bittadan ko‘p 
nusxasiga mos kelsa, hamda B mohiyatning bir nusxasi A mohiyatning faqat 
bir nusxasiga mos kelsa, birga – ko‘p bog‘lanish deyiladi (1:M); 
Masalan, guruh va talaba mohiyati. Bir guruhda bir nechata talaba 
o‘qiydi. Shuningdek hech bir talaba bir vaqtda bir nechta guruhda 
o‘qimaydi; 


 Agar A mohiyatning bir nusxasi B mohiyatning bittadan ko‘p 
nusxasiga mos kelsa, hamda B mohiyatning bir nusxasi A mohiyatning 
bittadan ko‘p nusxasiga mos kelsa, ko‘pga – ko‘p bog‘lanish deyiladi (N:M); 
Masalan, talaba hamda fan mohiyatini olaylik. Har bir talaba o‘quv yili 
davomida bir qancha fanlarni o‘qiydi. Shuningdek, har bir fanni bir qancha 
talabalar o‘qiydi; 
Relyatsion ma’lumotlar bazasida mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘anishni 
ifodalash quyidagi turlarda bo‘ladi: 
 sterjenli; 
 assotsiativ; 
 tavsifiy; 
 belgilash. 
Sterjenli mohiyat (Sterjen) – bu mustaqil mohiyat hisoblanadi. 
Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pga–ko‘p”(“birga–ko‘p” 
va hokazo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar, ya’ni ikki yoki undan ortiq 
mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi bog‘lanishlardir: 
 ular boshqa assotsiatsiyalarda ham qatnashishi mumkin va sterjenli 
mohiyat kabi belgilanishlarda ham qatnasha oladi; 
 ular o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat 
aloqani ko‘rsatishda kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib 
qolmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istalgancha boshqa atributlar soniga 
ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Nikoh” quyidagi kalit atributlarni o‘z ichiga 
oladi: “Kod_E”, “Kod_A” va “Erkak tabel raqami”, “Ayol tabel raqami”, 
shuningdek aniqlovchi atributlar – “Guvohlik raqami”, “Qaydnoma 
muddati”, “Qaydnoma manzili”, “Nikoh uyi kitobidagi qaydnoma raqami” 
va hokazo. 
Tavsifiy mohiyat (Xarakteristika) bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga–
bir” yoki “birga–bir” bog‘lanish turi (Assosatsiya’ning xususiy holi). 
Tavsifiy mohiyatning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash 
yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tug‘ilishining sababi haqiqiy 
dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega. Kitob bir necha 
qayta tahrir tavsifiga (to‘g‘rilangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega 
bo‘lishi mumkin va hokazo. 
Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash – bu ikki mohiyat orasidagi 
“ko‘pga–bir” yoki “birga–bir” bog‘lanish turidir va u tavsifnomadan 
belgilangan mohiyatga bog‘liq emasigi bilan farq qiladi. 
Misol: 
“Ovqatlanish” ma’lumotlar bazasi infologik hamda ER modelini 
yarating. MB taomlar, mahsulotlar, mahsulot yetkazib beruvchilar haqidagi 
ma’lumotlarni saqlasin; 


MB bazasi mohiyatlarining tahlili natijasida quyidagilar aniqlanadi: 
 Taomlar, mahsulotlar, shaharlar (sterjenlar);(стержень) 
 Taomlar hamda mahsulotlarni bog‘lovchi assotsiatsiyalar, hamda 
mahsulot 
yetkazib 
beruvchilar 
bilan 
mahsulot 
assotsiatsiyalari; 
(ассоциация) 
 Mahsulot yetkazib beruvchilar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar 
uchun belgilanish (обозначение); 
 Taom retseptlari va xarajatlar tavsiflari (характеристика). 

Download 1,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish