• HISOBOTI Mavzu: “PAXTANI QAYTA ISHLASH ZAVODLARIDAGI KICHIK HAJMLI BINOLARDAN CHIQADIGAN HAVONI CHANGDAN TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH” ILMIY RAHBAR
  • Kafedra mudiri
  • Ilmiy rahbar
  • Magistratura talabasi
  • Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji




    Download 20.39 Mb.
    Sana27.04.2023
    Hajmi20.39 Mb.
    #54197
    Bog'liq
    hisobot magistr amaliyot
    I O M va loyiha mustaqil ish 5, Tarmoq MT4, nazorat savollari, qlK18lMUltiUwG7WFNyKd1OFho8Zh2tSZ89TgkEW, Aqlli shahar transporti, МАКТАБ, 6, 1115942.pptx, Bayonnoma0, 7,8 mavzu, MUHAMMAD python, muqova, Tarbiya metodlari, esse

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI


    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
    MAGISTRATURA BO’LIMINING
    70730401 – “MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI, QURILISHI VA MONTAJI” (ISSIQLIK –GAZ TA’MINOTI, VENTILYATSIYA , HAVONI MO’TADILLASH VA HAVO HAVZASINI MUHOFAZA QILISH) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI BO’YICHA
    BAJARGAN ILMIY-USLUBIY, ILMIY TADQIQOT ISHLARI VA DISSERTATSIYASI BAJARILISH HOLATI BO'YICHA
    XURRAMOV SHOXRUXBEK DILSHOD O’G’LINING
    HISOBOTI
    Mavzu: “PAXTANI QAYTA ISHLASH ZAVODLARIDAGI KICHIK HAJMLI BINOLARDAN CHIQADIGAN HAVONI CHANGDAN TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH”


    ILMIY RAHBAR: t.f.d., professor BOBOYEV S.M.
    Samarqand- 2023 yil.


    Kafedra mudiri:

    t.f.d.,prof. S.M.Boboyev

    _________________
    (imzo)




    Ilmiy rahbar:

    t.f.d.,prof. S.M.Boboyev



    ________________


    (imzo)




    Magistratura talabasi:


    Sh.D.Xurramov



    ____________
    (imzo)



    KIRISH

    Hozirda jahonning rivojlangan davlatlari sanoat ishlab chiqarish amaliyotida fan va texnikaning innovatsion texnologiyalari va uslublarini ishlab chiqishga katta e’tibor berilmoqda. Shu jihatdan, jumladan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida zararli chiqindilarni tozalash tizimlarini yangi turdagi uskunalarda loyihalashni takomillashtirish, energiya tejamkor texnologiyalarni samarali qo’llash va bu orqali sanoat korxonalari hududida atmosferaga tashlanadigan chiqindilarni kamaytirishni ta’minlash masalalari yetakchi o’rinni egallaydi. Bu borada, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ma’lum yutuqlarga erishilgan bo’lib, sanoatda changli havoni tozalash uskunalarini loyihalashda takomillashtirilgan yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish va muhandislik hisoblash usullarini ilmiy asoslash, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning energiya va resurs tejamkorligini ta’minlash va tozalash samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


    Jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlarida aspirasiya tizimlari va chang tozalash uskunalarini loyihalash, ularning hisoblash usullarini takomillashtirish, samaradorligini oshirishga keng e’tibor qaratilmoqda. Havoni changdan tozalash jarayonida, quruq chang tutgichlar uchun istiqbolli, yuqori samarali filtrlar konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish va yaxshi o’tkazuvchanlik, bosimning keskin o’zgarishlariga qarshi tura oladigan yuqori tozalash xossalarini, kuch va issiqlik qarshiligiga chidamliligini yaxshilash maqsadida loyihalash hamda muhandislik hisoblash usullarini ilmiy asoslash va takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
    Hozirgi kunda yer aholisi o‘tgan asming boshidan to yangi asrning shu kunigacha bir necha barobar o‘sdi. Bu esa o‘z yo'lida ularni hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta’minlash uchun mamlakatlarda ko'plab zavod-fabrikalarning qurilishiga, yo'llarning solinishiga, uylarning barpo etilishiga, avtotransportlarni ko‘payishiga va shu kabi ko‘plab tadbirlarni amalga oshirilishga olib keldi. Oqibatda tabiat ayovsiz ishlatildi va ishlatilmoqda va uning o‘zi turli chiqindilar bilan to'lib toshmoqda. Agar ahvol shu darajada davom etaversa, yaqin kelajakda insoniyatning yer yuzida yashashi xavf ostida qoladi. Chunki, insoni-yatning yashash faoliyati darajasi ko‘tarilib borishi, ishlab chiqarish ko‘lami kengayib borishiga, bu esa mahsulotlar turi ko‘payishiga va ko‘plab ishlatilishiga olib kelmoqda, natijada atrof-muhitda chiqindilarning miqdorini ham oshib borishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun, har bir korxona sanoat tarmog‘ining qaysi sinfiga mansub ekanligidan qat’i nazar o‘zidan va maishiy turmushda ajralayotgan chiqindilarning to‘liq zararsizlantirilishiga,
    tozalanishiga va qayta ishlanishiga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Buning uchun har bir ishlab turgan korxona o‘zidan ajralib chiqayotgan chiqindilarni — gazlarni, oqova suvlarni va qattiq chiqindi moddalarni zararsizlantirishi hamda mavjud texnologiyalarni rivojlantirib, zamonaviylashtirib, ishlab chiqarishda ajralayotgan barcha turdagi chiqindilarni zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlash uchun maxsus kerakli inshootlami va uskunalami o'rnatishlari lozim.
    Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan taklif qilingin 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ko’rsatilgan Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida “insonlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash” ga oid chora-tadbirlarni o’z vaqtida so’zsiz amalga oshirish muhim masalalardan hisoblanadi.
    Sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan har xil ifloslantiruvchi moddalar va havoni changlardan samarali tozalash mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim vazifalardan biridir. Faqatgina qurilish sohasi korxonalari tomonidan har yili atmosfera havosiga 2,4 million tonna chang tashlanadi. Atmosfera havosini ifloslantirishda mahalliy sanoat korxonalarining ulushi ham anchaginadir. Shuning uchun atmosfera havosini chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalardan muhofaza qilish, bu borada changlarni yuqori darajada tutib qoluvchi yangi texnologiyalar qo’llash muhimdir.
    2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «...qurilish, yo’l-transport, muhandislik kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizasiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlar amalga oshirish...»1 kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarish, jumladan mayda o’lchamdagi changlarni tutib qoluvchi energiya va resurs tejamkor chang tutgich uskunasini ishlab chiqarishda foydalanib, paxta sanoatidagi chang tozalash tizimlarini samaradorligini oshirish va havo oqimidagi qattiq chiqindilarni kamaytirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni va 2015 yil 4 martdagi PQ-4707-son «2015-2019 yillar uchun tarkibiy islohotlar, modernizasiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikasiya qilishga doir chora-tadbirlari dasturi to’g’risida»gi Qarori, 2020 yil 6 martdagi PQ-4633-son «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Qarori, 2020 yil 14 yanvardagi 21-son «Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizasiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori, 2018 yil 25 noyabrdagi 53-son «Paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu monografiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
    Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti magistratura bo’limining 70730401 – “ Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji ” (Issiqlik –gaz ta’minoti, ventilyatsiya , havoni mo’tadillash va havo havzasini muhofaza qilish) magistratura mutaxassisligi bo’yicha bajargan ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari va dissertatsiyasi bajarilish holati bo'yicha Xurramov Shoxruxbek Dilshod o’g’lining “paxtani qayta ishlash zavodlaridagi kichik hajmli binolardan chiqadigan havoni changdan tozalash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy rahbarim t.f.d., professor Boboyev S.M.. SamDAQU rektori Ch. Dj. Turkyilmazning _______-yildagi __________-sonli buyrug’i hamda “SHOXRUXJON SERVIS” xususiy korxonasining direktori Fayzilov R.M. ning __________yil. №________ buyrug’i asosida “Samarqand shaxridagi “ Motrid – Agrotexservis” agrofirmasi hududidada 330 o’rinli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazining viloyat filiali” qurilishga yuborildim.

    Amaliyotning maqsadi, vazifasi va predmeti bilan tanishish. Amaliyot paytidagi texnika xavfsizligi bilan tanishtirish


    Tadqiqotning obyekti sifatida O’zbekiston sharoitida paxtani qayta ishlash korxonasining aspirasiya tizimlari va havoni changdan tozalovchi chang tutgich uskunalari olingan.
    Tadqiqotning predmetini paxtani qayta ishlash korxonasida mavjud va yaratilgan chang tutgich uskunalarining ish rejimi va havodagi chang miqdorining o’zgarish darajasi tashkil etadi.
    T adqiqotning maqsadi va vazifalari. Paxta mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladigan chang zarrachalarining parametrlarini aniqlash, energotejamkor chang tutgich uskunasining konstruktiv yechimini ishlab chiqishdan iborat.
    Buyruqda ko’rsatilgan amaliyot o’tkaziladigan korxonalar ro’yxati bilantanishish Amaliyotga yo’llanma, kundalik va ilmiy amaliyoti dasturi bilan tanishtirish


    Amaliyot o’tkaziladigan korxonaga tashrif buyurish. Amaliyot o’tkaziladigan korxonadan berkitilgan rahbar, korxona ichki tartibi, mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi bilan tanishish.

    Amaliyot o’tkaziladigan korxonaning ishlash tizimi, korxonada bajarilayotgan amaliy ishlar bilan tanishish.




    Amaliyot o’tkaziladigan korxona (“Shoxruxjon servis” xususiy korxonasi) bilan tanishish




    Amaliyot o’tkaziladigan korxonada bajariladigan loyihalar tarkibi bilan tanishish.

    Amaliyot o’tkaziladigan korxonada bajariladigan loyihalar tarkibi bilan tanishish



    Amaliyot o’tkaziladigan korxonada bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari tarkibi bilan tanishish


    Amaliyot o’tkaziladigan korxonada bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari tarkibi bilan tanishish
    Amaliyot o’tkaziladigan korxonada dissertasiya mavzusiga yaqin mavzudagi bajarilgan dissertasiya bilan to’lig’incha tanishish va loyihani tahlil qilish

    Dissertasiyani bajarishda variantlarni tahlil qilish, loyihaning texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari (“Shoxruxjon servis” xususiy korxonasi)



    Dissertasiyani bajarishda variantlarni tahlil qilish, loyihaning texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari ((“Shoxruxjon servis” xususiy korxonasi )


    Dissertasiya bajarishda atrof – muhit muhofazasi bo’yicha bajarilgan tadbirlarni tahlil qilish (“Shoxruxjon servis” xususiy korxonasi )
    Dissertasiya qilinayotgan obyekt quriladigan joyning geografik, geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitini urganish bo’yicha materiallar bilan tanishish (“Shoxruxjon servis” xususiy korxonasi )
    Bajarilgan dissertasiyani rasmiylashtirish tartibi (“Shoxruxjon servis” hususiy korxonasi )
    Amaliyot o’tkaziladigan korxona (“Shoxruxjon servis” xususiy korxonasi ) da dissertatsiyaga oid materiallar bilan ishlash
    Amaliyot hisobotin ikorxonadan biriktirilgan rahbarga himoya qilish
    Amaliyot hisobotini universitetdan biriktirilgan rahbarga himoya qilish
    Amaliyot hisobotini kafedraga



    Download 20.39 Mb.




    Download 20.39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji

    Download 20.39 Mb.