• III.Darsnining maqsadi
  • IY.Darsning ta’minoti. Y.Darsning borishi
  • Innovasion jarayon
  • Qishloq xo‘jaligidagi innovasion jarayon
  • Qishloq xo‘jaligi rivojlanishining innovasion yo‘li uchta o‘zaro bog‘liq yo‘nalishga ega
  • 1-Topshiriq . Yangi agrotexnologiyani joriy etish bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanuvchi foydaning o‘simini aniqlang.
  • Mavzu: qishloq xo‘jaligida innovasiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi. II. Reja




    Download 60.37 Kb.
    bet1/3
    Sana20.04.2023
    Hajmi60.37 Kb.
    #52845
      1   2   3
    Bog'liq
    Q X INNOVASIYАLAR VA ULARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGI
    172 12.04.2022 (1), 7-Mavzu Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga , Fanning tavsifi va tasnifi.

    Mavzu: QIShLOQ XO‘JALIGIDA INNOVASIYaLAR VA ULARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGI.
    II.Reja.
    1.Innovasiya tushunchasi va turlari. Qishloq xo‘jaligida innovasion faoliyat. 2.Innovasiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida. Innovasiyalar va innovasion jarayon bosqichlari.
    3.Innovasiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi.
    4.Innovasiyalar transfertida axborot-maslaxat xizmatlarini roli.
    III.Darsnining maqsadi: Talabalarda innovasiya tushunchasi va turlari, qishloq xo‘jaligida innovasion faoliyat, innovasiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida, innovasiyalar va innovasion jarayon bosqichlari, innovasiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi, innovasiyalar transfertida axborot-maslaxat xizmatlarini roli ularni aniqlash tartibi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
    IY.Darsning ta’minoti. Y.Darsning borishi: -O‘tgan mashg‘ulotni so‘rash.-Yangi mashgulotni tushuntirish. -Talabalarni mustaqil ishlashi uchun topshiriq.
    Xalqaro standartlarga muvofiq innovasiya - bu ijodiy faoliyatning pirovard natijasi bo‘lib, u amaliy faoliyatda qo‘llaniladigan yangi yoki takomillashgan mahsulot, texnologik jarayon ko‘rinishida o‘z ifodasini topgan. Innovasiya - boshqaruv obyektini o‘zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa samara turlarini olish maqsadida yangilikni joriy qilish natijasidir. Innovasion jarayon - juda ham keng tushuncha bo‘lib, uni turli nuqtai nazardan turlicha talqin qilish mumkin. Birinchidan, bu ilmiy-tadqiqot, innovasion, ishlab chiqarish faoliyati va marketingni parallel - ketma-ket amalga oshirilishidir. Ikkinchidan, uni yangilik hayotiy siklining vaqtinchalik bosqichlari sifatida ko‘rish mumkin. Uchinchidan, mahsulot yoki xizmatlar yangi turini ishlab chiqish va tarqatishni moliyalashtirish va investisiyalash jarayonidir. Bunda u innovasion loyiha sifatida o‘zini namoyon etadi. Qishloq xo‘jaligidagi innovasion jarayon - bu yangi yoki yaxshilangan qishloq xo‘jalik mahsulotini va uni qayta ishlash mahsulotlarini, yangi yoki takomillashgan ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish maqsadida, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amaga oshirish, innovasiyalarni yaratish va ularni bevosita ishlab chiqarishda o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq elementlar (bosqichlar, pog‘onalar, tadbirlar) biror qonuniyatga asoslangan va ketma-ket almashinuvchi tizimidir. Qishloq xo‘jaligidagi innovasion jarayon - bu ilmiy ishlanmalarga asoslangan muayyan seleksion, agrokimyoviy, texnik va texnologik g‘oyalarni yangi navlarga, gibridlarga, qoramol zotlariga, kimyoviy yoki biologik preparatlarga, texnologiyalar va uning ayrim tarkibiy qismlariga aylantirish va ularni bevosita ishlab chiqarishda qo‘llashning yagona va uzluksiz oqimidir. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishining innovasion yo‘li uchta o‘zaro bog‘liq yo‘nalishga ega: inson omiliga innovasiyalar, ta’lim sohasi hamda, yangiliklarni ishlab chiquvchi fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar tashkilotlarining ustuvor rivojlanishida, innovasiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bankining, hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatadigan, axborot-maslahat xizmati yaratilishidagina mumkin; biologik omilga innovasiyalar, tuproq unumdorligi oshishini, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va qoramol mahsuldorligi o‘sishini ta’minlovchi yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan biologik omilga innovasiyalarning alohida roli, iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda, qishloq xo‘jaligi rivojlanishi innovasion yo‘lining o‘ziga xosligini aks ettiradi;
    1-Topshiriq. Yangi agrotexnologiyani joriy etish bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanuvchi foydaning o‘simini aniqlang. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkchilari qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirshda yangi agrotexnologiyalarni qo‘llashning foydaliligi haqida dalolat bermoqda. Undan foydalanish jarayonida to‘rt marta hosil (paxta, bug‘doy, mosh, javdar) olingan. An’anaviy texnologiyada bir sikl mobaynida ikki marta hosil (paxta, bug‘doy) olingan. Texnologiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish tannarxi va daromad hisoblab chiqilgan. Yangi agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanuvchi “foydaning o‘simi” quyidagicha aniqlanadi:,

    Download 60.37 Kb.
      1   2   3




    Download 60.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: qishloq xo‘jaligida innovasiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi. II. Reja

    Download 60.37 Kb.