• Mehnat unumdorligi
  • Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi
  • Agrobiznesda mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati




    Download 1,21 Mb.
    bet1/2
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #145217
      1   2
    Bog'liq
    O\'rmonova Yoqutoy kurs ishi


    Farg’ona davlat universiteti
    Agrar qo’shma fakulteti
    dorivor o’simliklarni yetishtirish
    va qayta ishlash
    texnologiyasi yo’nalishi
    21.61-guruh talabasi O’rmonova Yoqutoy Taqdimoti
    AGROBIZNESDA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI:
    Reja:
    • Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari.
    • Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari.
    • Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.

    Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar.Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi.
    Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
    Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkinchi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon ta’siri kiradi. “Unumdorlik” tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
    SHu sababli, qator iqtisodchi olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Download 1,21 Mb.
      1   2




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agrobiznesda mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati

    Download 1,21 Mb.