Mavzu: qishloq xo‘jaligida innovasiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi. II. Reja




Download 60.37 Kb.
bet2/3
Sana20.04.2023
Hajmi60.37 Kb.
#52845
1   2   3
Bog'liq
Q X INNOVASIYАLAR VA ULARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGI
172 12.04.2022 (1), 7-Mavzu Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga , Fanning tavsifi va tasnifi.
Fo‘ = Fya-Fa bunda: Fo‘ – foydaning o‘simi, so‘m; Fa – an’anaviy texnologiya bo‘yicha foydaning miqdori, so‘m;
Fya - yangi texnologiya bo‘yicha foydaning miqdori, so‘m.
1-jadval
Fermer xo‘jaligida bug‘doy yetishtirish texnologiyasini iqtisodiy baholash ko‘rsatkichlari






Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

An’anaviy

Yangi agrotexnologiya

Paxta

Bug‘doy

paxta

Bug‘doy

Mosh

Javdar

1

Hosildorlik

s/ga

28,7

48,5

37,0

60,0

8

35,0

2

Ishlab chiqarish hajmi

T

2,9

4,9

3,7

6,0

0,8

3,5

Ishlab chiqarish xarajatlari

3

Ish xaki




1172920

400000,0

1172920,0

400000,0

500000,0

300000

4

Urug‘lik

Sum

62577,0

242242,0

62577,0

242242,0

60000,0

220000,0

5

Mineral va organik
o‘g‘itlar

Sum

636972,0

601972,0

625477,0

601972,0

0,0

159990,0

6

O‘simliqlarni himoya
kilish vositalari

Sum

130000,0

97140,0

130000,0

97140,0

16500,0

0,0

7

Ekspluatasiya xarajatlari

Sum

491000,0

345000,0

491000,0

345000,0

101000,0

270000,0

8

YoMM xarajatlari

Sum

476100,0

201020,0

476100,0

201020,0

154100,0

63250,0

9

Boshqa xarajatlar

Sum

9820,0

6900,0

9820,0

6900,0

2020,0

5400,0

10

Jami xarajatlar

Sum

2979389,0

1894274,0

2967894,0

1894274,0

833620,0

1018640,0

11

Mahsulot tannarxi

Sum

1038114,6

390572,0

802133,5

315712,3

1042025,0

291040,0

12

Realizasiya narxi

Sum/t

1060399,0

447260,0

1060399,0

447260,0

3000000,0

450000,0

13

Daromad

Sum

3043345,1

2169211,0

3923476,3

2683560,0

2400000,0

1575000,0

14

Foyda

Sum

1060399,0

447260,0

1060399,0

447260,0

3000000,0

450000,0

15

Iqtisodiy samara

Sum

3043345,1

16

Rentabellik

%

1060399,0

447260,0

1060399,0

447260,0

3000000,0

450000,0



2-Topshiriq. Lalmi yerlarda innovasion texnologiyalar va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Tuproqga ishlov bermasdan (nollik) texnologiyasini iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Yerlarning degradasiyasini asosiy sabablari: degradasiyaning asosiy omillari – yerga intensiv ekin ekish, yerlarning meliorativ holatini o‘zgarishi, almashlab ekishga rioya qilmaslik.
Tuproq muhofazalovchi texnologiyasini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirilgandatuproqqa ishlov berishni ancha kamayadi, almashlab ekishga, mulchalashga amal qilinadi, tuproq ustki qatlami himoyalanadi hamda mineral o‘g‘itlarni me’yori kamayadi, organik va organomineral o‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga tuproqning sifat ko‘rsatkichlari ancha yaxshilanadi.Ushbu texnologiyaning asosiy texnik funksiyalari: tuproqga ishlov berish sonini ancha qisqartiradi, tuproqning ustki qatlamini himoyalash-mulchalash va almashlab ekishga rioya qilish degradasiyaga uchragan yerlarni qayta tiklaydi. Lalmikor dehqonchilikda ushbu texnologiyani qo‘llash orqali kuzgi bug‘doy va dukkakli ekinlar yetishtiriladi.
Saqlovchi choralar: Ushbu texnologiya suv, tuproq va energetik resurslarni muhofaza qiladi.
Texnologiyani aniqlanishi: resurs tejamkor texnologiya-yonilg‘i-energetik resurslarni kamaytirishga yo‘naltirilgan; texnologiya tuproq unumdorligini yaxshilash imkonini beradi (gumusni, tuproq mikroorganizmlarini, yomg‘ir chuvalchanglarini ko‘paytiradi, sho‘rlanishni
kamaytiradi). Taklif etilayotgan texnologiya fermer xo‘jaliklari daromadlarini ko‘paytirish va qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Anvar Jabborov” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra kuzgi bug‘doyni yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalari (nollik)ni joriy etishdan olingan amaldagi iqtisodiy samara aniqlangan. Samaradorlikni hisoblash uchun birlamchi hisob hujjatlari va me’yoriy-texnologik xarita ma’lumotlaridan foydalanilgan.Taqqoslash uchun baza sifatida donli ekinlarni o‘stirishning haydashga asoslangan an’anaviy texnologiyasi tanlab olindi. Nollik texnologiyada donli ekinlarning urug‘lari ishlov berilmagan yoki salgina (ekishning chuqurligi darajasida) yumshatilgan tuproqqa maxsus seyalka yordamida ekildi. Bu kombinasiyalashgan agregatlarni qo‘llash texnologik operasiyalarning uyg‘unlashtirilishi tufayli tuproqqa o‘tkaziladigan mexanik ta’sirni va uning zichlashuvini kamaytiradi. Bunda donli ekinlarni yetishtirishdagi energetik, moddiy, mehnat xarajatlari qisqaradi.
2-jadval
1 gektar yer maydonida kuzgi bug‘doy yetishtirish texnologiyalarini iqtisodiy baholash ko‘rsatkichlari

t/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Texnologiyalar

an’anaviy

nollik

1

Hosildorlik

s/ga

10.0

15.0

2

Ishlab chiqarish hajmi

t

1.0

1.5




Ishlab chiqarish xarajatlari

3

Mehnat xarajatlari




140000.0

140000.0

4

Urug‘

so‘m

110110.0

110110.0

5

Mineral o‘g‘tilar

so‘m

27198.3

27198.3

6

O‘simliklarni himoya qilish xarajatlari

so‘m

8153.6

16307.2

7

Ekspluatasiya xarajatlari

so‘m

180000.0

115000.0

8

Yonilg‘i xarajatlari

so‘m

177190.4

77978.9

9

Boshqa xarajatlar

so‘m

3600.0

2300.0

10

Jami xarajatlar

so‘m

646252.3

488894.4

11

Mahsulot tannarxi

so‘m

646252.3

325929.6

12

Realizasiya narxi

so‘m

447260.0

447260.0

13

Mahsulot qiymati

so‘m

447260.0

670890.0

14

Foyda

so‘m

177190.4

77978.9

15

Iqtisodiy samara

so‘m

3600.0

2300.0

16

Rentabellik

%

646252.3

488894.4

qo‘shimchako‘rsatkichlar

17

1ga uchun mehnat xarajatlari

Kishi/kuni

1.7

1.23







so‘m

29240

20292

18

1 ga uchun mehnat xarajatlari

Kishi/soat

0.24

0.18







so‘m

4177

2898

19

1 s uchun mehnat xarajatlari

Kishi/soat-t

0.023

0.011

20

Mehnat unumdorligi

so‘m/kishi-soat

107.1

231.4

21

Yoqilg‘i sarfi

l/ga

84

37

22

Qoplanish muddati

yil




5.03

“Investitsiya” inglizcha “investments” so‘zidan olingan bo‘lib, “kapital qo‘yilma” degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda investitsiya (sarmoya) – daromad yoki foyda olish maqsadida mablag‘ni muayyan muddatga tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari (ob’yektlari)ga yo‘naltirishni anglatadi. Investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;Investitsiya majburiyati – belgilangan maqsadlarga erishish uchun investor tomonidan qabul qilinadigan majburiyat; Investitsiya siyosati – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta’minlashga, investitsiya faoliyati sub’yektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmui. Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati sub’yektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui.Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi – investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirig‘i asosida ta’minlaydigan investitsiya faoliyati sub’yekti. Investitsiya shartnomasi – investitsiya faoliyati sub’yektlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim.


Investor – foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati ob’yektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’yekti.
Mahalliy investorlar – investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari.Reinvestitsiyalar – investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari ob’yektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun to‘lovlar va haqlarning boshqa turlari. To‘g‘ridan–to‘g‘ri chet el investitsiyalari – chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiyalari.Chet el investitsiyalari – chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’yektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar – aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar.Investitsiya faoliyatining ob’yektlari – ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining ob’yektlaridir. Barpo etilishi va foydalanilishi qonunchilikda belgilangan sanitariya–gigiyena, radiasiya, ekologiya, arxitektura–shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan ob’yektlarga investitsiya qilish taqiqlanadi.Investitsiya faoliyatining sub’yektlari – O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari – rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir.Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - qonuniylik; - oshkoralik va ochiqlik; - investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi; - adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’yektlarining tengligi; - investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; - investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi. Investitsiyalar mo‘ljallangan ob’yektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi. Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligasiyalariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi: - pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; - ko‘char va ko‘chmas mol–mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga bo‘lgan huquqlar; - intellektual mulk ob’yektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou–xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar; - yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar. Kapital qo‘yilmalar – korxonaning moliyaviy mablag‘larini asosiy kapitalga avanslashtirish bilan bog‘liq investitsiya faoliyatining shaklidir. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda “iqtisodiy samara” va “iqtisodiy samaradorlik” atamalariga e’tibor berish lozimdir. Iqtisodiy samara – qo‘yilgan kapitalning investitsiyalash natijasida olingan natijasi bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik esa olingan iqtisodiy samara yoki investitsiya natijasida olingan daromad bilan investitsiya miqdori o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. Iqtisodiy samara – bu investitsiya hisobiga olingan daromaddan qo‘yilgan kapital summasi ayirilib topiladi va quyidagicha hisoblanadi

Bu yerda, Is–iqtisodiy samara; D– qo‘yilgan kapitaldan daromad; K – qo‘yilgan kapital summasi Iqtisodiy samaradorlik qo‘yilgan inves-yadan olingan foydani qo‘yilgan kapital summasiga bo‘lish orqali topiladi.

Bu yerda, If – investitsiyalashdan olingan foyda; K– qo‘yilgan kapital Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me’yori (normasi) deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi

Bu yerda, YIN – yalpi investitsiya normasi; YIS – yalpi investitsiya summasi

Download 60.37 Kb.
1   2   3




Download 60.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: qishloq xo‘jaligida innovasiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi. II. Reja

Download 60.37 Kb.