28
zarur. Maxsus dasturiy vositalar bilan jihozlangan kompyuterlar axborot
tizimlari uchun texnik negiz va vosita hisoblanadi. Axborot tizimi
kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan o„zaro muloqotda
bo„luvchi xodimlarsiz ma‟noga ega emas.
Material olamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot
uzatuvchi, aloqa kanali, qabul qilgich va axborot oluvchi bo„lishi zarur.
Uzatish muhiti manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga
birlashtiradi.
Har qanday axborot tizimining ishini ta‟minlovchi jarayonlarni
shartli ko„rinishida quyidagi qismlarga bo„lish mumkin:
ichki va tashqi manbalardan ma‟lumot kiritish;
kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim
etish; iste‟molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish
uchun axborotni
chiqarish;
teskari aloqa – kirgan axborotni tahrirlash uchun korxona (firma)
xodimlari tomonidan qayta ishlangan axborot.
Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi:
har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni
qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin; axborot
tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi;
axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo„llash zarur;
axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul
qilinuvchi
axborot hisoblanadi;
axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter
tizimi deb qabul qilish lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Birinchi axborot tizimlari XX asrning 50-yillarda yuzaga kelgan. Bu
yillarda ular «schot»larni va oylik maoshni hisoblashga mo„ljallangan
bo„lib, elektromexanik buxgalteriya hisoblash mashinalarida amalga
oshirilgan. Bu hujjatli qog„ozlarni tayyorlash vaqti va harajatlarini
kamaytirishga yordam bergan.
XIX-asrning 60-yillari axborot tizimlariga bo„lgan qarashlarning
o„zgarishi bilan xarakterlanadi. Axborot tizimlari yordamida olingan
axborotlar ko„p parametrlar bo„yicha davriy hisobotlarni yuritishda
qo„llanila boshladi. Buning uchun korxonalarga
keng vazifalarga
mo„ljallangan, ko„plab funksiyalarni bajara oluvchi (faqat hisob-kitob
ishlari emas) kompyuterlar talab qilindi.
XX asrning 70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida axborot tizimlari qaror
qabul qilish jarayonini tezlashtiruvchi va qo„llovchi boshqaruv nazorati
vositasi sifatida keng qo„llanila boshlandi.
XX asrning 80-yillar oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish
konsepsiyasi yana o„zgardi. Bu davr axborot tizimlari zarur axborotni
o„z vaqtida yetkazgan holda korxonaga o„z faoliyatida yangi mahsulot
va xizmatlar yaratishga, o„ziga hamkorlar topishga,
quyi narxlarda
mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirishga, yutuqlarga erishishga va
boshqalarda yordam berdi. Hozirda axborot strategik manbaiga
aylanmoqda va boshqaruvning har qanday darajasida qo„llanilmoqda.
Hozirgi kunda axborot tizimi kompyuter texnikasi yordamida
amalga oshirilgan tizim degan fikr mavjud. Ammo, umumiy holda
axborot tizimini kompyutersiz usulda ham ko„rish mumkin.
Axborot tizimining ishini tushunish uchun u yechayotgan
muammolar hamda tashkiliy jarayonlarning mag„zini chaqish zarur.
Masalan,
kompyuterli
axborot
tizimining
qaror
qabul
qilish
imkoniyatlarini aniqlash uchun quyidagilarni e‟tiborga olish lozim:
yechilayotgan boshqaruv masalalarining tartiblanganligi;
qaror qabul qilinishi mumkin bo„lgan boshqaruv iyerarxiyasi
darajasi;
yechilayotgan masala tijorat sohasining u yoki bu funksional
muhitiga tegishliligi;
qo„llanilayotgan axborot texnologiyasining turi.
Kompyuter axborot tizimi nokompyuter sohasidagi mutaxassislarga
tushunish uchun ochiq va faoliyat jarayonlari
boshqarishda nazorat
qilish uchun qo„llanilishi mumkin.
Axborot tizimlarining tadbiq qilinishi quyidagi imkoniyatlarni
yaratishi mumkin:
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
matematik usul, intellektual tizim va h.k.ni tadbiq qilish natijasida
boshqaruv masalalarining ratsional qarori usullarini olish;
avtomatlashtirish hisobiga ishchilarni og„ir mehnatdan ozod
qilish; axborotning ishonchliligini ta‟minlash;
ma‟lumot tashuvchilarni magnit lenta yoki diskli tashuvchilarga
almashtirish hisobiga axborotlarga kompyuterda ishlov berishni
tashkillashtirish. Bu qog„ozli hujjatlar hajmining kamayishiga
olib keladi;
korxonada hujjat almashinuvi tizimi va axborot oqimi tarkibini
rivojlantirish;
xizmat ko„rsatish va mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini
kamaytirish;
yangi bozor tarmoqlarini (yo„nalishlarini) qidirib topish;
turli
chegirma va xizmatlar taqdim etish hisobiga korxonaga xaridorlar
va mahsulot yetkazib beruvchilarni bog„lash.
Axborot og„zaki va yozma, elektr signallar va radioto„lqinlar
yordamida uzatiladi va sezgi organlari, foto-, videokameralarning elektr
datchiklari yordamida qabul qilinadi. Axborot almashinuvi nafaqat
insonlar muhitida, balki hayvonot va o„simlik olamida ham yuzaga
keladi. Agar axborot tizimining ishtirokchisi inson bo„lsa, u holda
ma‟noviy axborot, ya‟ni inson tomonidan
ifodalanayotgan axborot
haqida so„z yuritiladi. Axborot oluvchi uni bu axborot qanday masala
uchun qo„llanilishiga qarab baholaydi. Bundan kelib chiqadiki, axborot
nisbiylik xossasiga ham ega. Ayni bir axborot biror bir oluvchi uchun
chuqur ma‟no kasb etishi, boshqasi uchun esa avvaldan ma‟lum va
foydasiz bo„lishi mumkin. Masalan, fizikada yuqori quvvat chastotalari
eng so„nggi yutuqlari yadrochi-fizik uchun juda muhim bo„lsa, agronom
uchun hech qanday qiymatga ega emas.