163
... – matnni yarim qalin ko„rinishda berish tegi.
... – og„ma shriftni berish uchun qo„llaniladigan teg.
... – matnning ostiga chizish uchun teg.
Web-bo„g„inning matnli mazmuni bilan
ishlashga kirishishdan
avval bir qator foydali maslahatlarni e‟tiborga olish lozim. Har qanday
professional darajadagi matnli
hujjatni tayyorlashdagi kabi, Web uchun
mo„ljallangan barcha matnlar grammatik
va orfografik hatoliklarsiz
bo„lishi lozim. Ularni kim o„qishini e‟tiborga olgan holda yozish lozim,
har qanday holatda ham, tushunarli va qisqacha bo„lishi kerak. Optimal
usuli quyidagicha: kirish, so„ngra bir necha abzas materialning kengroq
bayoni va hulosa.
Webda ayrim vizual cheklanishlar mavjud. Juda uzun matnli
sahifalar ko„zni toliqtirishini unutmaslik kerak.
Bundan tashqari, qisqa
abzaslar
Web-sahifalarda
uzoq
qolishni
xohlamaydigan
foydalanuvchilarga axborotni yetkazishga yordam beradi. Matn
mantiqan tartiblangan bo„lishi kerak. Agar yaxshi tartiblangan bo„lsa,
uning alohida qismlarini sarlavhalar va
matnni ajratish yordamida
belgilash mumkin. Sarlavhalar uchun mantiqiy tartib mavjud: birinchi
darajali sarlavhalar eng katta o„lchamga ega, so„ngra
kichik
o„lchamlarga o„tiladi. Matn stillar (yarim qalin, og„ma, ostiga chizish)
orqali ajratilganda kam miqdorda qo„llanilishi lozim.