154
foydalanuvchi ixtiyoriga ko„ra joriy holatini boshlang„ich holati bilan
taqqoslaydi. Topilgan o„zgarishlar monitor ekraniga chiqariladi.
Taqqoslashda faylning uzunligi, siklik nazorat kodi (faylning nazorat
yig„indisi), modifikatsiya vaqti va kuni va boshqa parametrlari
tekshiriladi. Revizor-dasturlar ancha rivojlangan algoritmga ega bo„lib,
stels-viruslarni ham topishi va tekshirilayotgan dasturni virus tomonidan
kiritilgan o„zgartirishlardan tozalashi mumkin. Revizor-dasturlarga keng
tarqalgan
Adinf dasturini kiritish mumkin.
Filtr-dasturlar yoki «qo„riqchilar» kompyuterning ishlashi jarayonida
viruslar uchun xarakterli bo„lgan shubhali harakatlarni aniqlash uchun
mo„ljallangan, katta bo„lmagan rezident dasturlarni ifodalaydi.
Bunday
harakatlar quyidagilar bo„lishi mumkin:
.com, .exe kengaytli fayllarni tahrirlashga harakat qilish;
fayl atributlarining o„zgarishi;
absolyut manzil bo„yicha diskka to„g„ridan to„g„ri yozish;
diskning yuklovchi sektorlariga yozish; rezident dasturni yuklash.
Qandaydir dastur orqali yuqorida ko„rsatilgan amallarni bajarishga
harakat qilinganida «qo„riqchi» foydalanuvchiga habar beradi va
taqiqlash yoki bu amalni bajarishga ruxsat berishni taklif qiladi. Filtr-
dasturlar juda foydali, ular viruslarni ko„payishidan avval, boshlang„ich
bosqichida aniqlash imkoniga ega. Ammo, ular fayl va disklarni
viruslardan «davolamaydi». Viruslarni yo„qotish
uchun boshqa
dasturlarni qo„llashga to„g„ri keladi, masalan, faglar. MS-DOS utilitlari
paketiga kiruvchi
Vsafe dasturi filtr-dasturga misol bo„la oladi.
Vaksina-dasturlar yoki immunizatorlar – bu rezident dasturlar bo„lib,
fayllarning zararlanishi oldini oladi. Virusni «davolovchi» doktor-
dasturlar mavjud bo„lmasa, vaksinalar qo„llaniladi. Vaksina dastur faqat
aniqlangan
viruslardan
himoyalaydi.
U
diskni
shunday
modifikatsiyalaydiki, bu ularning ishlashiga ta‟sir qilmaydi, virus ularni
zararlangan deb qaraydi va shu sababli unga tadbiq qilinmaydi.
Virus bilan zararlangan fayllar va disklarni o„z vaqtida aniqlash va
har bir kompyuterda topilgan viruslarni to„liq yo„qotish virus
epidemiyasining boshqa kompyuterlarga tarqalishining oldini oladi.
Kompyuterning virus bilan zararlanishining oldini olish va diskda
axborotning ishonchli saqlanishini ta‟minlash uchun quyidagi qoidalarga
amal qilish lozim:
kompyuteringizni zamonaviy antivirus dasturlari bilan
ta‟minlang, ularning
talqinini yangilang;
boshqa kompyuterlarda yozilgan axborotni disketdan o„qishdan
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
avval, o„z kompyuteringizdan antivirus dasturlarini ishga
tushurib, bu disketlarni virus mavjudligiga tekshiring;
arxiv ko„rinishidagi fayllar kompyuterga ko„chirilganda qattiq
diskda arxiv ochilganidan so„ng, tekshirish sohasini yangi
yozilgan fayllar bilan chegaralagan holda, ularni virusga qarshi
tekshiring;
vaqti-vaqti bilan antivirus dasturlarini ishga tushurib, kompyuter
qattiq diskini virus mavjudligiga tekshirib turing;
har doim boshqa kompyuterlarda
ishlaganda disketga axborot
yozilmasa, ularni yozuvdan himoyalab qo„ying;
siz uchun muhim bo„lgan axborotlarning nusxalarini disketlarda
olib qo„ying;
yuklanuvchi viruslardan kompyuterni himoyalash uchun
operatsion tizimni yuklashda yoki qayta yuklashda
A: disk
yurituvchida disket qoldirmang;
kompyuter tarmog„idan olinayotgan barcha fayllarni nazorat
qilish uchun antivirus dasturlaridan foydalaning.