• Audit faoliyatini kompyuterlashtirish asoslari.
  • Axborot tizimlari




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/155
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #232505
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

    Oddiy ma’lumotnomalar
    andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo’shimcha 
    ma’lumotlar schyot bo’yicha xizmatlar. 
    Murakkab ma’lumotnomalar o’z ichiga ma’lumotlarning kiritilganligining ikkita 
    va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda 
    joylashtirib bo’lmaydigan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun 
    mo’ljallangan. Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi.
    Avtomatlashtirish uchun hisob bo’yicha quyidagi andozaviy birlamchi 
    hujjatlardan foydalaniladi.
    - moddiy boyliklarning harakati, qabul qilish dalolatnomasi, yuk xati, 
    ro’yxatdan chiqarish dalolatnomasi … ; 
    - moliyaviy – hisoblash operatsiyalari to’lov topshiriqnomasi, kirish, chiqish 
    kassa orderi va boshqalar;
    - asosiy vositalar;
    - mehnat va ish haqi (tabel, noryad);
    - tayyor mahsulotlar – dalolatnomasi. 
    Birlamchi hujjatlarning axborotlari asosida tezkor axborotlarning fayllari 
    shakllantiriladi, ularga tegishli ma’lumotnomalarni axborotlari avtomatlashtirilgan 
    usulda kiritiladi.
    Audit faoliyatini kompyuterlashtirish asoslari. 
    Audit deganda korxona va 
    iqtisodiy ob’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib berish, ularning ishini 
    iqtisodiy ekspertizasini o’tkazish tushuniladi. Auditorlik faoliyatining asosiy sharti – 
    to’la mustaqillikka ega bo’lish, xech kimga qaram bo’lmaslik, o’z ishini har bir 
    mamlakatda yoki halqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga 
    binoan olib borishdir. Audit faoliyatining ikki turi mavjud: ichki va tashqi audit.
    Tashqi audit xolis firma tomonidan avvaldan tuzilgan kontrakt asosida bajariladi.
    Ichki audit esa shu korxonada ishlovchi xolis mutahassislar tomonidan korxona 
    raxbarlarining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi. 
    Tashqi audit quyidagi funktsiyalarga ega: 

    tekshiruv-taftish; 

    baholovchi – maslahatlashuv. 
    Tekshiruv – taftish funktsiyasiga audit bo’limi, hisobchi xodimlar, hisobot 
    tizimi va hisob – kitob hujjatlari kiradi. 
    Baholovchi – maslahatlashuv funktsiyasiga esa, raxbariyat faoliyati va 
    maslahatlar kiradi. 
    Ichki audit funktsiyalari quyidagilar: 
    tekshiruv – taftish 
    maslahatlashuv – bashoratlash 
    Ichki auditning tekshiruv – taftish funktsiyasiga hisobot tizimi va hisob – kitob 
    hujjatlari kiradi. 


    188 
    Tashqi audit deganda hisobotlarning ishonchliligi, to’laligi va mavjud qonun 
    asosida aniqlash maqsadida xo’jalik sub’ektining xolisona ekspertiza o’tkazish va 
    chop qilinadigan moliyaviy hisob – kitoblarni tahlil qilish, shuningdek, hisob – kitob, 
    soliq, 
    moliya, 
    tashkiliy 
    va 
    boshqa 
    masalalar 
    bo’yicha 
    maslahatlashish 
    tushiniladi[18,29]. 
    Tashqi audit bo’yicha shartnoma quyidagi buyurtmachilar bilan tuzilishi 
    mumkin: 

    korxona egalari bilan; 

    korxona raxbarlari bilan; 

    davlat soliq xizmatchilari va mudofaa iqtisodiy ob’ektlari bilan; 

    tijorat banklari bilan. 
    Kompyuter tizimlarida amalga oshirish uchun tashqi auditning quyidagi asosiy 
    vazifalarini ajratish mumkin: 
    - taxrirlanayotgan muddat mobaynida raxbariyatning va moxir 
    mutahassisligini baholash; 
    - korxonada qo’llanilayotgan hisobot tizimi va qisman hisob-kitoblarning 
    to’g’riligini baholash; 
    - hisob – kitob hujjatlarida moliyaviy – xo’jalik operatsiyalarini tasdiqlashda 
    hisobot xodimlarining faoliyatini to’gri baholash; 
    - korxona moliyaviy – xo’jalik xolatini yaxshilash va voqealarning keyingi 
    bashoratlanishi bo’yicha maslahatlarning zarurligi. 
    Ichki audit tashqi auditdan farqli ravishda korxonaning mutahassislik yoki 
    boshqaruv bo’limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. U korxonani moliyaviy 
    xolatini, sarf – harajat manbalarini, boshqaruv tizimi nazoratini, rezervlarni aniqlash 
    va raxbariyatning korxona iqtisodiy samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan 
    ta’minlashni ichki xo’jalik nazoratiga mo’ljallangan. 
    Ichki auditning vazifasini aniqlash korxona faoliyatining mazmuni, mijozlar, 
    xodimlar, investorlarga bo’lgan majburiyatlariga bog’liq. 
    Ichki auditning vazifalarini boshqarish usullari – bu rejalashtirish, hisob – kitob, 
    nazorat va taxlildir, chunki ular yordamida harajatlar va ularni qoplash summasi 
    hisoblanadi. 
    Auditning umumqabul qilingan pogonalari quyidagilar: 
    - rejalashtirish; 
    - hisob tizimlari va ichki nazorat tizimlarini baholash; 
    - moliyaviy hisobotlarni tekshirish; 
    - auditorlik guvoxnoma (xulosa)sini olish. 
    Bu pogonalarning har biriga mos keluvchi standartlar ishlab chiqilgan bo’lib, 
    ular uch guruxga bo’linadi: 
    1.
    Umumiy standartlar. 
    2.
    Auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish bo’yicha standartlar. 
    3.
    Hisobotlar tuzish bo’yicha standartlar. 
    Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimi quyidagi komponentlardan 
    tuzilishi lozim: 
    1. Audit jarayonini gavdalantirish uchun iqtisodiy – matematik, iqtisodiy – 
    tashkiliy va axborotlashtirilgan modellar; 


    189 
    2. Modellarni amalga oshirishni ta’minlash uchun texnik, dasturiy, 
    axborotlashtirilgan va boshqa vositalar. 
    SHu tasavvurlardan kelib chiqqan holda kompyuter tizimi funktsional va 
    ta’minlovchi qismlardan tashkil topishini aytish mumkin. Funktsional qism 
    uslubiyatlar, auditni bajarish usul va xollari majmuidan tashkil topadi hamda ular 
    axborotlashgan va matematik modellar, standartlar, normalar va h.k.larda 
    ta’minlanadi. Ta’minlovchi qism esa audit funktsiyalarini amalga oshirish uchun 
    mo’ljallangan bo’lib, u axborotlashgan, dasturiy, texnik va boshqa ta’minotlardan 
    tashkil topishi kerak. 
    Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimini qurishning tashkiliy formalari 
    erishiladigan 
    maqsadlarga 
    bogliq, 
    chunki 
    auditorlik 
    masalalarining 
    klassifikatsiyasidan ko’rinadiki, barcha tizimlar ikki sinfga bo’linishi mumkin: 
    - tashqi audit auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish uchun tizimlar; 
    - ichki auditni kompyuterlashtirish tizimi. 
    Axborotlashgan bazani tashkil qilish usullariga bog’liq holda bu sinflarni 
    kompyuterlashtirish turli xil formalarda bo’lishi mumkin. Axborotlashgan baza 
    quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: 
    - lokal fayllar yig’indisi – bir turdagi hisobot hujjatlari va ishlab chiqilgan 
    standart vositalarning operatsion tizim va amaliy dasturda ifodalanishi; 
    - ma’lumotlar bazasi, maxsus kriteriy va MBBT ishlab chiqilgan dasturlarga 
    asoslangan birlamchi hujjatlarda ifodalanishi; 
    - qoidalar bazasi, ekspert – auditorni qoidalar va mantiqiy dasturlash vositalari 
    yordamida ishlab chiqarilgan bilimlarni ifodalanishi. 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish