Axborot tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/155
Sana19.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#243546
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

asosiy vazifasi 
– mamlakatda hisob va 
statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Vazirlik tizimi butun 
respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari mamlakatning barcha 


176 
ma’muriy-xududiy tuzilmalarida mavjud. Statistik axborotlar turli-tumanligi, 
ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika 
idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi. U 
asosiy hisob – statistika markazi sifatida va O’zbekiston Respublikasi xukumati, 
respublika vazirlik va qo’mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan 
ta’minlaydi. 
to’g’ri aloqa
(masalalar) 
teskari aloqa (hisobot

14.1.-rasm. Iqtisodiyotni boshqarishda davlat statistikasi 
idoralarining vazifalari 
Qo’mitaga statistik axborotlarni o’z vaqtida ob’ektiv (to’g’ri) va ishonchli 
ishlab chiqish, ularni ko’rsatilgan idoralar va keng jamoatchilikka yagona ilmiy 
uslubiyat asosida etkazib berish vazifasi yuklangan. Statistikaning viloyat idoralari, 
korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va doimiy axborotli muloqatda bo’lib, ularga 
hisob va hisobotni tashkil qilishni amaliy yordam ko’rsatadi va o’z mintaqasida 
asosiy axborot manbai bo’ladi. 
Davlat statistika idoralari statistik ishlarning yagona uslubiyati va yagonarejasi 
bo’yicha ishlaydilar, ular tegishli yuqori idoralar tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejaga 
kiritilgan vazifalar iqtisodiyot sohalariga mos keluvchi statistika sohalari bo’yicha 
taqsimlangan. 
Turli sohalarda xal etiladigan statistik vazifalar nuqtai nazaridan tartibga 
soluvchi va so’rov vazifalariga bo’linadi. Tartibga soluvchi vazifalar deganda 
statistik hisobot ma’lumotlarini vazirlikning tegishli darajasida ishlab chiqish vazifasi 
tushuniladi. Har bir tartibga soluvchi vazifa, qoidaga ko’ra, statistik hisobotning ba’zi 
bir aniq shakli yoki bir necha shaklining shakllanishi bilan bog’lik. 
Bunday vazifalarni echish uchun yaqin vaqtlarga qadar 
axborotlarni elektron 
usulda ishlab chikish majmualari
(AEICH) yordamida amalga oshiriladigan axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanilgan. Ular qo’mitaning turli darajalarida tartibga 
O’zbekiston Respublikasi 
statistika qo’mitasi 
Davlat boshqaruv 
organlari 
Iqtisodiyit tarmoqlari 
va tashkilotlar 
Davlat statistika organlari 
Boshqaruv 


177 
soluvchi vazifalarni echishni ta’minlovchi amaliy dasturlar paketlari majmuasidan 
iborat bo’ladi.
Statistika qo’mitasida AEICHning ikki turi faoliyat yuritmoqda, ular shartli 
ravishda tizimli va mahalliy AEICH deb ataladi. Tizimli AETCHdan darajalar 
o’rtasidagi texnik manbalar va aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni almashtirish 
bilan ushbu vazifani echishda ishtirok etuvchi turli darajalardagi namunaviy axborot 
texnologiyalaridan 
foydalaniladi. 
Mahalliy 
AEICHlar 
statistik 
vazifani 
avtomatlashtirilgan echimini ta’minlaydi, ularda korxona va tashkilotlarning 
birlamchi hisobotlari darhol Statistika qo’mitasi Bosh hisoblash markaziga 
yuboriladi. 
Hozirgi vaqtda AEICHlardan foydalanish asosan tizimli xarakterga ega, bu bir 
qator sabablar bilan belgilanadi: 
Birinchidan, tartibga soluvchi vazifalarni echishda Statistika qo’mitasining 
turli darajadagi hisoblash qurilmalari ishtirok etadi. 
Ikkinchidan, AEICHning faoliyat yuritish texnologiyasi statistik hisobotlar 
quyi darajadagi korxonalar va tashkilotlardan birlamchi hisobotlarni kelib tushishidan 
boshlab, Statistika qo’mitasining yuqori darajada yig’ma hisobotlarni ishlab 
chiqishiga qadar bo’lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Bunda har bir keyingi 
texnologiya oldingi darajadagi texnologiyaning mantiqiy davomi bo’ladi. 
Pochta hisoboti uchun tizimli AEICHdan foydalanishning namunaviy 
texnologik tadbirlari misoldida tartibga soluvchi statistik vazifalarni echish 
texnologiyasini namoyish qilamiz. 
1-tadbir. AEICHni ishlashga tayyorlash

Magnitli diskka dasturlar va AEICH 
ajborot frndining barcha elementlari (kategoriyalar, lug’atlar, ma’lumrtnomalar va 
boshqalar) bilan kutubxona to’plamini kiritish yuz beradi. Zarur paytda axborot 
fondining ayrim elementlariga tuzatishlar kiritish amalga oshiriladi. 
2-tadbir. Dastlabki axborotni ishlab chiqishga tayyorlash. Birlamchi statistik 
hisobotlarni ko’zdan kechirish va shakllarini tayyorlash, bu hisobotlarning dastlabki 
ma’lumotlarini magnitli manba’larda ko’chirish amalga oshiriladi. 
3-tadbir. Dastlabki axborotlarni kiritish va yozish. Mashinaga joylashtirilgan 
birlamchi statistik 
hisobotlarning 
ma’lumotlari EHMga kiritiladi, xatolar 
bayonnomasini topshirish va kiritilgan axborotlarga tuzatishlar kiritish bilan 
nazoratning barcha turlari amalga oshiriladi. Keyin u katalog ma’lumotlari bilan 
yagona massivga birlashtiriladi va arxivni tashkil qilish uchun nusxalar ko’chiriladi. 
4-tadbir. Yig’ma jadvallarni ishlab chiqish, nazorat qilish, tuzatish, kiritish va 
bosib chiqarish. Magnitli diskda oraliq yakuniy raqamli matritsalarni shakllantirish va 
yig’ma jadvallarni dastlabki bosib chiqarilishi yuz beradi, unda ma’lumotlarning 
kutubxonali, matnli majmualaridan foydalaniladi. Jadvallar nazorati o’tkaziladi, 
birlamchi ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilgan hollarda ayrim jadvallarni qaytadan 
hisoblash, nazorat qilish va «ishchi» bosib chiqarilashi bajariladi. Keyin yig’ma 
jadval bosib chiqariladi. 
5-tadbir. Materiallarni yuqori darajaga uzatish uchun tayyorlash. Oraliq 
yakuniy raqamli matritsalar ko’rinishidagi yoki 3 va 4 –tadbirlarni amalga oshirish 
jarayonida olingan yig’ma jadvallar ko’rinishidagi yuqori darajaga uzatiladigan 
to’plamlarni magnitli manbalarga kiritish hamda uzatilayotgan axborotlar haqidagi 


178 
ma’lumotnomalarni bosib chiqarish amalga oshiriladi. Keyin, chiquvchi to’plamlarga 
ega magnitli manbalar, chiquvchi jadvallarning yakuniy bosib chiqarilishi hamda 
topshirilayotgan axborotlar haqidagi nazorat va ma’lumotnomaviy ma’lumotlar 
yuqori darajada pochta orqali jo’natiladi. Bir qator AEICHlar uchun, yana, hisobot 
beruvchi ob’ektlarni belgilangan doirasi bo’yicha birlamchi hujjatlar shakllari ham 
jo’natiladi. 
6-tadbir. Past darajada olingan yig’ma ma’lumotlar massivlarini birlashtirishga 
tayyorlash. Olingan magnitli manbalarning har biri uchun navbati bilan kelib tushgan 
axborotlar haqidagi ma’lumotnomali xabarlar beriladi, jadvallarning balansli va 
mantiqiy bog’lanish nazorati va zarur paytda har bir birlashtirilgan hudud bo’yicha 
tuzatishlar kiritish va ularni qayta yozish amalga oshiriladi. 
7-tadbir. Ma’lumotlarni jamlamagan holda manbalarni birlashtirish orqali 
jadvallarning dastlabki jamlanishi. Bunda bir qator AEICHlar uchun kataloglarni 
ishlab chiqish qismlari (vazirliklar, muassasalar, sahalar va boshqalar) bo’yicha 
shakllantirish, ishlab chiqishning barcha qismlari bo’yicha yig’ma jadvallarni 
hisoblash va bosib chiqarish, bu jadvallarning balansli va mantiqiy bog’lanishini 
nazorat qilish yuz beradi. Zarur paytda ularga tuzatishlar kiritish va qayta bosish, 
umuman hududlar bo’yicha yig’ma jadvallarni shakllantirish va bosish, mashina 
manbalaridagi yig’ma axborotlar tuzilishi haqida axborot beruvchi ma’lumotlarni 
berish bajariladi. 
8-tadbir. Yig’ma jadvallar, markazlashtirilmagan hisobotlarni ishlab chiqish. 
Bu tadbir respublika darajasidagi ko’pgina AEICHlarda bajariladi va hisobotlari 
statistika idoralarida markazlashtirilmagan bir qator vazirliklardan yig’ma jadvallar 
qabul qilishni ko’zda tutadi. Bu holda quyidagilar amalga oshiriladi: vazirliklar 
bo’yicha yig’ma yakunlarni qabul qilish, ularni EHMga kiritishga tayyorlash, nazorat 
qilish va tuzatish kiritish bilan yozish hamda yig’ma jadvallarini mashinada bosib 
chiqarish. Markazlashtirilmagan vazirliklar bo’yicha tadbirlar natijasida olingan 
axborotlar mashina manbalariga kiritiladi, ulardan yuqorida bayon qilingan 7-tadbirni 
bajarishda pastki darajada olingan manbalar bilan bir qatorda foydalaniladi. 
9-tadbir. Mahalliy rahbarlik idoralari uchun jadvallarni olish.
 
Operatsiya 
viloyat, tuman yoki birlashma darajasida bajariladi. Birlashma darajasi axborotlarni 
tizimli ishlab chiqish talablarini qondiruvchi hisoblash texnikasining zarur vositalari 
bo’lmagan bir qator statistik hududiy idoralar uchun tashkil qilinishi mumkin. Bu 
darajada mahalliy rahbar idoralar uchun maxsus jadvallarning ma’lumolariga ega 
oraliq raqamli matritsalari shakllantiriladi va jadvallarni bosib chiqarish amalga 
oshiriladi. Ko’pgina AEICHlarda yig’ma jadvallarni olish va bu jadvallarni bosib 
chiqarish maqsadida 3-tadbirni amalga oshirish jarayonida dastlabki ma’lumotlar 
massivi ko’rinishida tayyorlangan birlamchi hisobotlarni qo’shimcha ishlab chiqarish 
o’tkaziladi. 
ADP yig’ma guruhlashtiruvchi xarakterga ega bo’lgan tartibga soluvchi 
vazifalarni echish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar majmuasidan iborat bo’ladi. 
Paket aniq aks ettirilgan modelli tizilmaga va o’zaro boshqariluvchi dasturlar 
yordamida aloqa qilishning standart vositalariga ega hamda avtonom bajariladigan 
dasturlar majmuasidan farqlanadi: 


179 
iqtisodchilarga yig’ma dasturlar olishning imkoni boricha yagona chizmasini 
beradi; 
dasturlovchilarni yangidan loyihalashtirilayotgan AEICH har biri uchun noyob 
dasturiy vositalarni yaratish zaruriyatidan hosil qiladi; 
dasturiy vositalarni o’zgartirmasdan vazifalarni echishni o’zgartirishga yo’l 
qo’yadi; 
AEICH ishlab chiqish muddatlarini qisqartiradi; 
AEICH loyihalashtirishni ko’p turlarga ajratadi. 
AEICHni avtomatlashtirish uchun turli xil paketlarni ishlab chiqish asosiga 
quyidagilar kiritilgan:

turli tartibga soluvchi vazifalar uchun ma’lumotlarni ishlab chiqishning 
ta’minlovchi dasturiy modullarning yagona majmuasidan foydalanishga 
asoslangan tashkiliy uslubiyot birligi; 

axborotlarni ishlab chiqishda iqtisodchilar, operatorlar mehnatining eng 
kam sarflanishi va EHM resurslaridan oqilona foydalanishga ega iqtisodiy 
texnologiya; 

vazifalar paramentlariga qayta dasturlamasdan ayrim o’zgartirishlarni 
kiritish imkoniyatini asoslab beruvchi statistik vazifalar qo’yilishidagi 
o’zgarishlar va qo’shimchalarga nisbatan dasturiy ta’minlanishning 
mosligi va ko’p variantligi; 

barcha tartibga soluvchi vazifalar uchun ma’lumotlar ishlab chiqish 
jarayonini qurishning yagona uslubiyotini asoslab beruvchi turlarga 
ajratish va bir shaklga keltirish; 

axborotlardan ko’p marta va ko’p vazifali frydalanish maqsadida ularni 
hisoblash tizimiga bir marta kiritishni asoslab beruvchi ma’lumotlarni 
ishlab chiqish. 
ADPda tartibga soluvchi vazifalar, modullarni echishni to’liq amalga oshiruvchi 
quyidagi namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan: 

birlamchi hisobotlarni kiritish, nazorat qilish va yozish; 

birlamchi hisobotlarga tuzatishlar kiritish; 

ma’lumotlarni shakllantirish; 

yig’ma hisobotlarni bosib chiqarish. 
ADP 
asosida 
yuzga 
yaqin 
tartibga 
soluvchi 
statistik 
vazifalarni 
avtomatlashtirilgan holda echish uchun tizimli va mahalliy AEICHning ishchi 
loyihalari ishlab chiqilgan va tadbiq etilgan. Ushbu paketlar tufayli mehnat xarajatlari 
2-3 martaga qisqaradi va yaqin AEICHlarni loyihalashtirish uchun qiymatli xarajatlar 
ancha kamayadi hamda statistik axborotlar ishlab chiqishning namunaviy axborot 
texnologiyalarini ishlab chiqish hisobiga ulardan foydalanish ham soddalashtiriladi. 
Axborot xizmatini ko’rsatish vazifalarini echishni tashkil qilish. Axborot xizmati 
ko’rsatish vazifalarini echish uchun axborot texnologiyalarining ikki turi: 
ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki va tayyor hujjatlar bankidan foydalaniladi.
 
Ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik, 
tashkiliy vositalar yig’indisi ko’rinishida amalga oshirilgan va statistikaning turli 
sohalari bo’yicha ma’lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun 


180 
foydalaniladi. KMB mahalliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida 
ishlashda ma’lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga 
ega. 
Tayyor hujjatlar banki (TXB) ba’zi axborotlar va jadvalli statistik materiallarga 
ega ma’lumotlarning hujjatli – grafik bazalarini yaratish uchun qo’llaniladi. TXB turli 
ob’ektlar uchun ma’lumotlar bazalariga kirishni ta’minlovchi telekommunikatsion 
vositalarning keng servisli salohiyatidan iborat bo’ladi. 
KMB va TXB dasturiy majmualari Lotus 1-2-3 va Excel bilan paketli 
interfeysga ega, buning natijasida ularning o’zaro birga bo’lishligi ta’minlanadi. 
Axborot texnologiyalari ma’lumotlaridan foydalanish xususiyatlarini ko’rib 
chiqamiz. 
Kursatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki. KMBda axborotlarni saqlash birligi 
quyidagi uch tarkibiy qismlar bilan belgilanadigan miqdordan iborat bo’ladi: 
©
ko’rsatkich va uning alomati bilan; 
©
kuzatish ob’ekti bilan; 
©
tadqiq qilinayotgan ob’ekt bo’yicha hisobotning davriyligi bilan. 
KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma’lumotlar bazalari statiskaning 
sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida 
(iqtisodchining AIJda) ishlashi bo’yicha xizmat imkoniyatlarining keng majmuasini 
beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa 
tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish ta’minlanadi: dialog usulida so’rovlar 
bajariladi va ma’lumotlar to’plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport vazifalari 
va eng ko’p tarqatilgan ADPning formatlaridan foydalanadi.
KMB dasturiy majmuasi yordamida respublika darajasida quyidagi ma’lumotlar 
bazalari yaratiladi: 
- statistik ma’lumotlarning ko’p sohali tezkor bazasi, ular o’z ichiga yuzlab 
ko’rsatkichlarni, ma’lumotlar bazalarining o’nlab bo’limlarini oladi. Ma’lumotlar 
bazasiga keyingi ikki joriy yil va o’tgan yillar statistik hisobotlarining ko’rsatkichlari 
kiritilgan, o’tgan yillar uchun ma’lumotlar arxivga joylashtiriladi; 
- to’plamlarni chiqarish va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash bo’yicha tartibga 
soluvchi ishlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan sohaviy MB (sanoat, moliya, 
savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar); 
- muammoli-muljallangan MB (umuman O’zbekiston va viloyatlar bo’yicha 
iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ta’riflovchi oylar bo’yicha 
indikatorlar). 
Respublika darajasida KMB muhitida ma’lumotlar bazasining shakllanishi, 
faollashuvi va faoliyat yuritishi maьlum texnologiya buyicha amalga oshadi. 
KMB muxitida ma’lumotlar bazasidan foydalanish sanoat va moliya buyicha 
statistik to’plam tayyorlash va raxbar idoralarga axborotlar berish muddatlarini 
qisqartirishga imkon beradi. 
KMB dasturiy majmuasi foydalanuvchilarni quyidagi vazifaviy imkoniyatlar 
bilan ta’minlaydi: 
- tartibga soluvchi so’rovlarni bajarish; 


181 
- jadvallarning chiquvchi shakllari maketlarini bayon qilish va tartibga 
solinmaydigan so’rovlar bo’yicha ma’lumotlarni olish; 
- olingan jadvallarning kataklarni tanlash va joylarini o’zgartirish orqali 
zamonaviylashtirish, berilgan formulalardan foydalanish bilan yangi hisoblangan 
kataklarni shakllantirish; 
- hisoblash ko’rsatkichlarini shakllantirish va olish; 
- ma’lumotlarni agregatsiyalash; 
- ma’lumotlarni Lotus 1-2-3, Excel va boshqa elektron jadvallar formatlarida 
eksport qilish. 
Ma’lumotlar bazalari ma’mur tomonidan ma’lumotlarga murojat qilishga 
tegishli parollar va huquqlar o’rnatilishi tufayli ruxsatsiz kirishdan himoyalangan. 
 
KMBni ishlab chikish asosida «mijoz-server» texnologiyasi tamoyillari 
yaratilgan, bu ma’lumotlar bazalarining katta xajmlari bilan ishlash va ma’lumotlarga 
tezkor murojat qilishda LXT sharoitlarida axborot ishlab chikishning yukori 
unumdorligini ta’minlaydi. 
Tayyor hujjatlar banki (THB). U ko’p bosqichli taqsimlangan tizimini yaratish 
uchun mo’ljallangan, u Statistika qo’mitasi va uning hududiy idoralari tomonidan 
hukumatning respublika, viloyat idoralari davlat statistika boshqarmalari hamda 
statistik axborotlardan foydalanuvchilar keng doiralarini zamonaviy texnologiyalar 
asosida 
statistik 
materiallar 
bilan 
tezkor 
ta’minlash 
maqsadida 
ishlab 
chiqiladi[34,35]. 
TXBda taqdim etilgan axborotlar to’liq matnli, jadvalli, Windows operatsion 
tizimiga o’tish bilan hujjat ko’rinishida taqdim etish grafik shaklga ega. THBning 
rubrikatori statistik, iqtisodiy-tahliliy, uslubiy, me’yoriy va boshqa tayyor hujjatlarni 
o’z ichiga oladi. 
THB telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatga ega, bu THBni 
aloqa kanallari bo’yicha boshqarishni va uning ma’lumotlar bazalari faollashuvini 
ta’minlaydi. Foydalanuvchiga respublika va mintaqaviy bosqichida foydalanuvchi 
ma’lumotlar bazalariga masofadan turgan holda kirishni taqdim etadi. 
THB SHKda ma’lumotlar bazalarini yaratish va olib borishning tejamkor 
texnologiyasini va axborot-telekommunikatsion uzeldan foydalanishni ta’minlaydi, 
foydalanuvchilar bilan telefon kanallari va mahalliy tarmoqda, hamda «on-line» 
usulida ishlashga imkon beradi. THB bilan ishlashda axborotlarni qidirish ko’p 
bosqichli rubrikator bo’yicha tabiiy tilda amalga oshiriladi; foydalanuvchi so’roviga 
javob berish bio sekunddan oshmaydi; bundan tashqari saqlanayotgan axborotlarni 
qiskartirilishning yuqori darajasiga erishiladi.
 
Iqtisodiy tahlil vazifalarini echishni tashkil qilish. Iqtisodiy tahlilning vazifalari 
bu tahliliy ma’lumotlarni axborot texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan 
holda yo’lga qo’yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari 
iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishi doimiy va har tomonlama o’rganiladi. 
Tahliliy majmualarda qo’llaniladigan ADP tarkibiga «Olimp», «Mezozavr» va 
boshqalar kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi. 
«Olimp» amaliy dasturiy paketi. «Olimp» paketi ma’lumotlarni statistik usullar 
asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo’ljallangan. «Olimp» standart 
konfiguratsiyali IBM PC turidagi SHKda va MS DOS operatsion tizimi boshqaruvi 


182 
ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistik sohadagi ekspertlar foydalanishi 
mumkin. Hozirgi paytda “Olimp” statistik tahlil va ma’lumotlar asosida bashoratlash 
uchun mo’ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir. 
ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi: 
- NCALC elektron jadvali; 
- AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqtqotlar so’rovlarini 
tayyorlash va kiritish dasturi. 
Vazifaviy nuqtai-nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar muharriri, 
ma’lumotlarni grafik ko’rinishida aks ettirish vositalari va o’zgartirish utilitlari 
hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari. 
Ma’lumotlar muharriri dastlabki ma’lumotlarni kiritish, ko’rib chiqish va tahrir 
qilishni ta’minlaydi. 
Ma’lumotlarni grafik ko’rinishida aks ettirish vositalari ekranga turli grafiklarni 
chiqarish hamda ularni bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga 
imkon beradi. 
Ma’lumotlarni o’zgartirish utilitalari ma’lumotlarning matematik o’zgarishlarini, 
navlarga ajratishning har xil turlarini, ma’lumotlarni agregatsiyalashni bajaradi. 
«Olimp» ADP dasturlari bilan statistik tahlilining quyidagi usullari amalga 
oshiriladi: korrelyatsion, regression, dispersion, diskriminantli, omilli va komponentli 
qatorlar bog’liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar. Dinamik ma’lumotlarni 
tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi:

dinamik regressiyaning modellari; 

chiziqli regressiya asosida bashoratlash modellari; 

garmonik, spektrli tahlil va chastotali filьtrlash modellari. 
Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalarning matritsasi, xususiy 
korrelyatsiyalar 
matritsasi 
hamda 
ko’plikdagi 
korrelyatsiya 
koeffitsientlari 
hisoblanadi. 
Regression tahlil asosida bog’liqliklar: to’g’ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to’g’ri 
chiziqli bo’lmagan shakllarini belgilash vazifasi echiladi. 
Komponentli va omilli tahlillar – ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi statistik 
usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish 
hisoblash nuqtai nazaridan o’zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o’zgarishlar 
orasidagi tarkibiy bog’liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida 
dastlabki ma’lumotlarda bo’lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa 
bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o’zgaruvchilarni komponentli tahlilga nisbatan 
o’zgartirishning umumiyroq usulidan iborat bo’ladi va uning vazifasiga umumiy 
omllar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash kiradi. 
Vaqtli qatorlar tahlili statistik ta’riflarni hisoblash, 16 vazifa bo’yicha 
o’sishlarining tahlili va ba’zi moslashtirilgan parametrik modellarni o’z ichiga oladi. 
Dinamik qator avtokorrelyatsiyasi tahlili avtokorrelyatsiya grafika yordamida 
bajariladi. O’sish egri chiziqlarini hisoblash juft regressiyani qurish sifatida ko’rib 
chiqiladi, unda vaqt asosiy o’zgaruvchi bo’ladi. 
CHuqurlashtirilgan tahlil bashoratlashning moslashtirilgan va mavsumiy 
usullarini qo’llashni ko’zda tutadi. CHastotali tahlil vazifalarini echish uchun 
chastotali filьtrlash, garmonik tahlil va spektrli tahlil usullaridan foydalaniladi. 


183 
AIT dasturiy vositasi so’rovlar tizimini shakllantirish va ushbu so’rovnomalar 
bo’yicha ma’lumotlarni kiritishga mo’ljallangan. AITda noyob foydalanish interfeysi 
amalga oshirilgan, u AIT bilan ishlashning tez va oson o’zlashtirish imkoniyatini 
beradi. 
«Mezozavr» amaliy dasturiy paketi. Paket interaktiv rejimdagi IBM PC XT/AT 
shaxsiy kompyuterida ishlaydi, uning asosiy belgilanishi – vaqtli qatorlarning 
tahlilini o’tkazishdir. Tadqiqotchi xohishiga ko’ra mavjud raqamli axborotlarni ishlab 
chiqishning turli usullarini qo’llab va bunda olinadigan natijalar, ularning 
o’xshashligini tahlil qilish bilan “sinab ko’rish” zarur bo’lgan vaziyatga e’tibor 
beriladi. Paket tufayli bunday tadqiqotlar g’oyatda tezkor va samarali o’tadi. 
“Vaqtli qator” deganda vaqt davomida qadamba-qadam qilingan ba’zi bir 
raqamli 
ta’riflar 
orasida 
kuzatishning 
izchilligi 
tushiniladi. 
Iqtisodiyotda 
makroiqtisodiyot darajasidagi bunday ma’lumotlarga har yillik, har choraklik, har 
oylik ishlab chiqarish, etkazib berishlar, tashishlar, iste’mol hajmlari, narxlarning 
indekslari va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, korxona darajasida mahsulot 
ishlab chiqarish hajmlari, xarajatlar, resurslar sarflanishi, sifat ta’riflarining 
evolyutsiyasi va boshqalar misol bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
ADP vaqtli qatorlar tahlili bo’yicha quyidagi asosiy tadbirlarni: silliqlash, 
filьtrlash, hamda har xil regression bog’liqliklarni amalga oshiradi. Barcha tadbirlar 
turli shakllarni o’rnatish, grafikning istalgan parchasini oshirish imkoniyati kabi 
interaktiv imkoniyatlarning katta soniga ega qudratli grafik qo’llab-quvvatlash bilan 
ta’minlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, statistika sohasidagi zamonaviy AAT va AATexni keng 
tadbiq etish barcha hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi, mehnattalablikni kamaytiradi 
va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish