• Mavzu: Tayyor mahsulotlarni qayd etish axborot tizimi Bajardi
  • KIRISH
  • Axborot tizimlari va texnalogiyalari




    Download 1,23 Mb.
    bet1/7
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #148386
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Narzikulov Nodirbek Kurs ishi 222


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
    OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

    AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
    AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNALOGIYALARI” kafedrasi

    KURS ISHI
    DASTURIY INJINIRING” FANIDAN

    Mavzu: Tayyor mahsulotlarni qayd etish axborot tizimi


    Bajardi: Narzikulov Nodirbek Hamrobek o‘g‘li
    Kurs ishi rahbari:Normatov Nizomiddin Kamoliddin o‘g‘li


    Jizzax – 2023
    MUNDARIJA



    KIRISH 3
    I BOB. TAYYOR MAHSULOTLARNI QAYD ETISH ISHLANMASI 9
    1.1 Sanoat standartlari 9
    II BOB. VISUAL STUDIO MUHITIDA ISHLASH, C# AFZALLIKLARI 12
    2.1 Loyihaning ishlab chiqishda dasturiy vositalar tasnifi 12
    2.2 Loyihaning yaratilish qismi bilan tanishish 18
    III BOB. DASTUR ISHLANMASINING KO‘RINISHI 22
    3.1 Dasturning ketma ket bajarilishi ko‘rinishi 22
    XULOSA 26
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27
    Internet saytlari 27
    ILOVALAR 28



    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda oxirgi yillarda innovatsion jarayonni jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g’risidagi farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy oʻsishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot oʻzgarishiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Innovatsiya ishlab chiqarishni va barcha sohalarni modernizatsiyalashga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Samarali innovatsion faoliyat nafaqat ishlab chiqarish strategiyasi, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi. Innovatsiya deb yangi koʻrinishda mahsulot, tovar, ish, xizmat, uslub yaratilishini yoki takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonining yangi koʻrinishi joriy qilinishini yoki ushbu jarayonning takomillashtirilishini, biznesni yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishini, ish oʻrinlari tashkil etishni, boshqaruvni yoki tashqi aloqalar oʻrnatilishini oʻzida mujassamlashtirgan innovatsiyaviy faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi. Innovatsiyalar turli sohalar rivojiga o’z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu kurs ishi davlatimizda fuqarolarni onlayn tarzda olish imkoniyatini taqdim etuvchi C# va WinForms asosidagi pasport stoli tizimi tuzildi. Foydalanuvchilar, chiroyli va tushunarli interfeys orqali uydan chiqmagan holda ariza yuborishlari va oʻz ma'lumotlarini toʻldirishlari mumkin. Tizim malumotlarni xavfsiz va maxfiy ravishda saqlaydi.
    Ma’lumki, XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri boʻladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun singib bormoqda. Muxtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov soʻzlari bilan aytganda, “Hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor boʻlib borayotgani haqida gapirib oʻtirishga hojat yoʻq”.
    Darhaqiqat, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, “Fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yoʻnalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday boʻlishini koʻrsatib berishdan iborat Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil boʻlmagan millatning kelajagi yoʻqligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch, vosita boʻlmogʻi lozim”.
    Zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat oʻynashdan tortib, tibbiy tashxis qoʻyish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “oʻqib”, mazmunini soʻzlab berish, she‘r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi. Hayotimizda ilm-fan, texnika,zamonaviy texnologiyalarning jadal suratda kirib kelishi boshqa koʻp sohalar qatorida ta‘lim sohasida ham yangi qarashlar, uslublar va texnologiyalarni yuzaga keltirdi. Oʻzbеkiston Rеspublikasi 7 Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi «2001-2005 yillarda kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini rivojlantirish, «Intеrnеt»ning xalqaro axborot tizimlariga kеng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish choratadbirlari toʻgʻrisida»gi 230-sonli1, 2002 yil 30 maydagi «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi Prеzidеntning farmoni, mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002- 2010 yillarda kompyutеrlashtirish va axborot-tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalarini rivojlantirish dasturi» toʻgʻrisidagi Qarori e‘lon qilindi.
    Rеspublikаmizdа оlib bоrilаyotgаn islоhоtlаrning tаqdiridа yuqоri mаlаkаli mutахаssislаrning rоli bеnihоya kаttаdir. Prеzidеntimiz tа‘kidlаgаnlаridеk: “Ertаngi kun yangichа fikrlаy оlаdigаn, zаmоnаviy bilimgа egа boʻlgаn yuksаk mаlаkаli mutахаssislаrni tаlаb etаdi”. Shu sаbаbli хаlqimizning bоy intеllеktuаl mеrоsi vа umumbаshаriy qаdriyatlаri, zаmоnаviy mаdаniyat, iqtisоdiyot, fаn, tехnikа vа tехnоlоgiyalаr аsоsidа еtuk mutахаssislаr tаyyorlаsh tizimi ishlаb chiqildi vа jаdаl sur‘аtlаr bilаn hаyotgа tаtbiq etilmоqdа.
    Tа‘lim tizimidаgi chuqur vа kеng koʻlаmli islоhоtlаrning mаzmuni vа аmаlgа оshirish muddаtlаri Oʻzbеkistоn Rеspublikаsining «Tа‘lim tugʻrisidа»gi qоnun vа «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа oʻz ifоdаsini tоpgаn. Jumlаdаn, «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа tа‘killаngаnidеk, «kаdrlаr tаyyorlаsh tizimi vа mаzmunini mаmlаkаtning ijtimоiy vа iqtisоdiy tаrаqqiyoti istiqbоllаridаn, jаmiyat ehtiyojlаridаn, fаn, mаdаniyat, tехnikа vа tехnоlоgiyaning zаmоnаviy yutuqlаridаn kеlib chiqqаn hоldа qаytа qurish» lоzim.
    Axborot texnologiyalari rivojlanishini jamiyatda kompyuter mutaxassislari oldiga koʻplab muammolari qoʻyilmoqda . Shu muammolardan biri intellektual tizimlarni yaratishdir.
    Qadim zamonlardan bilamizki juda koʻp izlanishlar olib borilgan. XIII-XV asrlarda hisoblash texnikasining asoslari yaratilib XX asrga kelib shunday hisoblash mashinalari yaratildi.
    Haqiqatda ham intellektual tizimlar borasida dunyoda juda koʻplab ishlar qilinmoqda. Buning isboti sifatida Intellektual.ru saytini misol qilib aytish mumkin. Respublikamiz olimlaridan U.Yuldashev koʻp yillardan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi intellektual tizimlarni ishlab chiqish sohasidagi ishlarni olib bormoqda. Yana bir olimlardan Sh.Nazarov matematika va axborot texnologiyalari institutida intellektual tizimlarni yaratish boyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bu ilmiy tadqiqot ishlari eski dasturlash tillarida yaratilganligini aytish mumkin. Hozirgi kunda dasturlash tillarining yangi avlodlari boʻlganligi uchun yangi intellektual tizimlarni yaratish kerak.
    Bu mashinalar oʻsha vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga oshirgan boʻlsa, hozirgi kundagi hisoblash mashinalari juda koʻp sohalarda qoʻllanilmoqda.
    Oʻzbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli sohada tub oʻzgarishlar roʻy bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda.
    Oʻzbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi koʻzda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shugʻullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi vazifalar toʻliq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga oʻtdi.
    Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
    Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tugʻiladi. Shunday ekan, Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydi”.
    Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilgʻor ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
    Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.

    Download 1,23 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari va texnalogiyalari

    Download 1,23 Mb.