|
Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?
|
Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 15,71 Kb. | | #132969 |
Bog'liq Savollar
«Elektron hukumat» nima?
JAVOB: Axborotlarga elektron ishlov berish, uzatish va tarqatish vositalari asosida davlatni boshqarish tizimi
Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?
JAVOB: Yuridik yoki jismoniy shaxslar
Maxfiy axborot bu:
JAVOB: Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yilgan hujjatlashtirilgan axborot
Davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro’yhatdan o’tkazish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
JAVOB: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Operatsion tizim – bu:
JAVOB: Kompyuterning barcha qurilmalarini o‘zaro ishlashini va ularni ishlatishga foydalanuvchilarga ruxsat beruvchi dasturlar to’plami
Kompyuter qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi darsturlar qanday nomlanadi?
JAVOB: Drayver
Faylni savatga tushirmagan holda qanday qilib o’chirib tashlash mumkin?
JAVOB: Fayl belgilanadi, SHIFT tugmasi bosiladi va uni qo’yib yubormagan holda DELETE tugmasi bosiladi.
Microsoft Word dasturida CTRL tugmasini bosib sichqoncha g`ildiragi aylantirilsa nima sodir bo’ladi?
JAVOB: Hujjat masshtabi o’zgaradi
Davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari ushbu organning rasmiy saytiga qaysi muddatda joylashtirilishi zarur?
JAVOB: Besh ish kunidan kechikmay
Axborotni vizual tasvirlash uchun mo’ljallangan qurilma qanday nomlanadi?
JAVOB: Monitor (displey)
|
| |