AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI VA KELAJAGI




Download 2.58 Mb.
bet46/46
Sana31.01.2023
Hajmi2.58 Mb.
#40332
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
AAAAAAAAAAAAAAAAaa
4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
25. AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI VA KELAJAGI.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan boshlab ommaviy ravishda o‘qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o‘quvchilar ko‘nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir. Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. Ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad - ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng ko‘lamda joriy qilish quyidagilarni beradi: o‘quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan qidirib topishga ketadigan vaqtning qisqarishi; elektron o‘quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishni tez-ashtirilishi; talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha vaqtning ajratilishi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonida qo‘llashning istiqbollari bo‘lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o‘qishga nisbatan interaktiv ma’ruzalarda talabalar o‘qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo‘lib, unda o‘quv materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo‘ladilar. Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiytexnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animasiya (multiplikasiya) ko‘rinishdagi axborotlarni turli xis etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o‘qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. O‘qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchidan shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari bunday ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi. Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari (AT) keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Shubhasiz, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir.Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog‘idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o‘zbelgilashdagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Maktabdagi ta’lim 38 jarayonida o‘quvchilar AT yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob’ektlarni va ma’lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o‘rganadi. O‘quvchilar axborot yig‘ishning yangi usullarini,ulardan foydalanishni o‘rganishadi, ularning dunyoqarashi kengayadi. Darslarda AT ning ishlatilishi o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini, o‘quvchilarning qiziquvchanligini , mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter AT bilan birgalikda ta’lim sohasida, o‘quvchilarning o‘qish va ijodkorligida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ilk bor ta’lim AT shaxsning bo‘lajak kasbining asosiy instrumenti bo‘ladigan vaziyat vujudga keladi. Ta’lim xaqiqattan ham hayotimizga butun hayot faoliyati davomida kirib kelaveradi.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo‘nalishlari uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar. Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketmaketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Bo‘lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari bo‘lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Gap, talabalarni u yoki bu fanlarda ularning induvidual imkoniyatlarini, 39 talablarini va ularning oldida turgan muammolarni birgalikda munozara, loyihalash hamda olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish orqali, nostandart yechimlarni topish kabilarni ishlab chiqishga yondashish ustida ketayapti. Kelajak pedagoglarini tayyorlaydigan bilim yurtlarida, juda muhim an’anaviy auditoriya shaklidagi ish olib borish vaziyati ham yangi mazmun bilan boyitiladi, chunki axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash natijasida tejalgan vaqt, pedagoglarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarining mutaxassislik malakalarini yanada oshirish uchun juda zarur bo‘lgan shaxsiy muloqotlari uchun qoladi.

1



Download 2.58 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Download 2.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI VA KELAJAGI

Download 2.58 Mb.