|
Axborot xavfsizligi ta’minlash usullari. Risqulov Bahodir
|
bet | 1/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #140175 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi ta’minlash usullari.pptm Axborot xavfsizligi ta’minlash usullari. Risqulov Bahodir Reja: - Axborot xavfsizligi.
- Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari.
- Axborot xavfsizligi ta'minlashda asosiy tushunchalar.
- Virus va antivirus.
Axborot xavfsizligi nima? Sizga ta'luqli bo'lgan, begonalar bilmasligi kerak bo'lgan har qanday shakldagi ma'lumotning xavfsiz saqlanishi axborot xavfsizligi deyiladi. Axborot tushunchasi har qanday shakldagi ma'lumotni anglatishi mumkin. Telefoningizdagi parol, pasportingizdagi ma'lumotlar, kompyuteringizdagi xujjatlar, stolingiz tortmasida turgan maxfiy ish xujjatlari, qog'oz xat orqali va messenjerlardagi yozishmalar, telefon so'zlashuvlari tarixi, har qanday ovozli yozuv va video tasvirlar axborot shakllariga ba'zi misollar bo'lishi mumkin. O'zingizga tegishli har qanday shaxsiy axborotni Zamonaviy dunyoda axborot xavfsizligi eng birinchi o'rinda e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlardan biri hisoblanadi. Axborot xavsizligi Siz, oilangiz yoki faoliyatingizga aloqador har qanday shaxsiy ma'lumot bugungi kunda g'araz niyatli kishilar qo'liga tushsa juda kuchli qurolga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va televideniyada internet orqali shaxsiy ma'lumotlarning tarqalishiga yoki o'g'irlanishiga bog'liq jinoyatlar ko'p yoritilmoqda. Tafsilotlarga e'tibor bersangiz, bir qarashda ahamiyatsiz deb bilingan kichik ma'lumotlar kishilarga ma'naviy, ruhiy va moddiy zarar yetkazayapti. Ko'ngilsizliklarning oldini olish uchun har bir kishi o'zi uchun shaxsiy va oilaviy/jamoaviy axborot xavfsizligi haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Internet texnologiyalarining hozirgi rivojlanish davrida esa axborot xavfsizligi nafaqat kattalar, balki bolalarga ham mukammal o'rgatilishi kerak bo'lgan soha bo'lib qolmoqda.
1
Ma'lumotni yashirish
Ma'lumotni yo'q qilish
2
Tizim elementlariga kirishni tartibga solish
Ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish
3
Tizim elementlaridan foydalanishni tartibga solish
Tizim elementlarini boshqarish
Axborot xavfsizligini vazifalari
|
| |