116
Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonli funksiyalar ko‘rinishi bo‘yicha
farqlash mumkin. Bularning ichida RSA, El-Gamal va Mak-Elis tizimlarini aloxida
tilga olish o‘rinli. Hozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash
algoritmi sifatida RSA algoritmini ko‘rsatish mumkin. RSA nomi algoritmni
yaratuvchilari familiyalarining birinchi xarfidan olingan (Rivest, Shamir va
Adleman).
Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko‘tarish amalidan foydalanishga
asoslangan. Algoritmni quyidagi qadamlar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalash
mumkin.
1-qadam. Ikkita 200dan katta bo‘lgan tub son p va q tanlanadi.
2-qadam.Kalitning ochiq tashkil etuvchisi n hosil qilinadi
n=p*q.
3-qadam.Quyidagi formula bo‘yicha Eyler funksiyasi hisoblanadi:
f(p,q)=(p-1)(q-1).
Eyler funksiyasi n bilan o‘zaro tub, 1 dan n gacha bo‘lgan butun musbat
sonlar sonini ko‘rsatadi. O‘zaro tub sonlar deganda 1 dan boshqa birorta umumiy
bo‘luvchisiga ega bo‘lmagan sonlar tushuniladi.
4-qadam.f(p,q)qiymati bilan o‘zaro tub bo‘lgan katta tub son
d tanlab
olinadi.