• Teskari bog‘lanishli gammalash
  • Axborot xavfsizligi




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/191
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #101187
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   191
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi222

    Gammalash algoritmida dastlabki bitlarning ketma-ketligi gammaning 
    bitlari ketma-ketligi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. Gamma oddiy almashtirish 
    algoritmiga binoan hosil qilinadi. Gammani shakllantirishda ikkita maxsus 
    doimiylardan hamda 64-xonali ikkili ketma-ketlik sinxroposilkadan foydalaniladi. 
    Axborotni faqat sinxroposilka borligida rasshifrovka qilish mumkin.
    Sinxroposilka maxfiy bo‘lmaydi va ochiqholda kompyuter xotirasida 
    saqlanishi yoki aloqa kanali orqali uzatilishi mumkin. 
    Teskari bog‘lanishli gammalash algoritmi gammalash algoritmidan faqat 
    shifrlash jarayonining birinchi qadamidagi harakatlar bilan farqlanadi.
    Imitovstavka noto‘g‘ri axborotni zo‘rlab kiritilishidan himoyalashda 
    ishlatiladi. Imitovstavka dastlabki axborot va maxfiy kalitni o‘zgartirish funksiyasi 
    hisoblanadi. U k bit uzunlikdagi ikkili ketma-ketlikdan iborat bo‘lib, k ning 
    qiymati noto‘g‘ri axborotning zo‘rlab kiritilishi ehtimolligi R
    zk
    bilan quyidagi 
    munosabat bilan bog‘langan. 
    R
    zk
    =
    k
    2
    1
    Imitostavkani shakllantirish algoritmi quyidagi xarakatlarning ketma-
    ketligidan iborat. Ochiq axborot 64 bitli T(i) (i=1,2,3,....,m) bloklarga ajratiladi, bu 
    erda m-shifrlanuvchi axborot xajmi orqali aniqlanadi. Birinchi blok T(1) oddiy 
    almashtirish algoritmining birinchi 16 iterasiyalariga binoan o‘zgartiriladi. Kalit 
    sifatida dastlabki axborot shifrlanishda ishlatiladigan kalit olinadi. Olingan 64 bitli 
    ikkili so‘z ikkinchi blok T(2) bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. T(1) blok ustida 
    qanday iterasiya o‘zgartirishlari bajarilgan bo‘lsa jamlash natijasi ustida ham 
    shunday o‘zgartirishlar amalga oshiriladi va oxirida T(3) blok bilan mod2 bo‘yicha 
    jamlanadi. Bunday xarakatlar dastlabki axborotning m-1 bloki bo‘yicha 
    takrorlanadi. Agar oxirgi T(m) blok to‘liq bo‘lmasa, u 64 xonagacha nollar bilan 
    to‘ldiradi. Bu blok T(m-1) blok ishlanish natijasi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi va 
    oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16 iterasiyalari bo‘yicha o‘zgartiriladi. 
    Hosil bo‘lgan 64 xonali blokdan k bit uzunlikdagi so‘z ajratib olinadi va bu so‘z 


    107 
    imitovstavka hisoblanadi. 
    Imitovstavka shifrlangan axborotning oxiriga joylashtiriladi. Bu axborot 
    olingandan so‘ng, u rasshifrovka qilinadi. Rasshifrovka qilingan axborot bo‘yicha 
    imitovstavka aniqlanadi va olingani bilan solishtiriladi. Agar imitovstavkalar mos 
    kelmasa, rasshifrovka qilingan axborot noto‘g‘ri deb hisoblanadi.

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish