Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot himoyasi va uning turlari




Download 164,24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.12.2023
Hajmi164,24 Kb.
#113492
Bog'liq
1-mavzu



Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot himoyasi 
va uning turlari. 
REJA 
1. Axborot xavfsizligi muammosi  
2. Fakt va raqamlar. 
3. Axborot xavfsizligini ta'minlash yo’nalishlari 
4. Amaliy tavsiyalar 
5. Simmetrik va nosimmetrik kriptografik tizimlar 
6. Kriptotizimlar asosida tuzilgan aloqa tarmog'ida foydalaniladigan 
kalitlar soni. 
7. Simmetrik va nosimmetrik kriptotizimlardan birga foydalanish 
amaliyoti. 


1. Axborot xavfsizligi muammosi 
Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo'l bilan 
axborot olish imkoniyatlarini hamma uchun-oddiy fuqarodan tortib yirik 
tashkilotlargacha misli ko'rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, 
fan-ta'lim muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron 
shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan 
katta qulayliklar tug'diradi: saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va 
tarmoq orqali boy ma'lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. 
Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez 
ko'payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat sohalarida bugun axborotni o'zining 
eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va hamma bilishi 
mumkin bo'lgan axborot haqida gap borganda o'ta ijobiy hodisa. Lekin 
pinhona(konfidentsial) va maxfiy axborot oqimlari uchun Internet texnologiyalari 
qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muhitida 
axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshdi: 
Axborot o'g'irlash 
Axborot mazmunini buzib qo'yish, egasidan iznsiz o'zgartirib qo'yish
Tarmoqqa va serverlarga o'g'rincha suqulib kirish 
Tarmoqqa tajovuz qilish: avval qo'lga kiritilgan transaktsiya(amallarning yaxlit 
ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo'yin 
tovlash" , jo'natmalarni ruxsat berilmagan yo'l orqali yo'naltirish. 
Axborot xavfsizligini ta'minlash quyidagi uch asosiy muammoni yechishni nazarda 
tutadi. Bular: 
Pinhonalik(Confidentiality) 
Butunlik(Integrity) 
Qobillik(Availability) 
2. Fakt va raqamlar. 
AQSH dagi kompyuter xavfsizligi instituti va FBR tomonidan kompyuter 
jinoyatlari bo'yicha 1999 yilda o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra so'rovda 
qatnashgan tashkilotlarning 57 foyizi Internet bilan ulanish joyi "ko'pincha 
tajovuzlar tashkil etiladigan joy" deb, 30 foyizi ularning tarmog'iga suqulib kirish 
yuz berganini, 26 foyizi esa tajovuz vaqtida pinhona axborotni o'g‘irlash sodir 
bo'lganini ma'lum qilishgan. AQSH kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash Federal 


markazi - FedCIRC ma'lumotlariga ko'ra 1998 yilda 1100000 kompyuterli 130000 
ga yaqin davlat tarmoqlari tajovuzga duchor bo'lgan. 
"Kompyuter tajovuzi" deganda kishilar tomonidan kompyuterga beruxsat kirish 
uchun maxsus dasturni ishga tushirishni nazarda tutiladi. Bunday tajovuzlarni 
tashkil etish shakllari har xil. Ular quyidagi turlarga bo'linadi 
Kompyuterga olisdan kirish: Internet yoki intranetga kimligini bildirmay kirishga 
imkon beruvchi dasturlar 
O'zi ishlab turgan kompyuterga kirish: kompyuterga kimligini bildirmay kirish 
dasturlari asosida. 
Kompyuterni olisdan turib ishlatmay qo'yish: Internet (yo tarmoq) orqali olisdan 
kompyuterga ulanib, uning yoki uni ayrim dasturlarining ishlashini to'xtatib 
qo'yuvchi dasturlar asosida(ishlatib yuborish uchun kompyuterni qayta ishga solish 
yetarli). 
O'zi ishlab turgan kompyuterni ishlatmay qo'yish: ishlatmay qo'yuvchi dasturlar 
vositasida. Tarmoq skanerlari: tarmoqda ishlayotgan kompyuter va dasturlardan 
qay biri tajovuzga chidamsizligini aniqlash maqsadida tarmoq haqiqatda axborot 
yig'uvchi dasturlar vositasida. 
Dasturlarning tajovuzga bo'sh joylarini topish: Internetdagi kompyuterlarning katta 
guruhlari orasidan tajovuzga bardoshsizlarini izlab qarab chiquvchi dasturlar 
vositasida.
Parol ochish: parollar fayllaridan oson topiladigan parollarni izlovchi dasturlar 
vositasida. 
Tarmoq tahlilchilari (snifferlar): tarmoq trafikini tinglovchi dasturlar vositasida. 
Ularda foydalanuvchilarning nomlarini, parollarini, kredit kartalari nomerlarini 
trafikdan avtomatik tarzda ajratib olish imkoniyati mavjud. 
Eng ko'p yuz beradigan tajovuzlar quyidagi statistikaga ega: 
1998 yili NIST tomonidan o'tkazilgan 237 kompyuter tajovuzining tahlili 
Internetda e'lon qilingan: 
29 % tajovuzlar Windows muhitida yuz bergan.
Saboq: Faqat Unixgina xatarli emas ekan. 


20% 
tajovuzlarda 
tajovuz 
qilganlar 
olisdan 
turib 
tarmoq 
elementlari(marshrutlovchilar, kommutatorlar, xostlar, printerlari brandmauer) 
gacha yetib borganlar.
Saboq: xostlarga olisdan turib bildirmay kirish bot-bot yuz beradi. 
5% tajovuzlar marshrutlovchilarga va brandmauerlarga qarshi muvaffaqiyatli 
bo'lgan.
Saboq: Internet tarmoq infrastrukturasi tashkil etuvchilarining kompyuter 
tajovuzlariga bardoshi yetarli emas. 
4% tajovuzlarda Internetda tajovuzga bardoshi bo'sh xostlarni topish uchun 
uyushtirilgan. 
Saboq: Tizim administratorlarining o'zlari o'z xostlarini muntazam skanerlab 
turganlari ma'qul. 
3% tajovuzlar web-saytlar tomonidan o'z foydalanuvchilariga qarshi uyushtirilgan.
Saboq WWWda axborot izlash xavfsiz emas. 
Internetda 1999 y. mart oyida eng ommaviy bo'lgan kompyuter tajovuzlari . 
Sendmail(eng eski dastur), ICQ(murakkab "Sizni izlayman"dasturi, undan 26 
millionga yaqin kishi foydalanadi), Smurf(ping- paketlar bilan ishlaydigan dastur), 
Teardrop(xatolarga sezgir dastur), IMAP(pochta dasturi), Back Orifice(troyan ot, 
Windows 95/98ni olisdan boshqarish uchun), Netbus( Back Orifice ga o'xshash), 
WinNuke (Windows 95ni to'la to'xtatib qo'yaoladi )i Nmap(skanerlovchi dastur) 
bilan bo'lgan. 
WinNuke, Papa Smurf i Teardrop dasturlari vositasida niyati buzuq kimsalar 
sizning kompyuteringizga tajovuz qilib ziyon yetkazishlari mumkin. 
3. Axborot xavfsizligini ta'minlash yo'nalishlari 
NIST 7498-2 xalqaro standarti asosiy xavfsizlik xizmatlarini belgilaydi. Uning 
vazifasiga ochiq tizimlar aloqasi modelining xavfsizlik yo’nalishlarini aniqlash 
kiradi. Bular: 
Autentifikatsiya. Kompyuter yo tarmoq foydalanuvchisining shaxsini tekshirish; 
Kirishni boshqarish(Access control). Kompyuter tarmog‘idan foydalanuvchining 
ruxsat etilgan kirishini tekshirish va ta’minlash; 


Ma’lumotlar butunligi. Ma’lumotlar massivi mazmunini tasodifiy yo qasddan 
beruxsat 
usullar 
bilan 
o‘zgartirishlarga 
nisbatan 
tekshirish;
Axborot pinhonaligi. Axborot mazmunini iznsiz oshkor bo‘lishdan himoyalash 
Inkor eta olinmaslik(Neoproverjimost). Ma’lumotlar massivini jo‘natuvchi 
tomonidan uni jo‘natganligini yoki oluvchi tomonidan uni olganligini tan olishdan 
bo‘yin tovlashining oldini olish. 
Ko‘plab qo‘shimcha xizmatlar (audit, kirishni ta’minlash) va qo‘llab-quvvatlash 
xizmatlari (kalitlarni boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash, tarmoqni boshqarish) 
mazkur asosiy xavfsizlik tizimini to‘ldirishga xizmat qiladi. Web tugunining to‘la 
xavfsizlik tizimi barcha yuqorida keltirilgan xavfsizlik yo’nalishlarini qamrab 
olgan bo’lishi shart. Bunda tegishli xavfsizlik vositalari (mexanizmlari) dasturiy 
mahsulotlar tarkibiga kiritilgan bo‘lishi lozim. 
Autentifikatsiyalashni takomillashtirish qayta ishlatiladigan parollarga xos 
kamchiliklarni bartaraf etishni, shu maqsadda bir martagina ishlatiladigan parol 
tizimidan tortib identifikatsiyalashning yuqori texnologik biometrik tizimlarigacha 
qo‘llashni nazarda tutadi. Foydalanuvchilar o‘zlari bilan olib yuradigan predmetlar, 
masalan, maxsus kartochkalar, maxsus jeton yoki disketa ancha arzon ham xavfsiz. 
Noyob, modul kodi himoyalangan dastur moduli ham bu maqsadlarda qulay. 
Oshkor kalitlar infratuzilmasi ham Web – tugun xavfsizligining ajralmas qismi. 
Autentifikatsiya, ma’lumot butunligi va axborot pinhonaligi(konfidentsialligi)ni 
ta’minlash uchun ishlatiladigan taqsimlashga n tizim(odamlar, kompyuterlar), 
Ochiq kalit infrastrukturali (sertifikat nashrchisi) elektron sertifikatni e’lon qiladi. 
Unda foydalanuvchi identifikatori, uning ochiq kaliti, xavfsizlik tizimi uchun 
qandaydir qo‘shimcha axborot va sertifikat nashr etuvchisining raqamli imzosi bor. 
Ideal variantda bu tizim Yer yuzining har qanday ikki nuqtasidagi foydalanuvchi 
uchun sertifikatlar zanjirini tuzib beradi. Bu zanjircha kimgadir maxfiy xatni 
imzolash, hisob bo‘yicha pul o‘tkazish yoki elektron kontrakt tuzish uchun, boshqa 
kishi uchun – hujjat manbaini va imzolovchi shaxsning aslini tekshirib bilish 
imkonini beradi. NIST bir necha boshqa tashkilotlar bilan bu yo‘nalishda ish olib 
bormoqda. 
Internetga ulangan tarmoqlar xakerlarning tajovuzi tufayli ochiq muloqotga xalal 
bersa xam brandmauerlar o‘rnatib oldilar. 
PGP ga o‘xshash mukammal dasturlar bo‘lmaganda ochiq tarmoq bo‘lishi ham 
mumkin bo‘lmas edi. 


4. Amaliy tavsiyalar 
Tarmoqni kompyuter tajovuzlaridan himoyalash doimiy va o'z-o'zidan 
yechilmaydigan masaladir. Lekin qator oddiy himoya vositalari yordamida 
tarmoqqa suqulib kirishlarning ko'pchiligini oldini olish mumkin. Masalan yaxshi 
konfiguratsiyalangan 
tarmoqlararo 
ekran 
va 
harbir 
ish 
stantsiyalari(kompyuterlar)da o'rnatilgan virusga qarshi dasturlar ko'pchilik 
kompyuter tajovuzlarini barbod etadi. 
Quyida Intranetni himoyalash bo'yicha 14 amaliy tavsiya bayon etilgan.
Xavfsizlik siyosati lo'nda va aniq qo'yilishi lozim. Intranet tarmog‘i xavfsizligi 
bo‘yicha yorqin va sobit qadamlik bilan qo‘yilisini ta'minlaydigan qoidalar va 
amallar bo’lishi lozim. 
Tarmoq xavfsizligi tizimi uning eng bo'sh joyi qanchalik kuchli himoyalangan 
bo'lsa shu qadar kuchlidir. Agar bir tashkilot doirasida turli xavfsizlik siyosatlariga 
ega bo'lgan bir necha tarmoq mavjud bo'lsa bir tarmoq boshqa tarmoqning yomon 
xavfsizligi tufayli obro'sini yo'qotishi mumkin. Tashkilotlar shunday xavfsizlik 
siyosatini qabul qilishlari lozimki, kutilgan himoya darajasi hamma yerda bir xil 
amalga oshsin. Siyosatning eng ahamiyatli tomoni brandmauerlar orqali 
o'tkaziladigan trafiklarga yagona talab ishlab chiqilishidir. Shuningdek siyosat 
tarmoqda qaysi himoya vositalari (masalan, tajovuzlarni payqash vositalarimi yoki 
qaltis joylar skanerlarimi)va ular qanaqa ishlatilishi lozimligini belgilashi, yagona 
xavfsizlik darajasiga erishish uchun kompyuterlarning har xil turlari uchun standart 
xavfsiz konfiguratsiyalar belgilanishi shart. 
Brandmauer (Tarmoqlararo ekran, inglizcha-firewalls,) qo'llash lozim. Bu 
tashkilotning eng asosiy himoya vositasidir. Tarmoqqa kiruvchi, undan chiquvchi 
trafik(axborot oqimi)ni nazorat qiladi. U trafikning biror turini to'sib qo'yishi yo 
tekshirib turishi mumkin. Yaxshi konfiguratsiyalangan bradmauer kompyuter 
tajovuzlarining ko'pchiligini qaytarishi mumkin. brandmauerlar, intellektual 
kartalar va boshqa texnikaviy-dasturiy himoya vositalaridan oqilona foydalanish 
lozim. 
Brandmauer va WWW-serverlarni ularning ishini to'xtatib qo'yish tahdidlariga 
qarshi bardoshliligini testdan o'tkazib turish lozim. Internetda kompyuterning 
ishini to'xtatib qo'yishga yo'naltirilgan tajovuzlar tarqalgan. Tajovuzkorlar doimo 
WWW-saytlarni ishdan chiqaradilar, kompyuterlarni ortiq vazifalar bilan yuklab 
qo'yadilar yoki tarmoqlarni ma'nosiz paketlar bilan to'ldirib tashlaydilar. Bu 
turdagi tajovuzlar juda jiddiy bo'lishi mumkin, ayniqsa tajovuzkor davomli 
tajovuzlarni uyushtirish darajasida aqlli bo'lsa. Chunki buning manbaini topib 


bo'lmaydi. Xavfsizligi haqida qayg'iruvchi tarmoqlar bunday tajovuzlardan 
ko'riladigan zararni chamalab ko'rish uchun o'zlariga o'zlari tajovuzlarni 
uyushtirishlari mumkin. Bunday tahlillarni faqat katta tajribaga ega tizim 
administratorlari yoki maxsus maslahatchilar o'tkazishi maqsadga muvofiq. 
Kriptotizimlardan keng foydalanish lozim. Tajovuzkorlar ko'pincha tarmoqqa 
uning ahamiyatga molik joylaridan o'tuvchi trafigini tinglash orqali trafikdan 
foydalanuvchilarni va ularning parollarini ajratib olish yordamida suqulib kiradilar. 
Shuning uchun olisdagi mashinalar bilan bog'lanishlar parol bilan himoyalanganda 
shifrlanishi shart. Bu ayniqsa, bog'lanish Internet kanallari orqali amalga 
oshirilganda yoki ahamiyatli server bilan bog'lanilganda zarur. TCP/IP (eng 
mashhuri SSH) trafigini shifrlash uchun tijoratli va bepul dasturlar mavjud. 
Bulardan foydalanish tajovuzlarning oldini oladi. Internet muhit bilan birlashgan 
Intranetda axborot oqimini va resurslarni eng ishonchli himoyalash vositasi–
nosimmetrik va simmetrik kriptotizimlardan birgalikda foydalanishdir. 
Kompyuterlarni xavfsizlik nuqtai-nazaridan savodxonlarcha konfiguratsiyalash 
kerak. Kompyuterda amal tizimlari yangitdan o'rnatilganda ko'pincha tajovuzlarga 
qaltis bo'ladilar.Buning sababi amal tizimi dastlab o'rnatilganda barcha tarmoq 
vositalaridan foydalanishga ruhsat beriladi va ulardan to'g'ri foydalaniladi deb 
bo'lmaydi. Bu tajovuzkor uchun mashinaga tajovuz uyushtirishda ko'p usullardan 
foydalanishga yo'l ochadi. Shuning uchun barcha zarur bo'lmagan tarmoq vositalari 
kompyuterdan uzib qo'yilishi lozim. 
Dasturiy ta'minotga tuzatishlarni operativ kiritishni tartibga solish(Patching). 
Kompaniyalar bot-bot o'z dasturlarida topilgan xatolarni yo'qotish uchun 
tuzatishlar kiritib boradilar. Agar bu xatolar tuzatilmasa tajovuzkor undan 
foydalanib dasturingizga va u orqali kompyuteringizga tajovuz uyushtirishi 
mumkin. Tizim administratorlari avvalo o'zlarining eng zarur tizimlaridagi 
dasturlarga tuzatishlarni o'rnatib zarur xostlarni himoyalashlari zarur. Chunki 
tuzatishlar tez-tez yuzaga kelib turadi va ularni barcha kompyuterlarda o'rnatib 
chiqishga ulgurmay qolish mumkin. Odatda tuzatishlar faqat dastur ishlab 
chiqargan korxonadangina olinishi shart. 
Intranet-tarmoq xavfsizligida uchratilgan defektlarni albatta tuzatish. 
Shuning bilan birga quyida keltirilgan boshqa himoya vositalaridan ham 
foydalanishlari zarur. 
Tajovuzni payqash vositalari (Intrusion Detection)dan foydalanish lozim. 
Tajovuzni payqash tizimlari tajovuzlarni operativ payqab aniqlaydilar. Tarmoq 
ichkarisidan bo'ladigan tajovuzlarni payqash uchun ular brandmauer orqasiga 


qo'yiladi, branmauerga bo'ladigan tajovuzlarni aniqlash uchun esa- uning oldiga 
o'rnatiladi. Bunday vositalar turli imkoniyatlarga ega. Quyidagi saytdan bu xaqda 
qo'shimcha 
ma'lumotlar 
olish 
mumkin. 
http://www.icsa.net/services/consortia/intrusion/educational_material.shtml 
Viruslar va "troyan ot" dasturlarini o'z vaqtida payqashga intilish kerak. Harqanday 
tarmoqning xavfsizligi uchun virusga qarshi dasturlar himoyaning ajralmas 
qismidir. Ular kompyuter ishini nazorat qilib zarar keltiruvchi dasturlarni topib 
beradilar. Ular tufayli yuzaga keladigan yagona muammo shundaki, himoya 
maksimal samara berishi uchun ular tarmoqning barcha kompyuterlariga 
o'rnatilgan bo'lishlari va muntazam yangilanib turilishlari shart. Buning uchun ko'p 
vaqt ketadi, lekin aks holda vosita kutilgan samarani bermaydi. Kompyuterdan 
foydalanuvchilarga buni qanday amalga oshirishni o'rgatib qo'yish kerak, ammo 
faqat ularga bu ishni to'la topshirib qo'ymaslik zarur. Virusga qarshi dasturlar bilan 
bir qatorda pochta serverida elektron xatlarga ilovalarni skanerlash ham lozim. Bu 
yo'l bilan foydalanuvchilar kompyuteriga yetib borishi mumkin bo'lgan 
viruslarning yo'li to'siladi. 
Bardoshi bo'sh joylarni skanerlab turish lozim. Bunday skanerlovchi dasturlar aniq 
biror turdagi tajovuzlarga qaltis (bardoshi bo'sh)kompyuterlarni topish uchun 
tarmoqni skanerlaydi. Ular qaltis joylar haqida kattagina ma'lumotlar bazasiga ega 
bo'lib, undan u yo boshqa kompyuterda qaltis joy bor-yo'qligini topishda 
foydalaniladi. Tijoratli va bepul skanerlar mavjud. Tizim administratorlari davriy 
tarzda bunday dasturlarni o'zlarining tarmoqlariga nisbatan o'z vaqtida bardoshi 
bo'sh kompyuterlarni o'zlari topib tegishli chora ko'rib qo'yishlari lozim. 
Alohida qurilmalarni himoyasidagi zaif bo‘g‘inlarni payqab olish uchun qaltislik 
darajasini baholash lozim. 
Tarmoq topologiyasini aniqlash va port skanerlarini ishga solib turish lozim. 
Bunday dasturlar tarmoq qanday tuzilganligi, unda qanaqa kompyuterlar ishlashi, 
har bir mashinada qanday xizmatlar bajarilishii haqida to'la manzarani ochib 
beradi. Hujumkorlar bu dasturlarni qaltis kompyuterlar va dasturlarni aniqlash 
uchun ishga soladilar. Tarmoq administratorlari ham bunday dasturdan ularning 
tarmoqlarida qanday dasturlar qaysi kompyuterlarda ishlayotganini aniqlashtirish 
uchun foydalanadilar. Noto'g'ri konfiguratsiyalangan kompyuterlarni topib ularga 
tuzatishlar kiritish uchun bu yaxshi vositadir. 
Parol ochuvchilar (Password Crackers)ni ishlatib turish lozim. Xakerlar ko'pincha 
parollar bilan shifrlangan fayllarni o'g‘irlash uchun kompyuterlarning bardoshi 
bo'sh joylaridan foydalanishga intiladilar. So'ngra parol ochuvchi maxsus 


dasturlarni ishga soladilar va ular orqali shu shifrlangan fayllardagi bardoshi bo'sh 
parollarni topib oladilar. Bunday parol qo'lga kirishi bilan kompyuterga odatdagi 
foydalanuvchi kabi kompyuterga va tarmoqqa bildirmay kirishning turli 
usullaridan foydalanadilar. Garchi bu vosita niyati buzuq kimsalar tomonidan 
ishlatilsa ham bu tizim administratori uchun ham foydalidir. Tizim 
administratorlari davriy tarzda bunday dasturlarni o'zlarining shifrlangan fayllariga 
nisbatan o'z vaqtida bardoshi bo'sh parollarni o'zlari topib tegishli chora ko'rib 
qo'yishlari lozim. 
Jangovor muloqot o'rnatuvchilar(war dialer)ga nisbatan ziyrak bo'lish lozim. 
Foydalanuvchilar ko'pincha tashkilot tarmog'i himoyasi vositalarini chetlab o'tib 
o'z kompyuterlariga keladigan telefon qo'ng'iroqlari qabul qilib olishga ruxsat 
beradilar. Ular ba'zan Ishdan qaytish oldidan modemni ulab kompyuterni uydan 
turib modem orqali unga ulanib tarmoqdan foydalanishni ko'zlab o'z dasturlarini 
shunga sozlab ketadilar. Tajovuzkorlar jangovar muloqot o'rnatuvchi dasturlardan 
foydalanib ko'plab telefon nomerlariga qo'ng'iroq qilib ko'radilar va shu tariqa 
chetdan modem orqali kirishga yo'l qoldirgan bunday tarmoqlarga suqulib kirib 
tajovuz uyushtiradilar. Foydalanuvchilar ko'pincha o'z kompyuterlarini o'zlari 
konfiguratsiyalashlari tufayli bunday kompyuterlar tajovuzlardan yomon 
himoyalangan bo'ladilar va tarmoqqa tajovuz qilishga yana bitta imkoniyat 
tug'diradilar. Tizim administratorlari jangovor muloqot o'rnatuvchilardan 
muntazam suratda foydalanib o'z foydalanuvchilarining telefon raqamlarini 
tekshirib turishlari va unga mos qilib konfiguratsiyalangan kompyuterlarni o'z 
vaqtida topib chorasini ko'rishlari lozim. Tijoratli va bepul tarqaltiladigan jangovor 
muloqot o'rnatuvchi dasturlar mavjud. 
Xavfsizlikka oid tavsiyalar (security advisories)dan o'z vaqtida xabordor bo'lib, 
ularga amal qilish lozim. Xavfsizlikka oid tavsiyalar – kompyuter jinoyatlariga 
qarshi kurash guruhlari va dastur ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaqin orada 
payqalgan dasturning qaltis joylari haqida e'lon qilinadigan ogohlantirishlar. 
Tavsiyalar juda foydali bo'lib, o'qish uchun juda kam vaqt oladi va payqab 
qolingan qaltis joylar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan eng jiddiy xavf-
xatarlardan ogoh etadi. Ular xavf-xatarni ifodalab uning oldini olish uchun 
maslahatlar beradi. Ularni qator joylardan olish mumkin. Ikkita eng foydali bo'lgan 
tavsiyalar kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash guruhi e'lon qilib turadigan 
tavsiyalar bo'lib CIAC va CERT saytlaridan olish mumkin. 
Xavfsizlik bilan bog'liq hodisalarni tekshirish guruhi muntazam faoliyat olib 
borishi lozim. Har qanday tarmoqda ham xavfsizlik billan bog'liq hodisalar sodir 
bo'lib turadi(yolg'on trevoga bo'lsa ham). Tashkilot xizmatchilari avvaldan u yo bu 


holda nima qilishni bilishlari shart. Qaysi hollarda huquqiy-himoya organlariga 
murojaat qilish kerak, qaysi hollarda kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash 
guruhini chaqirish va qaysi hollarda tarmoqni Internetdan uzib qo'yish kerak va 
ahamiyatli serverning qulfi buzilganda nima qilish kerak. CERT AQSH doirasida 
bu borada maslahatlar beradi. FedCIRC AQSH jamoat va davlat tashkilotlariga 
maslahatlar berish uchun mas'uldir. Harbir davlatda bunday maslahat olish joylari 
bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 
Kompyuter tajovuzlariga oid qo'shimcha ma'lumotlar tajovuz uyushtirish 
mo'ljallangan ayrim dasturlarga bag'ishlangan quyidagi maqola dan topilishi 
mumkin. 
Kompyuter xavfsizligi bo'yicha umumiy axborot quyidagi manzillardan olinishi 
mumkin: 
NIST Computer Security Resource Clearinghouse 
Federal Computer Incident Response Capability 
Center for Education and Research in Information Assurance and Security 
Carnegie Mellon Emergency Response Team 
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta'minlashda an'anaviy qo'llanilib kelingan 
yondoshuvlar va vositalar yetarli bo'lmay qoldi. Bunday sharoitda axborot 
himoyasining eng ishonchli va sinalgan usuli bo'lgan kriptografiyaning ahamiyati 
yanada oshdi. Quyida Internet va Intranetda axborot himoyasining kriptologiya 
yo'nalishi haqida batafsil to'xtalamiz. 
5. SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR 
Kriptografik tizim, yo qisqacha, kriptotizim shifrlash ham shifrni ochish 
algoritmlari, bu algoritmlarda ishlatiladigan kalitlar, shu kalitlarni boshqaruv tizimi 
hamda shifrlanadigan va shifrlangan matnlarning o'zaro bog'langan majmuasidir. 
Kriptotizimdan foydalanishda matn egasi shifrlash algoritmi va shifrlash kaliti 
vositasida avvalo dastlabki matnni shifrlangan matnga o'giradi. Matn egasi uni o'zi 
foydalanishi uchun shifrlagan bo'lsa (bunda kalitlarni boshqaruv tizimiga hojat 
ham bo'lmaydi ) saqlab qo'yadi va kerakli vaqtda shifrlangan matnni ochadi. 
Ochilgan matn asli (dastlabki matn)ga aynan bo'lsa saqlab qo'yilgan axborotning 
butunligiga ishonch hosil bo'ladi. Aks holda axborot butunligi buzilgan bo'lib 
chiqadi. Agar shifrlangan matn undan qonuniy foydalanuvchiga(oluvchiga) 
mo'ljallangan bo'lsa u tegishli manzilga jo'natiladi. So'ngra shifrlangan matn 


oluvchi tomonidan unga avvaldan ma'lum bo'lgan shifr ochish kaliti va algoritmi 
vositasida dastlabki matnga aylantiriladi. 
Bunda kalitni qanday hosil qilish, aloqa qatnashchilariga bu kalitni maxfiyligi 
saqlangan holda yetkazish, va umuman, ishtirokchilar orasida kalit uzatilgunga 
qadar xavfsiz aloqa kanalini hosil qilish asosiy muammo bo'lib turadi. Bunda yana 
boshqa bir muammo – autentifikatsiya muammosi ham ko'ndalang bo'ladi. Chunki: 
Dastlabki matn(xabar) shifrlash kalitiga ega bo'lgan kimsa tomonidan shifrlanadi. 
Bu kimsa kalitning haqiqiy egasi bo'lishi ham, begona (mabodo kriptotizimning 
siri ochilgan bo'lsa) bo'lishi ham mumkin. 
Aloqa ishtirokchilari shifrlash kalitini olishganda u chindan ham shu kalitni 
yaratishga vakolatli kimsa tomonidan yo tajovuzkor tomonidan yuborilgan bo'lishi 
ham mumkin. 
Bu muammolarni turli kriptotizimlar turlicha hal qilib beradi. 
Kriptotizimda axborotni shifrlash va uning shifrini ochishda ishlatiladigan 
kalitlarning bir-biriga munosabatiga ko'ra ular bir kalitli va ikki kalitli tizimlarga 
farqlanadilar. Odatda barcha kriptotizimlarda shifrlash algoritmi shifr ochish 
algoritmi bilan aynan yo biroz farqli bo'ladi. Kriptotizimning ta'bir joiz bo'lsa 
"qulfning" bardoshliligi algoritm ma'lum bo'lgan holda faqat kalitning himoya 
xossalariga, asosan kalit axborot miqdori(bitlar soni)ning kattaligiga bog'liq deb 
qabul qilingan. 
Shifrlash kaliti shifr ochish kaliti bilan aynan yo ulardan biri asosida ikkinchisi 
oson topilishi mumkin bo'lgan kriptotizimlar simmetrik(sinonimlari: maxfiy kalitli, 
bir kalitli) kriptotizim deb ataladi. 
Bunday kriptotizimda kalit aloqaning ikkala tomoni uchun bir xil maxfiy va 
ikkovlaridan boshqa hech kimga oshkor bo'lmasligi shart. 
Bunday tizimning xavfsizligi asosan yagona maxfiy kalitning himoya xossalariga 
bog'liq. 
Simmetrik kriptotizimlar uzoq o'tmishga ega bo'lsa-da, ular asosida olingan 
algoritmlar kompyuterlardagi axborotlarni himoyalash zarurati tufayli ba'zi 
davlatlarda standart maqomiga ko'tarildilar. Masalan, AQSHda ma'lumotlarni 
shifrlash standarti sifatida 56 bitli kalit bilan ishlaydigan DES(Data Encryption 
Standart) algoritmi 1977 yilda qabul qilingan. Rossiya(sobiq SSSR)da unga 
o'xshash standart (GOST 28147-89) sifatida 128 bitli kalit bilan ishlaydigan 
algoritm 1989 yilda tasdiqlangan. Bular dastlabki axborotni 64 bitli bloklarga 


bo'lib alohida yoki bir-biriga bog'liq holda shifrlashga asoslanganlar. 
Algoritmlarning matematikaviy asosida axborot bitlarini aralashtirish, o'rniga 
qo'yish, o'rin almashtirish va modul bo'yicha qo'shish amallari yotadi. Unda kirish 
va chiqishdagi matnlarning axborot miqdorlari deyarli bir xil bo'ladi. 
Simmetrik kriptotizimni ishlashini bu kungi davrimizning Kumush va Otabeklari 
orasida elektron maktublar almashish misolida ko'rib chiqamiz. pinhona aloqaga 
nisbatan tajovuzkor shaxsni Homid deb ataymiz. 
Faraz qilaylikki, Otabek Kumushga pinhona maktub yo'llamoqchi. Ular orasida 
aloqa boshlanguncha o'zlarining yagona o'zaro maxfiy kalit K nusxalarini bir-
birlariga berib, maktubni faqat shifrlangan shaklda yuborishga kelishib qo'ygan 
edilar. Otabek Kumushga m maktubini yozib, uni K kaliti bilan shifrlaydi. Natijada 
m maktubi shifrlangan matn C ga aylanadi. So'ngra Otabek shifrlangan maktubni 
elektron pochta orqali Kumushga jo'natadi. Kumush shifrlangan maktub C ni qabul 
qilib olgach uni o'zidagi o'zaro maxfiy kalit K bilan uning shifrini ochib Otabek 
yozgan m maktubiga aylantirib uni o'qiydi. 

Download 164,24 Kb.




Download 164,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot himoyasi va uning turlari

Download 164,24 Kb.
Pdf ko'rish