Nazorat savollari.
1. Kuchaytirgich asosiy xarakteristika va parametrlari qanday va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimada ?
2. Kuchaytirgichlarda teskari aloqa deb nimaga aytiladi ?
3. Kuchaytirgich sxemasiga manfiy teskari aloqa kiritilishi bilan kuchaytirish koeffitsienti qanday o‘zgaradi va u ishning barqarorligiga qanday tasir ko‘rsatadi ?
4. Sizga qanday kuchaytirish sinflari ma’lum ?
Kirish signalining dinamik ish rejimida tranzistorning tok va kuchlanishi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilardan tashkil topgan bo‘ladi va uning o‘zgaruvchan tok bo‘yicha nagruzka chizixi osoyishtalik nuqtasi P orqali utishi mumkin. Bilamizki Rk.n
Hisoblashlarni soddalashtirish maqsadida UE kaskad ish prinsipini Rn nagruzkani uzilgan holatida ko‘rib chiqamiz (o‘zgarmas tok bo‘yicha salt yurish rejimi deyiladi). Kaskadning kirishiga o‘zgaruvchan kuchlanish Ukir berilganda bazaning o‘zgaruvchan toki ib kirish xarakteristikasiga mos ravishda o‘zgaradi (3.4 b - rasm). Bu bilan birgalikda, shu qonun asosida kollektorning o‘zgaruvchan toki qiymati Ham o‘zgaradi. Masalan, kirish kuchlanishining amplitudasi o‘zgarganda baza toki ib ham ortadi. Kollektor toki ik=h21ib(h2l=5-...75) bo‘lganligi uchun u ham ortadi. Buning natijasida Rk rezistorda o‘zgaruvchi kuchlanishning pasayishi ortadi (chunki URK=ikRk), kollektroning o‘zgaruvchan kuchlanishi Uk.e=Uchik=Ek-ikRk kamayadi. Kirish signali kamaygan Holda qarama – qarshi Holat yuz beradi. Keltirilgan analizdan ko‘rinib turibdiki UE kaskadning quvvati ortishi bilan kirish signalning fazasi 180° o‘zgaradi (3.5- rasm).
Sxema Rn nagruzkani ulangan holatida ham xuddi shunday ishlaydi, lekin bunda kollektorning o‘zgaruvchan toki Rk va Rn rezistorlariga bo‘linadi va kuchayishni pasayishiga olib keladi.
UE kaskadni quvvatni kuchaytirish uchun qullanilganda tranzistorning mumkin bo‘lgan ish rejimi parametrlarini bilish kerak bo‘ladi. Bunday parametrlar uchta bo‘lib ular tranzistorning chiqish xarakteristikalari asosida kuriladi (3.4 a - rasm). Mumkin bo‘lgan quvvat sochilishi grafigi Rk.mum.=Uk.e/Ik formula bo‘yicha kurilib giperbola kurinishida bo‘ladi, kollektor tokining Ik.mum va kollektor - emitter kuchlanishlarining Uk.mum mumkin bo‘lgan chiziqlari, koordinatalar uqiga parallel bo‘lgan tug‘ri chiziqlar bo‘ladi.
Xulosa
elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar, saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirx gof qoidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.A.C.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари.
2.А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год.
3.А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил.
A.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари. 2000 йил.
B.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный
|