|
Komp'yuter stenografiyasi istikbollari
|
bet | 2/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 9,69 Kb. | | #159103 |
Bog'liq Axborotlarni stenografik ximoyalash usullari Zamonaviy kompyuter-fayllar.orgKomp'yuter stenografiyasi istikbollari
Komp'yuter stenografiyasi rivojlanishi tendensiyasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillarda komp'yuter stenografiyasi usullarini rivojlantirishga qiziqish kuchayib bormoqda. Jumladan, ma’lumki, axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi doim kuchayib bormoqda va axborotni himoyalashning yangi usullarini qidirishga rag‘batlantirilayapti. Boshka tomondan, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu axborotni ximoyalashning yangi usullarini joriy qilish imkoniyatlari bilan ta’minlayapti va albatta, bu jarayonning kuchli katalizatori bo‘lib umumfoydalaniladigan Internet komp'yuter tarmogining juda kuchli rivojlanishi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko‘p qullanilayotgan soxabu — kriptografik usullardir. Lekin, bu yo‘lda komp'yuter viruslari, «mantiqiy bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta’siriga bog‘liq ko‘p echilmagan muammolar mavjud. Boshka tomondan, kriptografik usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda oxirigacha echilmay turibdi. Komp'yuter steganografiyasi va kriptografiyalarining birlashtirilishi paydo bo‘lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo‘li bular edi, chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo‘qotish mumkin.
SHunday qilib, komp'yuter stenografiyasi hozirgi kunda axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy texnologiyalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Komp'yuter stenografiyasining asosiy vazifalari
Zamonaviy komp'yuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat:
• yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak;
• yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi steganografiya usullari to‘liq maьlum deb faraz qilinadi;
• usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochik uzataladigan faylning asosiy xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saqlashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan qandaydir axborot — kalitga asoslanadi;
• agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, maxfiy xabarning o‘zini chikarib olish jarayoni murakkab xisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.
Internet komp'yuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni echishda faol ishlatilayapti:
konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash;
monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini engish;
dasturiy ta’minotni nikoblash;
intellektual egalikning ba’zi bir turlarida mualliflik huquqlarini himoyalash.
|
| |