II BOB 2.1. O`zlikni anglashda milliy g`oyaning o`rni




Download 67.41 Kb.
bet5/9
Sana24.05.2023
Hajmi67.41 Kb.
#64170
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT ASRIDA O`ZLIKNI ANGLASH VA SAQLAB QOLISHDA MILLIY G`OYANING O`RNI VA AHAMIYATINI ASOSLASH
638189, matn kiritish, Kovrak (ferula L.) Turkumi turlarining sifobaxshlik xususiyatlar, 60-maktab ota-onalar yig`ilish jadvali, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), TERMINOLOGIYANING LINGVISTIKA OBYEKTI SIFATIDA OʻRGANILISHI, faxriy yorliq, O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org, Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari. LAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar., 1164430, UN Doc ICT-Glossary, Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish, Saidov Jur’at Sodirovich Taqriz 1, Оз бетинше
II BOB
2.1. O`zlikni anglashda milliy g`oyaning o`rni

Milliyg`oya va o‘z-o‘zini anglash omilining iqtisodiy rivojlanishi-ga va millatning ijtimoiy-snyosiy taraqqiyotiga qo‘shadigan his-sasi millatning «o‘z» iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlani-shiga intilishi raqamlar, jamiyat barqarorligi shaklida, ma’na-viy o‘ziga xos xususiyatlar va ruhiyat hamda his-hayajon tarzida namoyon bo‘ladi.


Bunday shaklning ta’siri (rivojlanish yoki qoloqligining aks etishi va salbiy o‘zgarishlar) millat iqtisodiy va ijtimoiy-siyo-siy hayotining sof milliyligini belgilab beradi.
SHunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayot tizimida milliy o‘z-o‘zini anglashning tutgan o‘rni uning ma’naviy o‘rni bi-lan uzviy bog‘liqdir. Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalardagi har qanday ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlar millatning unga bo‘lgan mu-nosabati shakllarida namoyon bo‘ladi.
Milliy o‘z-o‘zini anglash ma’naviy hayot tizimiga kirar ekan, u bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Mazkur holatda milliy o‘z-o‘zini ang-lash milliy taraqqiyotni boyitishga bevosita ma’naviy hissa qo‘shadi, uni boyitadi, hayajon va his-tuyg‘ularni rag‘batlantirib turadi.
Albatta, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Bular bir-biri bilan o‘zaro bog‘-liq bo‘lgan va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi sohalardir. Mazkur holda gap faqat milliy o‘z-o‘zini anglash funksiyasining konkret «tor» vazifasini aniqlab olish to‘g‘risida bormoqda. Mazkur yo‘na-lishda uning milliy harakat natijasi sifatidagi funksiyasini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat va uning na-tijasi ehtiyojlarni ta’minlash zarurligini tushunishga salohiyat etmagan hollarda bir davlat doirasida birga yashayotgan millatlar va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsa-tadi.
Milliy o‘z-o‘zini anglashning ushbu jihatini hisobga olib B.A.SHuvalov tomonidan ajratilgan (baholash va da’vat etish me’yoriy muvofiqlashtirish) hamda K.N. Xabibulin ko‘rsatib o‘tgan (moslashuv, himoya, bilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va mas’-ullik ta’siri)dan tashqari yana bunga uning konsolidatsiya (mil-latni birlashtirish) etuvchi, harakatga keltiruvchi, manfaatlar-ni anglatuvchi va tarbiyalovchi kabilarni ham kiritish mumkin. Milliy o‘zlikni anglashda xuddi ana shu funksiyalar alohida aj-ratilgan holatda mustaqil tarzda o‘rganilmagan. Garchi ular sir-tdan qaraganda o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biriga yaqin ko‘rinsa-larda, real harakatda masalaga yana ham chuqurroq qaraladigan bo‘lsa, ularning har biri milliy taraqqiyotga mustaqil ravishda muayyan hissa qo‘shishini sezish, anglab etish mumkin bo‘ladi.
Jumladan, milliy o‘z-o‘zini anglashning konsilidatsiya (birlash-tiruvchilik) funksiyasi aniq vazifani bajaradi. U har xil odam-larni (etnik guruhlarni) bir-biriga birlashtirib, bitta etnik jamoa tarkibida ahil bo‘lib yashashga da’vat etadi. Turli millat-lar mavjud bo‘lgan sharoitda bajariladigan mazkur funksiya doi-miy harakatda bo‘ladi. CHunki millat ichki ma’naviy zaminlarida biologik bog‘liqlik qanchalik mustahkam bo‘lmasin, u ma’naviy omillar bilan to‘ldirib borilmas ekan, barkamollik darajasiga ko‘tarila olmaydi. Mazkur funksiya ayniqsa ikki hodda muhim rol o‘ynashi ko‘zga tashlanadi: birinchidan, u millat (shu jumladan, mil-liy o‘z-o‘zini anglash) shakllanib kelayotgan dastlabki vaqtlarda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu jarayonda ya’ni etnik yagona jamoa vu-judga kelayotgan vaqtda mazkur funksiyalar birlashtiruvchi va mus-tahkamlovchi ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, millat (milliy o‘z-o‘zini anglash) shakllanish jarayo-nida odamlar o‘zidan-o‘zi «avtomatik» tarzda bir-birlari bilan birlashib ketmaydilar. Ulardagi til birligining an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar umumiyligini va hududiy birlikni tushunish tuyg‘ulari birlashtiradi. Ayni mana shu yaqinlikni anglashdan mil-liy o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usining chinakam dastlabki «harakati» boshlanadi. Ikkinchidan, milliy taraqqiyotda «ekstremal» keskin salbiy o‘zgarishlar, holatlar vujudga kelganda, adolatning buzi-lishi natijasida (moddiy, ma’naviy boyliklarning notekis taqsimlanishi natijasida, mustaqillikka putur etkazilishi, millat-ning o‘z huquqini o‘zi belgilashi nazar-pisand qilmagan hollarda) millat yoki elat (rivojlanib kelayotgan yoki «o‘z kuchi bilan» yoki mahkam turib olgan guruh) yo‘q bo‘lib ketish xavfi yuzaga kelgan hollarda yoxud millatning shakllanishi uchun (uzoq vaqt davomida salbiy ta’sir etib kelgan) sharoitlar vujudga kelgan hollarda ushbu funksiyalar jadal harakatga keladi. Ammo, ekstremal sharo-itlarda konkret vaziyatga, kuchlar nisbatiga bog‘liq bo‘lgan birlash-tiruvchi (konsolidatsiya) funksiya ijobiy natija berishi yoki shu-ningdek, salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi:
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;
Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlari sifatida;
Axborotlashgan jamiyatda shaxs;
Axborot madaniyati;
Axborot xavfsizligi;
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana ilsin.
Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga aytiladi.
Bunday jamiyatda:
Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi;
Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;
Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish;
Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.
Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. 

Download 67.41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 67.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB 2.1. O`zlikni anglashda milliy g`oyaning o`rni

Download 67.41 Kb.