• I BOB 1.1. Axborotlashgan jamiyat asri
  • Axborotlashgan jamiyat asrida o`zlikni anglash va saqlab qolishda milliy g`oyaning o`rni va ahamiyatini asoslash mundarija kirish I bob




    Download 67.41 Kb.
    bet2/9
    Sana24.05.2023
    Hajmi67.41 Kb.
    #64170
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    AXBOROTLASHGAN JAMIYAT ASRIDA O`ZLIKNI ANGLASH VA SAQLAB QOLISHDA MILLIY G`OYANING O`RNI VA AHAMIYATINI ASOSLASH
    638189, matn kiritish, Kovrak (ferula L.) Turkumi turlarining sifobaxshlik xususiyatlar, 60-maktab ota-onalar yig`ilish jadvali, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), TERMINOLOGIYANING LINGVISTIKA OBYEKTI SIFATIDA OʻRGANILISHI, faxriy yorliq, O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org, Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari. LAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar., 1164430, UN Doc ICT-Glossary, Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish, Saidov Jur’at Sodirovich Taqriz 1, Оз бетинше
    Kurs ishining obyekti. Axborot jamiyati — ishchilarning koʻpchiligi axborotni, ayniqsa uning eng yuqori shakli — bilimni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan jamiyat.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasidagi taraqqiyot barchaning hayot tarzini oʻzgartirmoqda: qanday ishlash va biznes qilish, farzandlarga qanday taʼlim berish, oʻqib-oʻrganish va tadqiqot qilish, qanday zavq olish — bularning barchasi zamonaviy axborot texnologiyalari taʼsirida oʻzgarmoqda. Axborot jamiyati nafaqat odamlarning oʻzaro munosabatlariga taʼsir qilmoqda, balki anʼanaviy tashkiliy tuzilmalarni yanada moslashuvchan va markazlashtirilmagan boʻlishini talab qilmoqda.
    xborot jamiyati tushunchasi asrimizning eng dolzarb fenomenlaridan biri boʻlib, koʻplab mutaxassislar oʻz ishlarida shu tushunchaga oʻz tavsiflarini berishgan. Quyida shulardan eng ommaboplarini koʻrib chiqamiz:
    Axborot jamiyati tushunchasi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻliq qoʻllanilgan va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning omili sifatida kundalik hayotning bir qismi boʻlgan mamlakat yoki mintaqani nazarda tutadi.

    I BOB
    1.1. Axborotlashgan jamiyat asri

    Axborot jamiyati — bu axborotni yaratish, tarqatish, foydalanish, birlashtirish va manipulyatsiya qilish muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy faoliyat boʻlgan jamiyat.


    Axborot jamiyati shunday jamiyatki, unda asosiy mahsulot yoki boshqa mahsulotlar uchun zaruriy shart axborot boʻladi. Aslida, axborot jamiyatida ishchilarning natijalari va tashkilotlarning muvaffaqiyati ularning axborotdan foydalanish qobiliyatiga bogʻliq.
    Axborot jamiyati — bu axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ijtimoiy munosabatlar yigʻindisidir. Ushbu jamiyatning diqqat markazida axborot bilimga taʼsir qiluvchi element sifatida koʻriladi.
    Axborot jamiyati — bu asosiy drayverlari raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlgan postindustrial jamiyat.
    Axborot jamiyati — aksariyat fuqarolarning kundalik hayotida va ish joylarida yuqori darajadagi axborot intensivligi bilan ajralib turadigan jamiyat; bu jamiyatda shaxsiy, ijtimoiy, taʼlim va biznes faoliyatining keng doirasi uchun umumiy yoki mos keluvchi texnologiyalardan foydalanish hamda masofadan qatʼiy nazar joylar oʻrtasida raqamli maʼlumotlarni tezlik bilan uzatish, qabul qilish va almashish imkoniyati mavjud boʻladi.
    Axborot jamiyatlari sanoat jamiyatlaridan farq qiladi. Bunga bir qancha sabablar keltirsak boʻladi. Masalan:
    ular axborotga, ayniqsa, ilmiy-texnikaviy axborotga tovar sifatida qaraydilar;
    ular oʻz iqtisodlarida koʻp sonli „axborot xodimlari“ni ish bilan taʼminlaydilar;
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kanallari sermahsul va keng qoʻllaniladi; texnologiyalar va kanallardan foydalanish odamlarga „oʻzaro bogʻliqlik“ tuygʻusini beradi.
    „Axborot jamiyati“ atamasi garchi kompyuterlashtirish keng tarqalib, axborot va raqamli texnologiyalar faol rivojlana boshlagan paytda qoʻllanila boshlangan boʻlsada, 1940-yillarda kibernetikaning paydo boʻlishi bilan „axborot jamiyati“ tushunchasi paydo boʻlgan edi. Bu tushuncha amerikalik olimlar K. Shennon, N. Wiener, D. fon Neumann, ingliz mutafakkiri va kriptografi A. Tyuring, rus matematiki A. N. Kolmogorov kabi olimlarning nomlari bilan bogʻliq. „Axborot jamiyati“ atamasining yaponcha versiyasi 1961-yilda Kisho Kurokava va Tadao Umesao oʻrtasidagi suhbatda paydo boʻlgan.1 Keyinchalik bu atama T.Umesao va F.Machlup asarlarida qoʻllanilgan boʻlib, ular deyarli bir vaqtda — Yaponiya va AQShda paydo boʻlgan.
    1992-yildan boshlab bu atama Gʻarb davlatlari tomonidan qoʻllanila boshlandi, masalan, AQShda „Milliy global axborot infratuzilmasi“ tushunchasi Milliy fan fondining mashhur konferensiyasi va undagi Bill Klinton va Albert Gorning mashhur maʼruzalaridan soʻng kiritildi. Axborot jamiyati kontseptsiyasi Yevropada axborot jamiyati boʻyicha eng obroʻli ekspertlardan biri Martin Bangemann boshchiligidagi Yevropa Komissiyasining axborot jamiyati dasturlari boʻyicha ekspert guruhi faoliyatidan kelib chiqdi.
    Insoniyatning „axborot jamiyati“gacha bosib oʻtgan yoʻli
    Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim oʻrin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yigʻish, saqlash va uzatish vositalarining rivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida „Informatsion inqilob“ deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.
    Birinchi informatsion inqilob
    Birinchi informatsion inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bogʻliq. Yozuv insoniyatga bilimlarni toʻplash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.Oʻz yozuviga ega boʻlgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan yuqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi maʼlum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Mesopatamiya, Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alifboli yozuvga oʻtish alohida ahamiyatga ega boʻldi.
    Ikkinchi informatsion inqilob
    Ikkinchi informatsion inqilob XVI asr oʻrtalarida kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bogʻliq. Bu hodisa axborotlarni saqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi. Savodxonlik alohida tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi. Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayoniga turtki boʻldi.
    Uchinchi informatsion inqilob
    Uchinchi informatsion iqilob XIX asr oxirida boʻlgan aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bogʻliq. Telegraf, telefon va radio maʼlumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi. Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi „globallashuv“ jarayonining debochasi boʻlib qoldi. Axborot uzatish vositalarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj boʻlgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
    Toʻrtinchi informatsion inqilob
    Toʻrtinchi informatsion inqilob XX asrning 70-yillarida mikroprotsessorli texnika va xususan, shaxsiy kompyuterlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, axborot revolyutsiyasiga XX asr oʻrtalarida kompyuterlarning paydo boʻlishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab boʻldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal oʻzgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan toʻrtinchi information inqilob „Axborot jamiyati“ rivogiga asos boʻldi. Buning natijasida axborotning katta oqimlari vujudka keldi. XX asr oʻrtalarida ushbu holatni „Informatsion portlash“ deb ham atashdi. Mutaxassislar fikriga koʻra, 1900-yilgacha bilimlarning toʻplanishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan borgan boʻlsa, 1900-yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950-yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970-yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda.

    Download 67.41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 67.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashgan jamiyat asrida o`zlikni anglash va saqlab qolishda milliy g`oyaning o`rni va ahamiyatini asoslash mundarija kirish I bob

    Download 67.41 Kb.